Phil14mbk falsafa muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti hisob


Formallashtirish va modellashtirish metodlari


Download 426.36 Kb.
bet12/16
Sana20.10.2023
Hajmi426.36 Kb.
#1711598
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
bdhuwrJiAZZZJgiLX5knAf7pe4G4tyfjOEvhndjt

Formallashtirish va modellashtirish metodlari.
Keyingi vaqtda EHMlar va kompyutcrlarning yaratilishi, ularning ishlab chiqarishga keng joriy etilishi, matematik usullarning konkret fanlar sohalarida samarali qo‘llanishi, modellashtirish va formallashtirish kabi yangi usullarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Formallashtirishtekshirilayotgan predmet yoki hodisalarning ma’lum konkret tomonlari, xossa va xususiyatlarining mazmunini mavhumlashtirib, uni ma’lum abstrakt ifoda, formula yoki chizmalar bilan ifodalashdir.
Bu metod yordamida tadqiq etilayotgan obyektlarning o‘rtasidagi aloqadorlik, ularning munosabatlan ma’lum ifodalarda belgilanadi. Masalan, algebradagi matematik ifodalar: a+b, ab, a2—ab+b2 kabilar miqdoriy munosabatning formallashtirilgan ko‘rinishidir.
Formallashtirish usuli matematika, fizika, ximiya, matematik mantiq, muhandislik va texnika sohalarida olib boriladigan tadqiqotlarda ko‘p qo‘llaniladi. Formallashtirish usuli, o‘z navbatida, modellashtirish usuli bilan chambarchas bog‘liq.
Modellashtirish usuli — о‘rganilayotgan obyektga tuzilishi yoki funksiyasiga ko‘ra o‘xshash sun’iy nusxasini yaratib, shu nusxa orqali haqiqiy obyektning tegishli xossa va xususiyatlarini o‘rganishdir. Ilmiy bilishda bu usulning vazifasi, odatda, tekshirilayotgan predmet yoki hodisani bevosita o‘rganish iloji bo‘lmagan paytda uning asliga o‘xshash, unga mos moddiy yoki fikriy nusxasini, ya’ni modelini yasab, shu model asosida originalni o‘rganishdan iboratdir. Modellashtirish usuli о‘rganilayotgan obyektda yuz beradigan jarayonlarni, uning nusxasida bevosita tadqiq qilish imkonini berishi bilan alohida ahamiyatga egadir. Modellashtirish va modelning o‘ziga misol qilib biz globusni olishimiz mumkin.
Modellashtirish ko‘p bosqichli jarayondir. Uning birinchi bosqichi modelni qurishdir. Qurilgan modelning original bilan mosligini aniqlash, modellashtirishning ikkinchi bosqichidir. Modellashtirishning uchinchi bosqichi — model asosida hosil qilingan bilimni originalga tatbiq qilishdir. Modellashtirishning oxirgi bosqichi esa, model orqali ega bo‘lgan yangi bilimning haqiqatligini aniqlashdir.
Ilmiy bilish jarayonida turli fanlar sohasidagi tadqiqotlarda har xil modellar qo‘llanadi. O‘z tabiatiga ko‘ra, bu modellarni ikki guruhga bo‘lish mumkin. Ular: 1) moddiy modellar, 2) fikriy modellar.
Moddiy modellar moddiy jismlardan qilingan modellardir. Fikriy modellar esa til belgilari, tildagi simvollar, har xil kodlar, EHM dasturlari va shu kabilardir.
Modellashtirishning cheklangan tomonlari ham bor. Masalan, hech bir model originalining xususiyatlarini to‘la ifodalay olmaydi. Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan metodlardan tashqari, ilmiy bilishda xususiy, alohida metodlar ham ilmiy bilishda muhim ahamiyatga ega. Ular bir yoki bir necha fan sohalarida olib boriladigan tadqiqotlarda qo‘llanishi bilan umumiy ilmiy metodlardan farqlanadi, xolos. Bu metodlar aniq fanlarda keng qo‘llaniladi3.

Download 426.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling