Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
sarïchqa - chigirtka.
Sarïchqa er- chigirtkaga o‘xshash zaif odam. Ko‘rinib turibdiki, burga so‘zida burganing harakati- ga nisbatan o‘xshatish bo‘lsa, chigirtka so‘zida uning jussasiga nisbatan o‘xshatiladi. Uzoq so‘zi (DLT, 1 t. 97-b). Bu so‘z “Devon”da qa- nday ma’noda qo‘llangan bo‘lsa hech qanday o‘zgar- ishsiz bizgacha yetib kelgan. XI asrda bu so‘z “bir qancha vaqt davom etadigan, tezda tugamaydigan” ma’noda qo‘llangan. Uzaq ish – cho‘zilgan ish. Xud- di shuningdek o‘zbek tilida ham shu ma’noni ifodalay- di. Ba’zan yuborilgan kishining kechikishini ifodalash uchun jalavach uzaq bardi-yuborilgan kishi kechikdi, ham bu so‘z qo‘llangan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilim- izda ham bu so‘z “kechikish” ma’nosini ifoda etadi. Uzoq qolib ketdi. 20 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics Hozirda “yaqin bo‘lmagan qarindosh”ga nisbatan ham bu so‘z ishlatiladi. Uzoq qarindosh. Undan tash- qari “aloqasi yo‘q” ma’nosini ham ifodalash uchun ishlatamiz. Bu fikr haqiqatdan ancha uzoq. Misollar- dan ko‘rinib turibdiki, “Devon”da qo‘llanilgan ma’nolar to‘liq yetib kelgan va ma’nosi kengaygan. “Devon”dagi so‘z ma’nolarining ustidan kuza- tishimiz, so‘z ma’nosi o‘zgaruvchi hodisa ekanidan uning kengayishi, torayishi yoki unutilishi mumkin- ligidan, ayrim so‘zlar ma’nosi qayta-qayta o‘zgarishi- dan darak beradi. So‘zlarning yangi mazmun bilan boyib borishi ancha keng hodisa ekanligi ma’lum bo‘ldi. Resume: This article provides information about the place of words in Uzbek language and their polysemantic meanings and types of use, as well as the development of the lexical meaning of the most common words in Uzbek discourse. Резюме: В данной статье приведены сведения о месте слов в нашем языке и их множественном значении и видах употребления, развитии лексического значения наиболее употребительных слов в нашей речи. Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, та’lim. 2023; 5 ISNN: 2181-1741 (Print) ISNN: 2181-1725 Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling