Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
Ulog‘
2 so‘zi XI asr yodgorliklarida maxsus ot, ya’ni xon tomonidan ma’lum masofa – bekatdan ik- kinchi bekatga tez yetib borib charchash natijasida boshqasi bilan almashtiriluvchi ot ma’nosida qo‘llan- gan. So‘ng qachondir bu so‘zga yangi ma’nolar yuk- latilgan: 1– ot – eshak, 2 – poyga, 3 – yamoq. Bu yangi ma’nolarning har biri ham ulog‘ so‘zining dastlabki ma’nosi bilan funktsiyada birdir, ya’ni bu so‘zlarning birinchi ma’nosida asos ulash vositasi, bir bekatdan ikkinchi bekatga ulovchi, ikkinchi ma’nosi birlashtiru- vchi yirtilib, uzulib ketgan bo‘laklarni ulash – birlasht- irish xususiyati mavjud. In 3 so‘zi XI asr tilidan faqat yirtqich hayvonlar yotog‘iga ham qo‘llana boshlagan. “Devon”da qush inini – uya, deb atalishi haqida ma’lumot bor. Lekin biz ba’zan shunday gap eshitamizki, un so‘zi odam yotog‘i ma’nosida ham qo‘llanadi. Masalan: Iniga urib ketdi, shaklida. Demak in so‘zi hozirgi kunda deyarli tilda barcha jonivor yotog‘iga nisbatan qo‘llana boshlagan. Navoiy asarlarida ham bu so‘z ma’nosi kengaygan holda uchraydi. Hatto Navoiy asarlaridagi ba’zi dalillar bu so‘zning ma’nosini kengayishi ilgarigi hodisa ekan- ligidan darak beradi. Tor ini sichqonga solib erdi g‘am, Quyrug‘iga bog‘ladi g‘irbol ham. (Ini sichqonning o‘zicha ham tor edi-yu, badnafslik 1 Кошғарий М. Девону луғотит турк. 1-том. – Б. 406. 2 Кошғарий М. Девону луғотит турк. 1-том. – Б. 143. 3 Кошғарий М. Девону луғотит турк. 1-том. qilib dumiga qo‘lga tushirgan g‘alvirini ham bog‘lab oldi). Demak, misollardan ko‘rinib turibdiki, in so‘zin- ing ma’nosi juda ilgaridayoq kengaygan. Bu hodisani, ya’ni so‘zning taraqqiyoti natijasida ma’no kengayishini boshqa so‘z turkumlarida ham kuzatish mumkin. Masalan, otlanmoq fe’lining ma’no taraqqiyotiga nazar tashlaylik. Bu so‘z “Devon”da quyidagi ma’no- da ishlatilgan. 1. Otga mindi. Er amlanɡï – u odam otga mindi. 2. Biror yerga chiqdi. Ol mag‘qa amlanɡï. XI asrda bu so‘zning bosh ma’nosi omga min- ish edi. Ya’ni yo‘lga chiquvchi odam otlanmoq uchun “otni tayyorlab, unga minmog‘i” kerak edi. Hozir bu so‘z asosan shaylanmoq, kiyinmoq kabi yangi ma’no- lar bilan boyigan. 1. Otga minmoq. O‘rmonjon bir gapini... omlan- gani uzangiga oyoq qo‘ygandagina esladi. 2. Biror joyga bir kishi uchun shaylanmoq, tayyor- lanmoq, hozirlik ko‘rmoq. Siz kelmasingizdan oldin bir yerga otlanib turgan edim. Yuz qo‘lingni yuvib ot- lan. 3. Biror ishni bajarish uchun shaylanmoq, jazm qilmoq. Yangi g‘alabalar sari otlanmoq. Ko‘rinib turib- diki, “Devon”dagi ikkinchi ma’no o‘rni biroz kengay- gan. Ma’noning torayishi umumiylikni anglatadigan so‘zning, xususiylikni ifodalashda tug‘iladi. Bosh- qacha qilib aytganda leksik ma’noning torayishida u ifoda etgan denotatning ma’lum qismlari differen- siatsiya qilib, boshqa nom bilan atalib ketadi 4 . Ma- salan, Mahmud Qoshg‘ariy davrida barcha tolalar Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling