Araladï so‘zi (DLT, I t., 330-b). Bu so‘zni Mahmud
Qoshg‘ariy quyidagicha izohlaydi:
Araladï – orasiga tushdi, yarashtirdi. Ol ikki ki-
shi omra araladï – U ikki kishining ishini kelishtir-
di, yarashtirdi. Bu so‘z ikki narsa orasidan o‘tmoq
ma’nosida ham qo‘llanadi.
Ba’zan sulh ma’nosida
ham arïladï so‘zini ham qo‘llaydi. Lekin araladï vari-
anti to‘g‘ridir.
Biz bu so‘zning hozirgi ma’nosiga e’tibor beradi-
gan bo‘lsak, hozirda bu ma’nolarda katta o‘zgarish
bo‘lmagan. Lekin sulh ma’nosi ishlatilmaydi.
Shunday qilib ayrim so‘zlar XI asrda qo‘llanilgan
butun mazmuni bilan yetib kelgan. Masalan, oyoq,
urug‘, o‘ng, yo‘l, orqa, uch, og‘iz, yer kabi so‘zlar XI
asrda qanday ma’noda qo‘llanilgan bo‘lsa, shu va-
qtgacha o‘shanday ma’noda qo‘llanadi. Lekin bu
so‘zlar yuqorida ta’kidlaganimizdek yana bir qancha
ma’nolar bilan boyigan. Ba’zan so‘zlarning ma’nolari
iste’moldan chiqqan.
Ushoq so‘zi. “Devon”da bu so‘zning quyidagi
ma’nolarda ishlatilish mumkinligi haqida ma’lumot
berilgan:
1. Kichik, mayda narsa.
2. Yosh, ushaq og‘lan – yosh bola
3. O‘tinning maydasi: ushaq omun
4. Chaqimchilik:
ushaq soz – mayda so‘z
Bu so‘zning ma’nolari hozirgi kunda ham ishlati-
ladi. Birinchi ma’nosi, ya’ni bosh ma’no to‘liqligicha
saqlangan. Non ushog‘i tarzida ifoda etiladi. Ikkinchi
ma’nosi esa “Devon”dagidan biroz farqli ravishda
dialektda bola-chaqa ma’nosida qo‘llanadi. Mas-
alan: Xotin – ushog‘imiz. Shuningdek hozirda jussa-
si kichik, zaif, nimjon odamga nisbatan ham ko‘ch-
ma ma’noda ishlatamiz. Ushoq kishi. Bu ma’nolar
“kichik”, “mayda” ma’nosi ostida o‘zaro birlashadi.
Lekin hozirgi tilimizda “chaqimchilik” ma’nosida ush-
oq so‘zi qo‘llanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |