Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


yung so‘zining leksik ma’nosidan anglashilgan.  Keyinchalik paxtadan olinadigan tola ip


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

yung so‘zining leksik ma’nosidan anglashilgan. 
Keyinchalik paxtadan olinadigan tola ip so‘zida, pil-
ladan olinadigan tola ipak so‘zida ifodalanadigan 
bo‘ldi. Yung so‘zi esa hozir jonzod terisidan olinadi-
gan tolani bildiradi, ya’ni yung so‘zi leksik ma’noda 
torayish kechadi.
Demak, hozirgi tilimizda tolalarning mohiyatiga 
qarab ularni ifodalovchi so‘zlar ham turlichadir.
Chalɡï (chaldi) so‘zi
5
. Bu so‘z XI asrda yiqitmoq, 
urtoq, eshittirmoq va boshqa ma’nolarda qo‘llanilgan. 
Bu so‘zning ma’nolarini Mahmud Qoshg‘ariy shun-
day izohlagan:
Chalɡï – chaldi. Ol anï chalɡï – u uni chalib yiqitdi; 
Ol sozyg menin qulaqqa chalɡï –  u so‘zni mening 
qulog‘imga eshittirdi; monug tash uza chalɡïkir 
yuvuvchi kiyimini toshga urdi.
Bu so‘z hozirgi o‘zbek adabiy tilimizda yiqitmoq 
ma’nosida faol qo‘llanadi. Eshitmoq ma’nosida juda 
kam qo‘llanadi. Faqat ayrim birikmalardagina saqlan-

Миртожиев М. Ўзбек тили лексикологияси ва лексикогра-
фияси. – Тошкент, 2002. – Б. 9.

Девону луғатит турк. II том. – Б. 31.


19
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
ib qolgan. Mening qulog‘imga shunday chalindi. Qu-
log‘ingga tanbur chalayapmanmi? kabi.
Bïchdï  so‘zi (DLT, II t, 11-bet) o‘sha davrda kesdi 
ma’nosida qo‘llanilgan. Barcha narsalarni tilim kes-
ishga bu so‘zni ishlatganlar. Shuningdek qo‘l, oyoq 
yorilishiga ham, yer yorilishiga ham qo‘llanadi. Di-
alektda esa chaqaloqning bo‘yin, qo‘ltiqlarining yor-
ilishiga nisbatan bu so‘z qo‘llanadi. Lekin hozirgi til-
imizda bu so‘zni matolarni qirqishga, ya’ni tikishdan 
oldin andozaga solib qirqib olishga ishlatiladi. Ko‘ylak 
bichdi. To‘n bichdi. 
Ba’zi so‘zlarda ilgari qo‘llanilgan ma’nolarining bir 
qismi iste’moldan chiqqan. Masalan, sïg‘ïp so‘zi XI 
asrda ikki ma’noda qo‘llangan:
1. Shoxlar ovi
2. Sigir.
Bizgacha bu so‘zning bir ma’nosigina yetib kel-
gan.

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling