Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAHMUD KOSHG‘ARIYNING “DEVONU LUG‘OTIT TURK” ASARIDA SO‘Z LESKIK MA’NOSINING TARAQQIYOTI Yerjanova Saule Baymurzayevna
Resume. This article explains the phenomenon of culture on the example of the process of translation from
a foreign language into a native language, which facilitates language acquisition. As a result, it is concluded that intercultural relations and contacts are possible only in conditions of acculturation, that is, the formation of a second language in a person from the point of view of culture, which involves the introduction into one’s language of spiritual values inherent in foreign psychology. Резюме. В данной статье объясняется феномен культуры на примере процесса перевода с ино- странного языка на родной язык, облегчающий овладение языком. В итоге делается вывод о том, что межкультурные отношения и контакты возможны только в условиях аккультурации, то есть формиро- вания у человека второго языка с точки зрения культуры, что предполагает привнесение на свой язык духовных ценностей, присущих инонациональной психологии. 17 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, та’lim. 2023; 5 ISNN: 2181-1741 (Print) ISNN: 2181-1725 MAHMUD KOSHG‘ARIYNING “DEVONU LUG‘OTIT TURK” ASARIDA SO‘Z LESKIK MA’NOSINING TARAQQIYOTI Yerjanova Saule Baymurzayevna, Al-Forobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori To‘ychiyeva Zuleyxa Hamroq‘lovna, Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi Bugungi kunda o‘zbek tilini ilmiy tadqiq etishning bir qator yo‘nalishlari rivojlandi. Tarixni o‘rganish, uni bugungi kun bilan solishtirish, boy madaniyatimiz va qadriyatlarimizni anglash, har bir xalqning o‘z tilini, dinini o‘rganish muhim bir masaladir. Yurtimizda “... matnshunoslik, adabiy manbashunoslik, tilshunoslik, falsafa, madaniyat tarixi sohalarida milliy madaniy merosimizning hali o‘rganilmagan ko‘pgina qatlam- larini ochib berishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilayotgani” 1 bu boradagi ilmiy izla- nishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga asos bo‘lmo- qda. Zero, til tarixini o‘rganishdagi eng ishonchli manba bizgacha etib kelgan yozma yodgorliklardir. Xususan, “Devonu lug‘otit turk” asari bugungi o‘zbek tilshunosligi, shu jumladan, leksikologiyani aniq va asosli yaratish uchun boy manba sanaladi. Davrlar o‘tishi bilan har bir so‘zning ma’no taraqqiyoti o‘zga- radi. Ya’ni ba’zi so‘zlar yangi ma’nolar bilan boyisa, ba’zi so‘zlarning ma’nosi torayadi. Shu jarayonni hi- sobga olgan holda, “Devonda”gi ba’zi ko‘p ma’noli so‘zlarning leksik ma’no taraqqiyotini aniqlash asosiy vazifa etib qo‘yildi. Ma’lumki, Mahmud Qoshg‘ariy turkiy tilshunosligi rivojiga katta hissa qo‘shgan buyuk tilshunoslarim- izdan biri hisoblanadi. U turkiy tilshunoslikni XI as- rdayoq fan sifatida asoslagan edi. Bugungi kunga- cha o‘z mavqeini saqlab kelgan asar, ya’ni “Devonu lug‘otit turk” keng tarzda o‘rganilgan va o‘rganilmo- qda. Jumladan, “Devon” da berilgan ko‘p ma’noli so‘zlarni tahlil qilish, ulardagi ma’no ko‘chishning sabablarini o‘rganish hamda bu birliklarni “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” bilan qiyoslash ona tilimiz boyli- gi ko‘lamini yana ham kattaroq doirada ko‘rsatishi mumkin deb o‘ylaymiz. 1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 24 майдаги ПҚ-2295 сон “Қадимий ёзма манбаларни сақлаш, тадқиқ ва тарғиб қилиш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Қарори //Ўзбекистон Респу- бликаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017. Ma’lumki, leksik ko‘pma’nolilk murakkab va serq- irrali hodisa hisoblanadi. Har bir leksemaning ma’no taraqqiyoti dinamikasi alohida-alohida yondashishni, izohlashni talab qilganligi bois leksemalarning ma’no nozikliklarini aniqlash va tartibga solish juda mush- kul. Polisemiya odatda muayyan narsa-predmet, bel- gi-xususiyat, harakat nomini boshqa narsa-predmet, belgi-xususiyat, harakatga ko‘chirish usuli bilan vo- qelanadi. Polisemiya har qanday tilda salmoqli o‘rin tuta- di. Til boyligi faqat so‘zlar, iboralar bilangina emas, so‘zlarning leksik ma’nolari bilan ham o‘lchanadi. Demak, so‘zlarning ko‘p ma’noliligi – polisemiya til boyligida o‘z o‘rniga ega. Shuningdek, so‘z ma’no- larining rivojlanishi qonunlarini tekshirish so‘zlarning omonimlik, sinonimlik, antonimlik va ko‘p ma’noli- lik xususiyatlarini o‘rganish, tilning lug‘at boyligini aniqlashga, turli lug‘atlar tuzish ishlariga katta yor- dam beradi. So‘zning leksik ma’nosi taraqqiyoti uch ko‘rinish- ga ega 2 . 1. Leksik ma’nolarning kengayishi va torayishi. 2. So‘z leksik ma’nosinining hosila ma’no yuzaga keltirishi. 3. Evfemizm va disfemizm. Polisemiya millatning, xalqning ijtimoiy rivojlan- ishiga bog‘liq. Qaysi xalqda fan, texnika, madaniyat, san’at taraqqiy etgan bo‘lsa, o‘sha xalqda obyektiv borliqning o‘zaro aloqasini shuncha ko‘proq ko‘radi, ularni bir-biriga qiyos etadi va bular tilida ko‘proq o‘z aksini topadi. Eng ilg‘or va taraqqiy etgan xalqlarn- ing tilida polisemantik so‘zlar ko‘p bo‘lib, shu tildagi polisemantik so‘z strukturasi ham leksik ma’nolarga boydir. So‘z ma’nolarini o‘zgartiruvchi taraqqiyotlar ketma-ket sodir bo‘lib turadi. Bu esa polisemantik so‘zlar taraqqiyoti uchun sabab bo‘ladi 3 . 2 Миртиожиев М. Ўзбек тили лексикологияси ва лексико- графияси. – Тошкент, 2002. – Б. 9. 3 Миртожиев М. Ўзбек тилида полисемия. – Тошкент, 1975. 18 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics So‘zlar til taraqqiyoti natijasida o‘zgarib boradi, ya’ni leksik ma’no taraqqiyoti ba’zi so‘zlarda ken- gayadi, ba’zisida esa torayadi yoki shu so‘z ishlatil- may unutilishi mumkin. Shunday qilib, tarixiy taraqqi- yot jarayonida tildagi anchagina so‘zlar o‘zining aso- siy leksik ma’nosidan tashqari ko‘chma ma’nolarga ham ega bo‘ladi. Masalan: tugma so‘zi XI asr yozma adabiyot- larida to‘n va ko‘ylak, qalpoqlar bog‘ichi ma’nosini berar edi 1 . Holbuki, hozirgi tugma ip emas. Hozirgi tugma so‘zida biz temirdan, yog‘ochdan, sadafdan va boshqalardan maxsus shaklda yasalgan narsani tushunamiz. Demak, avvalgi tugma hozirgi tugmadan shakl va materiali jihatidan tamoman farq qiladigan narsadir. Lekin shunga qaramay hozirgacha shu so‘zning o‘zi saqlanib qolgan. Bu saqlanib kelishi- da funktsiya birligi asosdir. Ya’ni ilgari tugma ipdan bo‘lishiga qaramay, u tugish, biriktirish, bog‘lash vazi- fasini bajargan. Hozirgi tugma ipdan bo‘lmay, boshqa materialdan bo‘lsa ham, ana shu vazifani bajaradi. Ya’ni ko‘ylak yoqalarini bog‘laydi, biriktiradi. Nafaqat ko‘ylak yoqalarini balki maxsus qurulmalarga ham ishlatiladi. Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling