Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

lyativ lotincha appellativum - turdosh ot so‘zidan ol-
ingan bo‘lib, atoqli otga qarama-qarshi qo‘yiluvchi, 
atoqli ot yasash uchun lisoniy baza bo‘luvchi turdosh 
ot va boshqa til leksemalari
7
)ga tegishli astronomik 
tushunchalarni tahlilga tortgan
8
. I. Yoqubov, T. Matyo-
qubovalar tomonidan e’lon qilingan maqolada ham 
Ogahiy nasriy asarlarida qo‘llangan kosmonimlar va 
astronomik terminlarning badiiy va lisoniy xususiyat-
lari to‘g‘risida fikrlar bildirilgan
9

M.Jo‘raevning “O‘zbek xalq samoviy afsonalari” 
nomli monografiyasida (garchi adabiyotshunoslik so-
hasida bo‘lsa-da, tadqiqotimiz uchun qimmatli manba 
bo‘ldi) tabiat hodisalari, osmon yoritqichlari, olamning 
yaratilishi to‘g‘risidagi samoviy afsonalarning tarixiy 
asoslari, samoviy mifologiyaga munosabati, obrazlar 
tarkibi tadqiq qilingan bo‘lib, unda Yetagan, Temir 
qoziq, Oq bo‘zot, Ko‘k bo‘zot, Tarozi, Hulkar, Qambar 
yulduzi singari yulduz va yulduz turkumlari, Cho‘lpon 
planetasi va Somon yo‘li bilan bog‘liq samoviy afson-
alar ilk bor monografik tarzda o‘rganildi
10
.

Примов А.И. Ўзбек тили космонимларининг лисоний 
хусусиятлари: Филол. фан. номз... дисс. – Тошкент, 2009. – 
Б.25.

Бакирова И. Навоий асарларида сайѐра номлари //
Ўзбек тилшунослигининг долзарб масалалари. 
Илмий мақолалар тўплами. – Тошкент, 2008. №2. – Б.128; 
Юнусова З. Навоий асарлари тилидаги “юлдуз” лексе-
масининг маъно қирралари. // Навоийга армуғон. Тўртинчи 
китоб. – Тошкент: Фан, 2004. – Б. 147-152. 

Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек окомастикаси терминлари-
нинг изоҳли луғати. Наманган. 2006. – Б. 16.

Эгамова Ш. Увайсий шеъриятида самовий тимсоллар
// Тилшуносликнинг долзарб муаммолари. – Тошкент: Уни-
верситет, 2002. – Б. 98.

Ёқубов И., Матѐқубова Т. Огаҳий ижодида космогоник 
мифология талқини // Огаҳий абадияти. – Тошкент: Ўзбеки-
стон, 1999. – Б. 118.
10 
Жўраев М. Ўзбек халқ самовий афсоналари. – Тошкент: 
Фан, 1995. –108 б.


47
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
Olima Z.Yunusova bir maqolasida yulduz lek-
semasini giponimik va sinonimik qurshovlari jihatdan 
tahlil qila turib, “yulduzning quyosh va oy leksemalari 
bilan kelgan katta yoritgichlardan boshqa jami osmon 
yoritgichlarining umumiy nomi” deya fikr yuritadi
1
. Bi-
zningcha ham kichik yoritgichlarni umumiy nom bilan 
yulduzlar nomi ostida birlashtirish ma’qul va osmon 
yoritgichlari tadqiqotning markaziy obyekti bo‘lganligi 
uchun sayyoralar, ya’ni planetalar tadqiqotchi e’tibori-
da emasligini ko‘ramiz. Giponimik qator doirasida esa 
planetlar ham obyekt qilib olinsa, maqsadga muvofiq 
bo‘lar edi. Shuni alohida qayd etish kerakki, tadqiqot-
chi o‘z nomzodlik ishida astronimlarni turdosh otlar 
bilan aralash holda lug‘aviy mikrosistema tabiatini 
ochish uchun tahlil qilgani biz tahliliga kirishmoqchi 
bo‘lganimiz astronimlar obrazlari tadqiqiga anchayin 
yaqinligi seziladi
2
.
Tadqiqotchi A.Primov o‘z tadqiqotida milliy tilshu-
nosligimizda birinchi bo‘lib osmon yoritgichlarining li-
soniy xususiyatlarini o‘rganib chiqib, astronim va kos-
monimlarni yaxlit bitta nom, ya’ni kosmonim termini 
ostida birlashtirdi
3
.
Tilshunos olim A.Rustamov ham “So‘z xususida 
so‘z” nomli kitobining bir o‘rnida iboralar tarkibida 
kelgan astronimlarni lisoniy tahlil qiladi. Misol sifatida 
“istarasi isssiq” va unga ma’nodosh “mehrigiyosi bor 
kabi iboralardagi istara so‘zining o‘zagi sitora (yul-
duz), mehrigiyo so‘zidagi birinchi qism mehr(quyosh) 
so‘zlari bilan bog‘liqligini aytib o‘tadi. Va yana bir fikrni 
astronomiya”, “astrologiya” terminlarining “astro” 
qismi ham “istora” ya’ni “sitora”ga tarixan aloqadorlig-
ini aytadi
3
. Ammo keyingi fikrga qo‘shilishimiz uchun 
boshqa biror joyda bunday ma’lumotni uchratma-
ganligimiz sababli asosga ega emasmiz. Shu o‘rinda 
masalaning ikkinchi tomoniga ham e‘tibor beradigan 
bo‘lsak, yulduz so‘zining turli tillardagi aytilishi – astro 
(yun.), sitora (fors.), star (ing.), stern (nem.)ni tahlil 
qilsak, bu so‘zlarning tarixan bir so‘z asosida shak-
llanganganligi va istara so‘zining ham shu so‘zlarga 
aloqasi borday ekanligi seziladi. 
Xozirgi kungacha o‘zbek tilshunosligida kam 
tadqiq qilingan osmon jismlarining tarixiy va xozirgi 
nomlanishlarini taqqoslash, ularning obrazli ifodal-
anishi masalalari bilan bog‘liqlik nuqtai nazaridan, 
xalq ijtimoiy hayotida astronimlarning tutgan o‘rnini 
chuqurroq o‘rganish ayni vaqtdagi zarurat ekanligini 
ko‘rsatadi. Va bu kabi jihatlarni yoritishni keyingi tad-
qiqotlarimiz mavzusi sifatida qoldirdik. 
Resume. Ushbu maqolada astronim va kosmonim atamalarining izohi, farqi, tadqiqotlar doirasidagi turli 
yondashuv masalalari haqida so‘z yuritiladi. 
1 2 3 4
Резюме. В данной статье рассматриваются толкование терминов астроном и космоном, разница и 
вопросы различных подходов в рамках исследования.

Юнусова З. Навоий асарлари тилидаги юлдуз лексемасининг гипонимик ва синонимик қуршовлари // Айюб Ғулом ва 
оъзбек тилшунослиги. – Тошкент, 2004. – Б. 124-130.

Юнусова З.Қ. Ўзбек тилида луғавий микросистеманинг таркиби ва ривожланиши (самовий ёритгичлар луғавий гуруҳи 
асосида): Филол. фанлари номзоди … дисс. – Тошкент, 2005.

Примов А.И. Ўзбек тили космонимларининг лисоний хусусиятлари: Филол. фан. номз... дисс. – Тошкент, 2009.

Рустамов А. Сўз хусусида сўз. – Тошкент: Ёш гвардия, 1987. – Б. 85-95.


48
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, та’lim. 2023; 5
ISNN: 2181-1741 (Print)
ISNN: 2181-1725 

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling