Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
bar.
Qoraqalpoq tilining izohli lug‘atida adalat (ádil, ádillik) so‘zi “tenglik, to‘g‘rilik, yaxshilik, haqiqat” ma’nosida izohlangan: Dúnya jaman adalatlıq zaman joq, Dúnya ótse, serpilejaq duman joq (Berdaq) 7 . Qoraqalpoq tilida adalat~ádillik so‘zlari fonetik vari- ant sanaladi va mazkur so‘z asosida ádilsiz, ádilsizlik kabi lug‘aviy birliklar yasalgan. Adalat (adyl) so‘zi turkman tilining izohli lug‘atida “haqiqat, har qanday vaziyatda to‘g‘ri harakat qil- ishni ifodalaydigan tushuncha” ma’nosida izohlan- 3 Чөңңǝев Я. Хǝзирки заман түркмен дили (Лексика). – Аш- габат: Магарыф, 1988. 66-67-нжи с. 4 Nartyýew N. Häzirki zaman, türkmen dili (leksika). Ýokary okuw mektepleri üçin okuw kitaby. – Aşgabat, 2010. 155-nji s. 5 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. –Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. – Б. 538. 6 Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. –Тошкент: Университет, 2003. – Б. 99; Баранов Х.К. Араб- ско-руский словарь. – М.: Русский язык, 1976. – С. 268. 7 Қарақалпақ тилиниң түсиндирме сөзлиги. 4 томлық, I том. – Нукус: Каракалпакстан, 1982. – Б. 28. 56 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics gan va o‘zbek, qoraqalpoq tillaridagi ma’nolar bilan bir xil semaga ega 1 : adalata esaslanmak, adalaty durmuşyň baş yörelgesi edip almak. Turkman tilida ham adalat so‘zi asosida so‘z yasovchi qo‘shimcha- lar orqali adalatly, adalatlylyk, adalatsyz, adalatsyzlyk kabi lug‘aviy birliklar yasalgan. O‘zbek, qoraqalpoq, turkman tillarida adolat so‘zi ma’no tarkibini lingvomadaniy aspektda tahlil qilgani- mizda ushbu so‘z tor va keng ma’noda qo‘llanilganlig- ini ko‘rishimiz mumkin. 1. Adolat so‘zi keng ma’noda ijtimoiy-siyosiy mazmun kasb etib, odatda mamlakat rahbari, vazirlik, idora, korxona, muassasa rahbarla- rining, mahalliy boshqaruv organlari boshliqlari, la- vozimli shaxslarining, shuningdek, huquqni himoya qiluvchi organlar xodimlari: sud, prokuratura, ichki ishlar xizmatchilarining biror huquqiy akt, xatti-harakat yoki voqealikni qonun talablari, normalariga mutlaqo mos shaklda baholashlarini, hukm qilishlarini (chiqa- rishlarini), ijro etishlarini ifodalovchi so‘z sifatida tush- uniladi, qo‘llaniladi. Ushbu holat ma’lum bir mamlakat- dagi ijtimoiy voqealikni aks ettiradigan qonunchilik me’yorlariga asoslanganlik, o‘sha me’yorlarni aniq vaziyatlarda to‘g‘ri qo‘llaganlik, asosli baholanganlik sifatida qaraladi. 2. Tor ma’noda esa adolat tushun- chasi insonlar o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlardagi ma’lum masalalar bo‘yicha xatti-harakatlarning, mu- nosabatlarning, chiqarilgan qarorning o‘sha vaziyatga yoki insoniylikka, gumanizmga mosligini ko‘rsatuvchi belgi sifatida qaraladi. Mazkur ma’noda adolat so‘zi kam qo‘llaniladi, ya’ni ushbu ma’noda vijdon, insof, iy- monlilik kabi lug‘aviy birliklardan foydalaniladi. Mavhum so‘zlar asosida ushbu tillarda atoqli otlar ham hosil bo‘lgan. Jumladan, Adolat – o‘zbek tilida ayollar ismi, Odilbek, Odilboy, Odiljon – o‘zbek tilida erkaklar ismi; Ádilbek, Ádilbay – qoraqalpoq tilida erkaklar ismi sifatida ishlatilishi ham bu lug‘aviy bir- liklarning lingvomadaniy xususiyat ifodalashi bilan bog‘liq. Aniqrog‘i, har bir xalq, millat o‘zi orzulag- an, muhim deb hisoblagan, go‘zallik, nafosat belgi- si hisoblanadigan so‘zlarni farzandlariga ism qilib qo‘yishadi va tug‘ilgan chaqaloqning ana shu ezgu maqsadlarni, orzu-istaklarni o‘z hayotlari asosi sifati- da olib yurishlarini istashadi. Shuningdek, adliya (o‘zb.), ádillik (qqalp.), ady- Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling