Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TERMINOLOGIYADA POLISEMIYA HODISASINING TALQINI Xudoyberdiyeva Gulmira Allaberdi qizi
Резюме. В данной статье при изучении термина дискурс в современной лингвистике большое зна-
чение придается выражению и анализу научных теорий. Обсуждаются процессы развития и особен- ности политической лингвистики. Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, та’lim. 2023; 5 ISNN: 2181-1741 (Print) ISNN: 2181-1725 TERMINOLOGIYADA POLISEMIYA HODISASINING TALQINI Xudoyberdiyeva Gulmira Allaberdi qizi, Termiz davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Bugungi kunda inson ijtimoiy faoliyatining bar- cha jabhalarida: iqtisod, san’at, madaniyat kabi ko‘plab boshqa sohalarda jadal taraqqiyot va o‘zaro integratsiya to‘xtovsiz davom etib kelmoqda. Bu o‘z navbatida yangi fan tarmoqlarining paydo bo‘lishi bilan birga yangi tushuncha va terminlarni yuzaga keltirmoqda. Terminosistemaning bunday boyib bor- ishi tilshunoslar oldiga ushbu sohani har tamonlama puxta o‘rganish zaruratini qo‘ymoqda. Bu zarurat asosida esa yangidan yangi tadqiqotlar maydonga kelmoqdaki, buning natijasida, yangi monografiyalar, dissertatsiyalar, umumlingvistik va maxsus lug‘atlar dunyo yuzini ko‘rmoqda. Bajarilayotgan bu ishlarning barchasi, albatta, inson va uning manfaatlari uchun xizmat qilishi shubhasizdir. Mazkur maqola tilshunoslik fanlari orasida alohi- da mavqega ega bo‘lgan terminologiya sohasida ku- zatiluvchi polisemiya hodisasi haqida rus va o‘zbek tilshunoslarining fikr-mulohazalari tahliliga e’tibor qa- ratiladi. Terminologiya sohasida birichi bo‘lib chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borgan rus olimi D.S.Lottening ta’kid- lashicha, terminda “nisbiy aniqlik” bo‘ladi. Muayyan bitta termin muayyan soha terminologiyasida bir ma’noli bo‘lishi lozim 1 . O.S.Axmanova ham o‘zining “Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati” nomli kitobida ta’kidlashicha, terminlar polisemiya va kontekst o‘rta- sidagi munosabatlar masalasi bilan bog‘liq atama” ekanligini ta’kidlab, terminlar asosan monosemantik tabiatli bo‘lishi mumkin 2 . A.V.Superanskaya esa “Termin – bu professional bilimlarning muayyan sohasi atamalar tizimiga kiru- vchi tushuncha hisoblanib, u so‘z bilan ifodalanadi. Termin – maxsus maqsadlar uchun mo‘ljallangan tilning asosiy ma’noviy elementidir. Termin bir ma’no- da qo‘llaniladi. Turli maydonlarning bir xil aytiladigan terminlari – omonimlardir” 3 , degan fikrni ilgari suradi. Rus tilshunoslarining ilmiy tadqiqot ishlarini kuzat- 1 Лотте Д.С., Основы построения научно-технической тер- минологии. – Москва: Изд-во АН ССР, 1961. – 160 с. 2 Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. Изд. 2-е. – М.: Советская энциклопедия, 1969. – 608 с. 3 Суперанская А.В. Общая терминология. – М.: УРСС, 2009. – С. 5. 61 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics adigan bo‘lsak, bunda terminlarning monosemantikli- gi haqidagi fikrlar ustuvorlik kasb etganining guvohi bo‘lamiz. Lekin bu tadqiqotlardan olingan xulosala- rga qo‘shilmaydigan olimlarning ilmiy maqolalarida bayon etgan fikrlari bilan ham tanishib chiqish o‘rinli nazarimizda. Xususan, rus tilshunosi V.A.Tatarinov termi- nologiyada monosemiyaga zid bo‘lgan polisemi- ya hodisasi ham mavjudligini, terminologik birlik polisemiyasi salbiy xususiyat sifatida baholan- masligini ta’kidlaydi 1 . Ko‘p ma’noli leksemalarda semalar miqdori turli- cha bo‘ladi. Ikki va undan ortiq ma’noga ega polise- mantik leksemada hosila ma’nolar uchun asos bo‘lgan ma’no har doim umumiy bo‘lavermaydi. O‘zbek tilining terminologik tizimlariga bag‘ishlan- gan tadqiqotlarda berilgan ilmiy fikrlarga e’tibor qa- ratadigan bo‘lsak, aksariyat terminologik tizimlar- da mavjud terminlarning ko‘pchiligi monosemantik ekanligini kuzatamiz. Ammo bu hol terminosistemada polisemiya mavjud emas, degan xulosani bermaydi. Leksemalarga xos monosemiya va polisemiya hod- isalari terminologik tizim leksemalarida o‘ziga xos- lik kasb etadi. Bu terminga qo‘yiladigan talab bilan bog‘liqdir. Ya’ni terminlarda zarur hisoblangan aniqlik xususiyati uni ma’no ko‘lamining umumiste’mol lek- semalar ma’no ko‘lamiga nisbatan tor bo‘lishiga olib keladi. Mana shu jihatdan ham turli sohalarda qo‘llab kelinayotgan terminlarning ma’no ko‘lamini maxsus o‘rganish muhim ilmiy va amaliy (xususan, lug‘at- shunoslik) uchun xulosalar bera olishi bilan ahami- yatli hisoblanadi. Terminologiya sohasida tadqiqot olib borgan o‘zbek tilshunos olimlarining ilmiy xulosalriga e’tibor qaratar ekanmiz o‘zbek tilshunosligida ham termin- ga bir ma’nolilik xos xususiyat ekanligi qo‘llab-quv- vatlangan. Bu fikrning isboti tariqsida professor Said Usmonovning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tish o‘rinli. “Termin hamma vaqt – gapda ham, gapdan tash- qarida ham bir ma’noli bo‘ladi. Uning bir ma’noli bo‘li- shi ma’lum fan yoki maxsus sohadagina qo‘llanish xususiyati orqali yuzaga keladi” 2 deb ta’kidalaydi olim. Termin ilm-fan, texnika, inson faoliyatining muayyan sohasi yoki o‘zaro yaqin bo‘lgan sohalar doirasida bir ma’noli bo‘ladi. Bu esa tilshunoslikda terminlarning monosemantikligi haqidagi qarashlar ustuvor ekanini bildiradi. Ma’lumki, fan aniqlikni talab qiladi va o‘z-o‘zidan fan sohasida qo‘llanuvchi terminlar ham aniqlikka inti- ladi. Akademik Azim Hojiyev ta’kidlaganidek, “termin- lar bir ma’noli bo‘lishi, ekspressiv va emotsionalikka 1 Татаринов В.А. Теория терминоведения:в 3 т./ В.А. Тата- ринов. – М.:Московский Лицей, 1996. – 366 c. 2 Усмонов С. Ўзбек терминологиясининг баъзи масалала- ри. – Тошкент: Ўқитувчи, 1968. – Б.7. ega bo‘lmasligi kabi belgilari bilan umumiste’moldagi so‘zlardan farqlanadi 3 . Ya’ni terminda ijobiy yoki sal- biy ma’no ottenkalari, birdan ortiq semalarning mav- judligi terminning aniqligiga putur yetkazadi. Terminlararo ko‘p ma’nolilikni tilda mavjudligini e’tirof etish va tan olish lingvistikaning turli tilshunos- lik maktablarining tadqiq yo ‘nalishiga bog‘liq ravish- da o‘zgarib turadi. Tilshunos olim I.Islomovning qayd etishishicha, ko‘p sonli terminlarning polisemantikligi, ularning kontekstga bog‘liqligi terminlarning qo‘shim- cha lingvistik tabiati, ularning nazariya, ilmiy yo‘nal- ishlar va maktablar bilan aloqadorligi bilan izohlanadi va u bilan aloqador 4 . Sh.Safarov hamda X.Saitqulovlarning fikricha, aynan terminlar bir ma’noli ekanligi bilan so‘zlardan farq qiladi. Uning semantikasida konnotativ sema yuzaga kelmasligi terminning tabiatiga xos. Boshqa tilshunoslar esa bir ma’nolilik faqat matn bilan aloqa- dorlikda namoyon bo‘lishi, ya’ni har qanday matnda aynan bir tushunchani ifodalab, matn ichidagina bir ma’noli bo‘lishini ta’kidlaydilar” 5 . Terminologik polisemiya barcha soha terminologi- yasida kuzatiladi. Bu holat umumfilologik va maxsus lug‘atlarda ham keng holda o‘z aksini topmoqda. Ayrim terminlarning semantik strukturasi umumleksik ma’no, terminologik ma’nodan tarkib topgan bo‘lsa, ba’zi terminologik birliklarda birdan ortiq tushuncha bilan bog‘liq ma’nolar mujassamlashganligining gu- vohi bo‘lishimiz mumkin. Bu esa leksik-semantik munosabatlarning terminologiyadagi o‘rnini, termi- nologik polisemiyaning shakldoshlik va polifunksion- allik bilan munosabati masalasini alohida yondashuv asosida baholash va tavsiflash hamda terminologiya- da yuzaga kelayotgan ko‘p ma’nolilikning oldini olish, tartibga solish bilan bog‘liq vazifalarning dolzarbligini ko‘rsatib turadi. Bir guruh tilshunos olimlar biror so‘zning termin bo‘lishi uchun uning qo‘llanish doirasi cheklanishi shart emasligi, biror soha doirasida terminlik kasb etishi qat’iy talab emasligini ta’kidlaydi. Muayyan tushunchaning aniq va barqaror ifodasi bo‘lgan so‘z va so‘z birikmalari termin bo‘lavermasligi to‘g‘risida fikrlarini bayon etadi. Ta’kidlash lozimki, terminning bir ma’nolilik xususiyati muayyan soha terminosiste- masida namoyon bo‘ladi. Ushbu terminologik tizim doirasidagina monosemantiklik kasb etadi. Bosh- 3 Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2002. – Б. 104. 4 Исломов И. Ўзбек тилининг географик терминологияси: тизими, генезиси,семантик структураси ва лексикографик талқини: Филол. фан. докт. ... дисс. – Қарши, 2021. – Б. 125. – 216 б. 5 Сaфaров Ш.С., Сaиткулов Х.С. Теория и прaктикa терми- нологической номинaции. Учебное пособие. – Сaмaркaнд: СaмГУ, 1986. – С. 59. 62 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics qa soha terminosistemasida qo‘llanganda esa bir ma’nolilik jihatini yo‘qotadi. Terminosistemada polisemiya hodisasi mavjud- ligini “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” ni tadqiq obyekti sifatida kuzatganimizda duch kelishimiz mumkin. Lug‘atda ko‘p ma’noli sifatida berilgan so‘zlar oldidan uning termin ekanligini ko‘rsatib beruvchi pometalar bilan kelgan. So‘zimizning isboti tariqasida lug‘atdan olingan quyidagi misolga e’tibor qaratamiz: Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling