Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
Maxsus iqtisodiy sohalar
Yuqoridagi 1 rasmdan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy- ot sohasi boshqa barcha sohalar uchun asos bo‘lib, sohaning asosini ifodolovchi terminlarni o‘rganish unda sodir bo‘layotgan jarayonlarni tushunish uchun muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy terminlarning kelib chiqish tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi va ingliz tilidagi iqtisodiy terminlarning shakllanishiga bir qan- cha iqtisodiy-ijtimoiy hodisalar ta’sir ko‘rsatadi. 1 Виноградов В.В. Вступительное слово // Вопросы терми- нологии. - М.: Изд- во АН СССР, 1961.- c.6(С.3-10.) 2 Iqtisodiyot insonlarning mehnat faoliyati natija- sidir. Insoniyat ilk paydo bo‘lgan davrlardayoq bir-biri bilan kunlik ehtiyojda kerak bo‘ladigan mahsulotlarni ayriboshlash bilan shug‘ullanib keladi. Kimdir tovar- lar yoki xizmatlar ishlab chiqarish, yetkazib berish va tarqatish bilan shugʻullanar ekan iqtisodning maʼlum bir turi mavjud edi desak adashmagan boʻlamiz. Xu- 2 Худинша Е.А. Особенности становления и развития ан- глийских базовых терминов в подъязыке экономики: дисс. – Омск, 2011 – c.42. 64 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics susan, qadimgi dunyo tarixida shumerlar tovar pul- lariga asoslangan keng miqyosli iqtisodiyotni rivo- jlantirdi, bobilliklar va ularga qoʻshni shahar shtatlari esa, qarz va xususiy mulk toʻgʻrisidagi qonun-qoida- lar, yuridik shartnomalar va tadbirkorlik amaliyotiga oid qonun kodekslar nuqtai nazaridan keyinchalik iqtisodiyotning eng qadimgi tizimini ishlab chiqdilar 1 . Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdi iqtisodiy terminlarn- ing ildizi ilk insoniyat paydo bo‘lgan davrdan ildiz otib boshlagan. Bobilliklar va ularning shahar-davlat qoʻshnilari hozirgi paytda qoʻllanilayotgan fuqarolik jamiyati (huquq) tushunchalari bilan taqqoslanadigan iqtisodi- yot shakllarini ishlab chiqdilar. Ular sudlar, qamoqx- onalar va hukumat yozuvlari bilan toʻldirilgan birinchi maʼlum kodlangan huquqiy va maʼmuriy tizimlarni ishlab chiqdilar 2 . Qadimgi iqtisod asosan dehqonchilikka asoslan- gan edi. Shu bois, Shekel (arpa) birinchi boʻlib semit xalqlari ritomonidan ishlatiladigan ogʻirlik va pul birligi terminlaridan biri bo‘lib 3 , bu atamaning birinchi qoʻllanil- ishi miloddan avvalgi 3000-yillarda Mesopotamiyadan kelgan kumush, bronza, mis kabi metrikada qo‘llanil- adigan boshqa qiymatlar bilan bogʻliq boʻlgan oʻziga xos massasi deb ataladi. Shekel dastlab pul birligi va ogʻirlik birligi edi, xuddi Britaniya funti dastlab bir funt kumush massasini ifodalovchi birlik boʻlgan kabi 4 . Aksariyat odamlar uchun tovarlar almashinuvi ijti- moiy munosabatlar orqali amalga oshirilgan. Bozor- larda ayirboshlagan savdogarlar ham bor edi. Hozirgi inglizcha “iqtisod“ soʻzi paydo boʻlgan Qadimgi Yun- onistonda koʻp odamlar erkin yer egalarining qullari boʻlgan 5 . Iqtisodiy munozara kamchilik insonlar o‘rta- sida amalga oshirilar edi. Ushbu omillarning kombinatsiyasini tahlil qilish uchta asosiy tarixiy davrlar 6 ni ajratib koʻrsatishga im- kon berdi: 1. Sanoatdan oldingi davr – V asr. Miloddan av- 1 Sheila C. Dow. Axioms and Babylonian thought: a reply // Journal of Post Keynesian Economics, 2005 27 (3), p. 385-391. 2 Charles F. Horne. The Code of Hammurabi: Introduction. Yale University, 1915. 3 Aragón, Fernando M.; Oteiza, Francisco; Rud, Juan Pab- lo. Climate Change and Agriculture: Subsistence Farmers’ Re- sponse to Extreme Heat. American Economic Journal: Econom- ic Policy (inglizcha). 2021-02-0113-jild, № 1. 1–35. 4 Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling