Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
DISKURSIV YONDASHUVGA DOIR NAZARIYALARDA
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
DISKURSIV YONDASHUVGA DOIR NAZARIYALARDA
SIYOSIY DISKURS IFODASI Ro‘ziyev Elbek O‘rol o‘g‘li, Termiz davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi XX asarning 90-yillaridan boshlab o‘zbek tilshunos- ligida antroponestrik nazariya jarayonlari bo‘yicha tadqiqot ishlari boshlandi. N.Mahmudovning “Tilning mukammal tadqiqi va yo‘llarini izlab”, D.Xudoyber- ganovaning “Matnning antroposentrik tadqiqi” 1 kabi ishlarida zamonaviy lingvistik yo‘nalishlarni o‘zbek tilshunosligiga olib kirish va qo‘llash masalalari ilmiy jihatdan ifodalab berildi. Shu asosda XXI asr o‘zbek tilshunosligida bir qancha yangi fanlar: lingvokultur- ologiya, psixolingvistika, pragmalingvistika, sotsio- lingvistika, kompyuter lingvistikasi, areal lingvistika, ontolingvistika fan tarmog‘i sifatida kirib keldi. Jami- yatning demokratlashuvi va ijtimoiy ong hamda ta- fakkurning taraqqiyoti natijasi jamiyatni boshqaruvchi rahbar shaxslar nutqini ham tadqiq etish dolzarbligini ifodalamoqda. Shu asosda tilshunoslikda yangi soha – siyosiy lingvistika, siyosiy tilshunoslik sohasi yuza- ga keladi. Siyosiy lingvistika hozirgi zamon tilshunos- ligida faol rivojlanayotgan sohalardan biri sifatida qa- ralmoqda. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bakalavriat, magistratura dasturlarida “Siyosiy lingvistika” alohida fan sifatida ham o‘rgatilmoqda 2 . Uning fan sifatida obyekti, predmeti ishlab chiqildi. Siyosiy lingvistikada asosiy e’tibor siyosiy til, siyosiy kommunikatsiya va diskurslarning muhim xususiyatlarini tadqiq etishga qaratiladi. Shuningdek, siyosiy lingvistikada mafku- raviy g‘oyalarning siyosiy matnda ifodalanishining eng muhim metodlari, ularning ilmiy mazmuni tahlil etiladi. Siyosiy lingvistikada “diskurs” tushunchasi- ga alohida e’tibor qaratish lozim. Muloqotning dikurs nazariyasi mustaqil fan sohasi sifatida 1960-yillarning oʻrtalarida shakllana boshladi. Bu davrda olimlarning tilni ajralmas aloqa vositasi sifatida qarashga intilishi matnlarni o‘rganishda o‘z ifodasini topdi. Tilshunoslik asta-sekin gapni oʻrganish doirasidan chetga chiqib, keyingi bosqich gaplar zanjiri – toʻliqlik, yaxlitlik, izchillik va hokazo kabi belgilovchi xususiyatlarga ega 1 Mahmudov N. Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab…// O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 2012; Xudoyberganova D. Matnning antroposentrik tadqiqi. – Toshkent: Fan, 2013. 2 https://kpfu.ru/pdf/portal/oop/19970.pdf boʻlgan matnni tahlil qilishga oʻtdi 3 . Diskurs atamasi- ga lingvistik lug‘atlarda ham turlicha izohlar keltirib o‘tilganini kuzatishimiz mumkin. Xususan, T.Jerebilo tomonidan yozilgan “Lingvistik terminlar lug‘ati”da di- skurs terminiga atroflicha to‘xtalib o‘tilgan. Discurse (nemischa diskurs, fransuzcha diskurs, inglizcha dis- course). 1) asl ma’no - oqilona fikrlash. 2) Keyin bu atama dialog ma’nosida qo‘llanila boshlandi 4 . Shun- ingdek, dunyo tilshunosligida diskurs so‘zining quy- idagi ma’nolarni ifodalaydi: a) yozma matnlarda yoki og‘zaki nutqda qayd etil- gan, ma’lum bir kognitiv va tipologik shartli makonda amalga oshiriladigan o‘ziga xos kommunikativ hodi- sa; b) situvatsion kontekst bilan uzviy bog‘langan matn. Nemis tilshunosligining avstriya maktabida di- skurs maʼlum bir ijtimoiy amaliyotning lisoniy ifoda- si, tilning oʻziga xos tarzda tartiblangan va gʻoyaviy, tarixiy jihatdan shartlangan mentalitetni ifoda etuvchi tizimlashtirilgan qo‘llanishi sifatida belgilanadi. Ingliz olimlarning asarlarida diskurs atamasining maʼnosi dastlab izchil matn sifatida berilgan bo‘lsa, undan keyin matnning og‘zaki-so‘zlashuv shakli, di- alog, ma’no jihatdan bir-biriga bog‘langan gaplar gu- ruhi kabi ma’nolarni ifodalagan. Tilshunos A.Kibrik diskursni og‘zaki nutqni qur- ish va tushunish jarayonlari sifatida izohlasa, E. Ben-Veniste soʻzlovchi tomonidan ifodalangan nutq, hayotga singib ketgan nutq sifatida ifodalaydi. Gol- land tilshunosi T.A.van Deyk diskursni bir nechta da- rajada ko‘rib chiqishni taklif qiladi. U keng ma’noda di- skursga kompleksli kommunikativ voqea, tor ma’no- da esa kommunikativ harakatning yozma yoki nutqiy verbal mahsuloti sifatida qarash lozimligi haqida fikr bildiradi. Ta’kidlash kerakki, T.A.van Deyk diskurs va matn o‘rtasidagi farqni shunday belgilaydi: diskurs – 3 Темнова Е.В. Современные подходы к изучению дискур- са // Язык, сознание, коммуникация: Сб. статей. - М.: МАКС Пресс, 2004. – C. 32. 4 Жеребило Т. В. Словарь лингвистических терминов. Изд. 5-е, испр.и доп. – Назрань: ООО “Пилигрим”, 2010. – 94 с. 59 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics aktual aytilgan matn, ya’ni faol nutqiy harakat, matn esa til tizimiga yoki shakliy lisoniy bilimlarga tegishli fikrlarning mavhum grammatik tuzilishidir. Diskurs – aniq suhbat, aniqlik esa diskurs tushunchasi qo‘lla- nadigan vaziyatga, matnga va obektga ham birday talluqlidir. Diskurs – suhbat turi 1 . “Diskurs” atamasining o‘zbek tilida keltirilgan izohlarida unga, loticha diskurs – muhokama so‘zidan olingan bo‘lib, hissiy, bevosita, intuitiv, ya’ni muhoka- ma talab bilimdan farqli o‘laroq, muhokama orqali vo- sita bilan hosil qilinadigan mantiqiy dalil – isbotli bilim 2 yoki so‘zlovchi va tinglovchi orasida o‘zaro suhbat, savolga yarasha javob berish 3 deya izohlar keltiril- gan. Ikkinchi keltirilgan lug‘atda pragmalingvistikada diskurs tushunchasining mohiyatini ancha keng yor- itib berilgan. Jumladan, muloqot jarayonida so‘zlov- chi (diskurs nazariyasida bu kommunikator deb ata- ladi) tinglovchiga (adresatga) o‘z nutqi yoki muloqot jarayoni orqali o‘zini tanishtirishi hamda diskurs fikrni bayon qilish jarayoni, lisoniy imkoniyatlarning yozma yoki og‘zaki shakli moddiy voqelanishi, lisoniy va noli- soniy vositalarning birgalikda ishlatilishi hamda uning lingvo-etno-psixo-situasion omillar majmui ekanligi bildirib o‘tilgan. Demak, diskurs tilshunoslikda gap yoki nutqda bog‘langan va kelishilgan oqibat sifatida vujudga kelgan bo‘lsa, hozirgi zamonaviy lingvistika- da murakkab komunikativ hodisa sifatida izohlanmo- qda. Diskursning ijtimoiy tabiati yangilikli diskurs, pub- litsistik diskurs, siyosiy diskurs, ilmiy diskurs, ba- diiy diskurs, baholovchi diskurs kabi yangi tushun- chalarning yuzaga kelishiga imkon beradi. Talqin va izohlarning xilma-xilligi diskurs tushunchasining ko‘p qirrali va keng qamrovli ekanligini ko‘rsatadi. Inson- ning nutq orqali amalga oshadigan barcha ijtimoiy faoliyati diskursiv xarakterga ega. Nutqning ijtimoiy mohiyati matn bilan bog‘langan bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyatlari matnning u yoki bu ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Diskursning tarmoq sohalari orasida siyosiy di- skurs ham muhim o‘ringa egaligi bilan ajralib turadi. Siyosiy diskursga oid bir qancha tadqiqotlarda bu tushunchani turli xil tarzda nomlash holatlarini kuza- tish mumkin. Ilmiy adabiyotlarda ushbu atama “siy- osiy diskurs” (“политический дискурс”; E.I.Sheygal, A.N.Baranov), “ijtimoiy-siyosiy nutq” (“общественно- политическая речь”; T.V.Yudina), “siyosiy-tashviqot” (“агитационно-политическая речь”; A.P.Chudinov), jamoatchilik fikri tili (язык общественноймысли; 1 Дейк Т.А. ван. Язык, познание, коммуникация. – М.: Про- гресс, 1989. – С. 372. 2 Абдуллаева М., Абдурашидов М., Абилов У. Фалсафа қисқача изоҳли луғат. – Тошкент: Шарқ. – Б. 126. 3 Тоирова Г. Прагмалингвистика. Ўқув луғати. – Тошкент: Akademnashr, 2016. – Б. 9. P.N.Denesov), siyosiy til (политический язык; O.I. Vorobeva) kabi ta’riflanadi 4 . Diskursiv amaliyotning eng muhim elementi si- yosiy diskursdir. Siyosiy diskurs har doim siyosiy tizimning muhim xususiyatlarini aks ettiradi. Siyo- siy diskursda vositalar va usullar bilan ifodalangan xalqchillik ruhi kuchli bo‘ladi. Bu siyosiy diskursning oldiiga qo‘ygan maqsadlariga mutanosib ravishda vazifalariga bog‘liq bo‘ladi. Negaki, xalq ruhiyatiga hamda tiliga mos so‘zlar va iboralar auditoriyani o‘zi- ga jalb qila oladi. Siyosiy nutq institutsional aloqa si- fatida talqin etilib, shaxsga yo‘naltirilganidan nutqdan farqli o‘laroq, u ma’lum bir professional yo‘naltirilgan belgilar tizimdan ya’ni lug‘at, frazeologiya va paremi- ologiyadan foydalanadi. Siyosiy diskursda siyosiy ritorika ham muhim o‘ringa ega hisoblanadi. Siyosiy ritorika siyosiy di- skursda insonning siyosiy notiqlik ko‘nikmasi orqali namayon bo‘ladi. Siyosiy diskursda muloqot matni ham muhim sanaladi. Siyosiy muloqot matnini yarat- ishda milliy tildan foydalanish zarur bo‘ladi. Siyosiy diskursda siyosiy tilining quyidagi turkumlarini keltirib o‘tish muhimdir 5 . Ular: 1. Assertorlik siyosiy til – siyosiy fikrni o‘ziga xos tarzda ifodalash tili. Uning yordamida siyosiy til nazariyasining asosiy g‘oyalari ta’riflanadi. Asser- torlik siyosiy til formallashgan va formallashmagan bo‘ladi. Formollashtirilgan siyosiy tilga har qanday siyosiy voqelikni ifodalovchi formal mantiqiy dalilalar misol bo‘lishi mumkin. Formallashtirilmagan siyosiy tilga obyektiv siyosiy o‘zgarishlarning tasdiqlovchi, siyosiy bashoratlarni o‘z ichiga oluvchi siyosiy ata- malar bilan to‘ldirilgan fragmentlari kiradi. 2. Siyosiy model tili. U yangi siyosiy model va model- reprezentatsiya siyosiy matnning boshqa elementlarini yaratish uchun xizmat qiladi. Bu til an- cha mukammal tavsiflash tiliga ega bo‘lib, u yuqorida aytilganidek ham formallashgan va formallashtirilma- gan tillarga bo‘linadi. Formallshtirilgan siyosiy model tillari siyosiy matnni yaratishda matematik belgi va vositalardan foydalanishga asoslanadi. 3. Siyosiy prosedura tili. U ikkinchi darajali siyosiy til turkumiga kiradi va o‘lchash sanash proseduralari hamda hamda siyosiy til iboralarini o‘zgartirish qoi- dalarini, vazifalarini qo‘yish va yechish jarayonlarini tavsiflashga xizmat qiladi. 4. Aksiologik siyosiy til. U siyosiy nazariya unsur- lariga berilgan turli baholarni tavsiflash uchun imkoni- yat yaratadi, yangi siyosiy nazariya, tajriba struktur- 4 Анна У. Стилистические и лингво-прагматические харак- теристики публичной речи политических лидеров россии конца XX и начала XXI веков, diss.канд. филол. наук. – M., 2019. – С. 26. 5 Синева Г. Сиёсий дискурс (фалсафий тадқиқот). – Тoshkent: Akademiyа, 2016. – Б. 54. 60 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics asidagi jarayonlar va proseduralarni taqqoslash vosi- talarini o‘z ichiga oladi. 5. Erotetik siyosiy til. U siyosiy savollar, siyosiy masalalar, siyosiy muammolar, siyosiy vazifalar yoki topshiriqlarni ta’riflashni o‘z ichiga oladi. 6. Evristik siyosiy til. U siyosiy nazariyaning evris- tik qismini, ya’ni nomuayyanlik sharoitidagi siyosiy maqsadlarni tavsiflashni amalga oshiradi. Ya’ni siy- osiy muammoni qo‘yish aynan evristik siyosiy til yor- damida amalga oshiriladi. Xulosa sifatida shuni aytish o‘rinliki, bugungi kun tilshunosligida diskurs, uning turli sohalarda voqel- anishi borasida izlanishlari hozirda ham faol davom etmoqda. Xususan, uning siyosiy diskurs tarmog‘ini tadqiq etish, siyosiy matnlarning diskursiv holatdagi ma’no xususiyatlari ochish borasidagi ishlar ham dol- zarb hisoblanib, bir qancha tadqiqotlar uchun obyekt vazifasini bajarmoqda. Resume. In this article, when studying the term discourse in modern linguistics, great importance is attached to the expression and analysis of scientific theories. The development processes and features of political linguistics are discussed. Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling