Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

lyýet (turkm.) so‘zlari adolat, adl lug‘aviy birliklari bilan 
asosdosh bo‘lib, huquqiy terminologik ma’no anglata-
di: mamlakatdagi, jamiyatdagi qonun ustuvorligini 
ta’minlaydigan, qonunlarga rioya qilinishini nazorat 
qiladigan, qabul qilinadigan huquqiy me’yorlarning 
qonunchilikka mosligini ko‘rib chiqadigan davlat or-
gani ma’nosida qo‘llaniladi. O‘zbek tilida: Adliya va-
zirligi; qoraqalpoq tilida: Ádillik ministrligi; turkman 

Türkmen diliniň düşündirişli sözlügi. I tom. – Aşgabat: Ylym, 
2006. 305-nji s.
tilida: Harby adylyýet edarasy.
Haqiqat so‘zi arabcha haqïqat(un) (АРС, 185) 
so‘zidan olingan bo‘lib, turkiy tillar imlosida ba’zi 
fonetik o‘zgarishlar bilan olingan hamda ‘chinlik, 
rostlik, to‘g‘rilik; chin to‘g‘ri ma’no‘ (ЎТИЛ, 5-581), 
‘rost bo‘lgan voqea, to‘g‘ri, aniq, to‘g‘ri ahvol’ (ҚТТС, 
4-464), ‘to‘g‘rilik, rostlik holati’ (TDDS, 2-540) 
ma’nolarini ifodalaydi: Inson baxti mehnatda ekanli-
gi haqiqat (o‘zb.). Sózim zaya boldı talay gereńge, 
Haqıyqat dos búgin ózin bildirdi (I.Yusupov. qqalp.)
Hakykaty yaşyrmak mümkin däl (turkm.).
Turkiy tillar lisoniy manzarasida haqiqat so‘zi 
ko‘proq barcha insonlar uchun umumiy bo‘lgan fal-
safiy ma’nodagi obyekt va moddiy ashyolarga nis-
batan mavjudlik, obyektiv yaratilganlik; ijtimoiy ji-
hatdan voqea-hodisa, jarayonlarga nisbatan chinlik, 
haqiqiylik, rostlik; to‘g‘riligi qonun bilan asoslangan, 
ilmiy jihatdan isbotlangan voqealik ma’nolarni ifoda-
lash uchun qo‘llaniladi. Haqiqat so‘zi bilan sinonim 
sifatida turkiy tillarda umumturkiy asosli to‘g‘ri, xitoy-
cha chin, fors-tojikcha rost so‘zlari ham qo‘llaniladi 
va ushbu lug‘aviy birliklar assosatsialari, valentligiga, 
uslubiy xoslanish belgisiga ko‘ra bir-biridan farq qila-
di: to‘g‘ri yoki to‘g‘rilik moddiy narsalarga, vertikal va 
gorizontal yo‘nalishdagi harakatga, insonning xarak-
ter-xususiyatlariga nisbatan qo‘llaniladi. Masalan: 
to‘g‘ri tayoq, to‘g‘ri yo‘l, to‘g‘ri gap kabilar. Haqiqat, 
rost, chin lug‘aviy birliklari esa odatda voqealikka, ho-
disa va jarayonlarga nisbatan qo‘llanilib, “kishi ongida 
voqealikning, obyektiv borliqning haqqoniy to‘g‘ri aks 
etishi” (ЎТИЛ, 5-581) ma’nosini ifodalaydi.
Shuningdek, haqiqat, haq so‘zlari ko‘chma ma’no-
da diniy, jumladan, islom dini nuqtayi nazardan Al-
lohning mavjudligiga ishonish, imon ma’nolarini ham 
aks ettiradi. O‘zbek tilida biru bor, turkman tilida birib-
ar so‘zlari ushbu ma’noda umumturkiy asosda hosil 
qilingan birliklar hisoblanadi: Qayerga borsang ham, 
biru bor seni o‘z panohida asrasin (ЎТИЛ, 1-280). 
Biribar näme ajap bolsa, şony hem ýaradypdyr 
(TDDS, 1-156). Qoraqalpoq tilining izohli lug‘atida 
ushbu so‘z izohlanmagan.
Davlat so‘zi arabcha davlat(un) so‘zidan olingan
2
va o‘zbek tilida omonimlikka ega bo‘lagan lug‘aviy 
birlik hisoblanadi: davlat I – hokimiyat, davlat II – boy-
lik. Davlat so‘zi birinchi ma’noda “o‘z fuqarolarining 
ijtimoiy-siyosiy huquqlarini himoya qiluvchi, bunga 
qarshi turuvchi kuchlarning qarshiligini sindiruvchi 
hokimiyat organlari va siyosiy tashkilotlari tizimiga 
ega bo‘lgan mustaqil mamlakat
3
” ma’nosini ifodalay-

Баранов Х.К. Арабско-руский словарь. – М.: Русский 
язык, 1976. – С. 268. Бу ҳақда қаранг: Раҳматуллаев Ш. Ўз-
бек тилининг этимологик луғати. – Тошкент: Университет, 
2003. – Б. 99.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон 
миллий энциклопедияси, 2006. – Б. 538.


57
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
di: O‘zbekiston davlati, davlat mulki, mustaqil davlat 
va hokazolar. 
Qoraqalpoq tilining izohli lug‘atida дәўлет so‘zin-
ing bir ma’nosi, ya’ni “rizq, boylik, dunyo (mol), 
barakat” ma’nosida izohlangan: Еккен пахта ел 
дәўлети
1
. Ushbu so‘zning o‘zbek va turkman tillar-
idagi birinchi ma’nosi – ijtimoiy-siyosiy termin ma’nos-
ida qoraqalpoq tilida boshqa bir arabcha o‘zlashma – 
мәмлекет so‘zi ishlatiladi: мәмлекетлик уйымлар, 
мәмлекетлик басқарыў, ғәрезсиз мәмлекет va 
hokazolar.
Döwlet so‘zi turkman tilining izohli lug‘atida ham 
omonim so‘z sifatida izohlangan va o‘zbek tilidagi 
ma’nolar bilan bir xil semaga ega
2
garaşsyz döwlet, 
döwlet edaralary, döwlet harby gullygy va h. 
O‘zbek tilida davlat va mamlakat lug‘aviy birliklari 
sinonim so‘zlar sifatida bir xil ma’noda qo‘llaniladi, 
farqli ma’noga ega emas. Hozirgi turkman adabiy 
tilida memleket so‘zi faol qo‘llanilmaydi, eskirgan 
qatlamga o‘tgan va hozirda badiiy asarlarda tarixiy 
davrni ifodalash, tarixiy sharoitni tasvirlash maqsa-
didagina qo‘llaniladi.
Davlat so‘zi o‘zbek, qoraqalpoq, turkman tillarida 
ko‘chma ma’nolarni anglatib, lingvomadaniy xusu-
siyat ifodalab keladi. Bunda ikki xil ma’noni alohida 
ajratish zarur: 
1. Boylik, mol-dunyoga egalik, moddiy jihatdan 
yaxshi ta’minlanganlik ma’nolarida predmet, nar-
sa-buyumga xos so‘zlar bilan valentlik hosil qiladi. 
Masalan, o‘zbek tilida: Davlat tugar – bilim tugamas
Qoraqalpoq tilida: Бийдәўлеттиң басы сынады, 
дәўлетлиниң тасы сынады. Turkman tilida: Meniň 
malym, döwletim hem bar, emma munuň ýaly janly 
aşygym yok. 
2. Ilohiydan berilgan boylik, martaba (davlat 
qushi), obro‘, ota-ona, farzandlar kabilar: Davlating – 
ota-onangAçyldy talyg ýyldyzyň, Saňa döwlet geldi 
bolgaý (Görogly). Turkiy tillarda ushbu ma’no bilan 
bog‘liq holda ota-onasi ulug‘ yoshga yetgan va hayot 
bo‘lgan, farzandlari (ayniqsa, o‘g‘il farzandlari) ko‘p 
oilalar, obro‘yi, martabasi ulug‘, el-xalq ichida hur-
mat qozongan va hurmat qilinadigan, shuningdek, 
barakali moddiy ta’minlangan insonlarga nisbatan 
so‘zlashuv uslubida “davlatli, davlatga ega, piri ba-
davlat, badavlat” so‘zlari qo‘llaniladiki, bu so‘z ma’no-
si orqali sifatlanib kelgan ot (ko‘proq aniq bir shaxs) 
ilohiydan berilgan, toleyiga yozilgan, Alloh taqdir 
qilgan va suygan insonlar sifatida qaraladi. Shun-
ingdek, davlat el-yurt, xalq, mamlakat farovonligi, 
baxt-saodati sifatida ham ma’no ifodalaydi. Ayniqsa, 
turkiy xalqlar mumtoz adabiyoti vakillari ijodida dav-
lat so‘zining yuqordagi ma’nosi namoyon bo‘lgan mi-
sollarni ko‘plab uchratishimiz mumkin. Quyida Alisher 
Navoiy, Ajiniyoz, Maxtumquli she’rlaridan olingan na-
munalarga murojaat qilamiz:
O‘zbek tilida: Bor-u yo‘qning mehnatin chekmas 
bu davlat basdurur,
Har kishi olamda qone’ bo‘lsa yo‘q-u bor ila 
(Navoiy
3
).
Qoraqalpoq tilida: Ǵosh yigittiń dáwleti bar 
bashında,
Hám aǵası, hám inisi qashında (Ajiniyoz
4
)
Turkman tilida: Ile döwlet geler bolsa,
Başdan-burun ozan geler.
Döwlet ilden gider bolsa
Molla bilen tozan geler (Maxtumquli
5
).
Umuman, o‘zbek, qoraqalpoq, turkman tillari-
da mavhum ma’no ifodalovchi arabcha o‘zlashma 
so‘zlar bu tillar lug‘at fondidan barqaror o‘rin olgan 
lug‘aviy birliklar bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy, milliy-madaniy 
xususiyatlar bilan chambarchas holda lingvokultur-
ologik mazmun kasb etadi. Bunday xususiyatlarning 
lisoniy tabiatini o‘rganish bir tomondan xalq madani-
yatini tadqiq qilishda muhim hisoblansa, ikkinchi to-
mondan alohida olingan xalqlar va tillarining moddiy, 
ma’naviy taraqqiyoti asoslarini o‘rganishda katta 
ahamiyatga ega.
Resume: In this article, the general characteristics, integral and differential meanings of Arabic loanwords, 
which mean abstract concepts in the Uzbek, Karakalpak, and Turkmen languages, are analyzed.
Резюме: В данной статье анализируются общая характеристика, интегральное и дифференциаль-
ное значения арабских заимствований, обозначающих отвлеченные понятия в узбекском, каракалпак-
ском и туркменском языках. 
1 2 3 4 5

Қарақалпақ тилиниң түсиндирме сөзлиги. 4 томлық, II том. – Нукус: Каракалпакстан, 1984. – Б. 68.

Türkmen diliniň düşündirişli sözlügi. I tom. – Aşgabat: “Ylym”, 2006. 305-nji s.

Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Тўрт томлик. I том. – Тошкент: Фан, 1983. – Б. 436.

Əжинияз. Таңламалы шығармалар. – Нөкис: Қарақалпақстан, 1994. – Б. 33.

Magtymguly. Saýlanan eserler ýygyndysy. – Aşgabat: Türkmen döwlet neşiriýaty gullygy, 2014. 319-njy s.


58
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, та’lim. 2023; 5
ISNN: 2181-1741 (Print)
ISNN: 2181-1725 

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling