Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


MAVHUM TUSHUNCHA IFODALOVCHI ARABCHA


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

MAVHUM TUSHUNCHA IFODALOVCHI ARABCHA 
O‘ZLASHMALARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
(o‘zbek, qoraqalpoq, turkman tillari misolida)
Orazbayev Ergash Yuldashevich,
Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi
Turkiy tillarda bir qancha mavhum tushuncha if-
odalovchi so‘zlar arab tilidan o‘zlashgan lug‘aviy 
birliklar hissasiga to‘g‘ri keladi. Darhaqiqat, insonlar 
tomonidan tasavvur va tafakkur orqali idrok qilinadi-
gan, anglanadigan tushunchalar mavhum so‘zlar 
hisoblanadi hamda bunday lug‘aviy birliklarning til 
lug‘at fondidagi miqdori o‘sha tilning rivojini, taraqqi-
ysini ko‘rsatuvchi xususiyatlardan sanaladi. Ya’ni 
ma’lum bir tilga xos mavhum ma’no qatlariga yashi-
ringan inson ichki his-tuyg‘u (emotsiya)lari, hayolot 
va tasavvur olamining namoyon bo‘lish shakllari, if-
oda birliklari o‘sha tilning ma’no nozikliklarini, tush-
unchalarini, ilg‘amlarini aks ettirish barobarida o‘zida 
so‘z boyliklarini namoyon qiladi. Mavhum tushuncha 
ifodalovchi so‘zlarning ko‘pchiligi so‘z o‘zlashish-
ning dastlabki bosqichida yozma manbalar orqali 
o‘zlashib, keyingi bosqichlarda bu xalqlarning og‘zaki 
so‘zlashuv tilida ham faol qo‘llaniladigan lug‘aviy bir-
liklar sifatida keng istifoda etila boshlagan va hozirgi 
davrda ham ushbu tillarning asosiy lug‘at qatlamidan 
o‘rin olgan. Darhaqiqat, har qanday so‘z o‘zida til so-
hiblari bo‘lgan etnosning madaniy xususiyatlarini aks 
ettiradi, ya’ni “madaniy kod” sifatida katta ahamiyatga 
ega. Zotan, ma’lum bir millat lug‘aviy fondi o‘sha xalq 
vakillari bosib o‘tgan uzoq tarixga xos milliy-mental 
o‘ziga xosliklarni tashiydi, xalq turmush tarzi, o‘y-ta-
fakkuri, an’analarini namoyon qiladi. Ana shu ma’no-
da arab tilidan o‘zlashgan mavhum ma’no ifodalovchi 
so‘zlarni antroposentrik paradigma asosida, xususan, 
lingvokulturalogik aspektda o‘rganish juda muhim.
O‘zbek tili leksik qatlamida arabcha o‘zlashmalar 
asosida hosil bo‘lgan mavhum ma’noli so‘zlar qoraqa-
lpoq va turkman tillariga qaraganda miqdor jihatdan 
ko‘p. Qoraqalpoq va turkman tillarida mavhum tus-
huncha ifodalaydigan so‘zlar arabcha o‘zlashmalar 
bilan birga umumturkiy qatlam va ruscha-baynalmi-


55
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
lal o‘zlashmalar asosida yuzaga kelgan lug‘aviy bir-
liklardan iborat. Masalan, o‘zbek tilida: adolat, istiho-
la, mo‘tabar, kamolot, ma’sum, muqaddas, salobat, 
takabbur, mag‘rur, qabih, harom, halol, tabassum, 
tantana, halovat, huzur, alam, dahshat, mashaqqat, 
mojaro, hijolat, iltifot, ishtiyoq, muruvvat, muhtaram, 
shafqat, ehtirom, adovat, istehzo, riyo, tajovuz, hur-
mat, g‘ayrat, e’tibor, jasorat, muhtasar, raqam, laziz, 
muattar, muallaq, tanqis, tansiq, xolis, shaffof, qa-
noat, muammo, mubolag‘a, idrok, ikrom, iltijo, sab-
ot tabarruk va boshqalar. O‘zbek tilidagi arabcha 
o‘zlashmalarning ko‘pchiligi abstrakt ma’no ifodalov-
chi so‘zlardir. Hattoki konkret predmet va hodisalar 
nomi bo‘lgan so‘zlarda ham qandaydir mavhumlik ot-
tenkasi mavjud: g‘alayon, miqyos, mavj, sohib, ayy-
om, g‘ubor va boshqalar
1

Qoraqalpoq tilidagi arab va fors tilidan o‘zlashgan 
o‘zlashmalarni N.A.Baskakov oltita lug‘aviy-mavzu-
viy guruhga ajratgan: diniy mazmunli so‘zlar, ilm-
iy terminologiya va mavhum tushunchalar, ishlab 
chiqarish va iqtisodiy terminologiya, ijtimoiy-siyosiy 
so‘zlar, maishiy leksika, grammatik ma’no ifodalovchi 
yordamchi so‘zlar. Ushbu so‘zlar tarkibida mavhum 
tushuncha anglatadigan leksik birliklar ham an-
cha miqdorni tashkil qiladi: адил ~ әдил, азап, ар, 

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling