Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

ғайрат ~ қайрат, ғәрез, дәўлет, қумар, қыял, 
қымбат, мақсет, имкан, қанағат, пикир, сабыр, 
нийет кабилар
2

Turkman tilida ham bir qator mavhum tushun-
chalarni ifodalovchi so‘zlar arabcha o‘zlashmalar 
asosida shakllangan: sogap, däp, edep, laýyk, je-
mal, adalat, ähmiýet, hormat, külpet, sabyr, takyk, 
şert va boshqalar. Y.Chungayevning “Hozirgi zamon 
turkman tili. Leksika” darsligida arapcha o‘zlashmalar 
quyidagicha tasniflangan: 1. Islom dini bilan bog‘liq 
o‘zlashgan so‘zlar: azan, ajal, alla, din, mazar, metjit, 
sadaka, sogap, pitre, täret, şerigat, şükür, remezan, 
haç. 2. Arab yozuvining keng tarqalishi bilan bog‘liq 
holda o‘zlashgan so‘zlar: elip, elipbiy, ders, bap, 
zarp, imla, kesir, kitap, molla, medrese, mekdep, mu-
gallym, magaryf, nokat, talyp. 3. Inqilobdan oldingi 
davrdagi boshqaruv bilan bog‘liq o‘zlashgan so‘zalar: 
häkim, emir, esger, mejlis, memleket, jemhuriýet, 
halypa, kätip, kazy, hökümet, wezir, ymam, edara. 4. 
Oziq-ovqat nomlari bilan bog‘liq so‘zlar: asal, halwa, 
tagam, hamyr, gant, nabat, mürepbe, şerap, şeker. 5. 
Tabiat hodisalari bilan bog‘liq so‘zlar: howa, nur, şe-
mal. 6. Harakat-holat, hol-ahvol nomlari bilan bog‘liq 
so‘zlar: däp, edep, edebi, ajap, ajaýyp, pakyr, pukara, 
syýasy, medeni, jemel, zalym, gadym, möhüm, laýyk, 
ylmy, taryhy, wagşy. 7. Narsa otlari bilan bog‘liq 

Ўзбек тили лексикологияси. Масъул муҳаррирлар: Ҳожи-
ев А., Аҳмедов А. –Тошкент: Фан, 1981. – Б. 119.

Баскаков Н.А. Каракалпакский язык. IV лексика. – Нукус: 
Билим, 1996. – С. 57.
so‘zlar: hasa, şem, jisim. 8. Umumiy tushunchalar 
nomlari bilan bog‘liq so‘zlar: adalat, ähmiýet, emel, 
bela, hakykat, habar, haraba, hormat, pikir, delil, jeza, 
zelel, keyp, külpet, mazmun, nazar, wepa, sabyr, su-
rat, takyk, şert, ynsan
3
. Shuningdek, turkman tilining 
leksikasi bo‘yicha keyingi davrlarda yaratilgan adabi-
yotlarda arabcha o‘zlashmalarning farqli tasniflarni 
ham kuzatamiz
4
, ya’ni: 1. Din bilan bog‘liq so‘zlar: 
arypulla, arwah, inabet, müfti, zekat, kazy. 2. Mak-
tab-madrasa bilan bog‘liq so‘zlar: mektep, medrese, 
ders, depter, müderris. 3. Ilm, madaniyat bilan bog‘liq 
so‘zlar: alym, ylym, mugallym, medniýet, münejjim. 4. 
Harbiy so‘zlar: zülpükar, jöwşen, jünt. 5. Predmetlern-
ing, tabiiy hodisalalrning nomlari: arş. 6. Odam ism-
lari: Äşe, Abdylkadyr, Abdulla, Zekerýa, Zelili, Idris, 
Züleýha, Isgender. 7. Ma’danlarning nomlari: jöwher. 
8. Maishiy so‘zlar: asa, arwat, adam, akmak, aýýar, 
jeset, jümle, jüpbe, zabt, zarp, iblis, lagnat.
Turkiy tillardagi arabcha o‘zlashmalar asosi-
da hosil bo‘lgan mavhum ma’noli so‘zlar o‘ziga xos 
lingvomadaniy ma’no ifodalaydi. Ularning ba’zilarini 
tahlil qilamiz.
Adolat (odil, adl) so‘zi arabcha adalat (un) so‘zidan 
olingan va o‘zbek, qoraqalpoq va turkman tillarida 
ayni bir xil ma’noda qo‘llaniladi. O‘zbek tilining izohli 
lug‘atida “odilona ish tutish, odillik” deya izohlangan
5

Ushbu so‘z asosiga so‘zga umumturkiy va fors-tojik-
cha yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilib, adolatli, adol-
atparvar, adolatsiz, adolatsizlik kabi so‘zlar yasalgan 
hamda adolatlilik belgisiga egalik yoki ega emaslik 
ma’nolarini ifodalovchi lug‘aviy birliklar hosil qilingan
6
. 
Shuningdek, o‘zbek tilida adolat so‘zi bilan bir 
xil asosga va yaqin ma’noga ega bo‘lgan adl, odil 
lug‘aviy birliklari ham qo‘llaniladi: adl qaror, odil rah-

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling