Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


O‘zbek terminologiyasining rivojlanish davrlari


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

O‘zbek terminologiyasining rivojlanish davrlari
Oʻzbek adabiy tili leksikasi qonuniyatlari negizida 
shakllangan terminologik leksika tarixini qadimgi tur-
kiy til (V1I-X) terminologiyasi, eski turkiy til (XI-XIV) 
terminologiyasi, eski oʻzbek adabiy tili (XV-XX asr 
boshi) terminlogiyasi, shoʻrolar davri oʻzbek tili termi-
nologiyasi va istiqlol davri oʻzbek tili terminologiyasi 
tarzida davrlashtirish salkam oʻn toʻrt asrlik vaqt mo-
baynida terminlogik leksika tizimida intralingvistik va 
ekstralingvistik omillar negizida sodir boʻlgan jaray-
onlami anglab yetish imkonini beradi
1
. O‘zbek tili ter-
minologiyasi negizida o‘zbek tili iqtisodiy terminologi-
yasi ham rivojlanib bordi.
Oʻzbekiston hududida ham koʻp asrlar mobayni-
da bank-moliya munosabatlari mavjud boʻlganligi 
maʼlum. Xususan, F.M.Mullajonov tahriri ostida nashr 
qilingan – Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimi ki-
tobida – bu oʻlkada pul muomalasi vositasida tovar 
almashuv munosabatlari –Аvesto zamonidan ham 
oldinroq, yaʼni milloddan avvalgi II ming yillikdayoq 
mavjud boʻlgan
2
, deyiladi. I.Toʻxtiyev Oʻzbekistonda 
tanga pullarning zarb qilinishi xususida fikr bildira 
turib, juda qadim davrlarda dastlabki ijtimoiy mehnat 
taqsimoti yuzaga kelganda odamlar oʻrtasida oʻzlari 
ishlab chiqargan mahsulotlarni almashish natijasida 
ayrboshlash yuzaga kelgani, turli mahsulotlar tanqis 
boʻlgan joylarda ularni juda katta qiymatlardagi nar-
salar bilan almashtirganlari toʻg‘risidagi maʼlumotlarni 
keltirib oʻtadi
3
.

Dadaboyev H. O‘zbek tili terminologiyasi. – Toshkent: 
Yoshlar nashriyot uyi, 2019. – B. 6-7.

Ўзбекистон Республикаси банк тизими./ Ф.М.Муллажо-
нов таҳрири остида. – Тошкент: Ўзбекистон, 2001. – Б.6.

Maʼlumot uchun: rus olimi akademik A.E.Fersmanning 
yozishicha, Afrika qitʼasining tuz tanqis joylarida bir hovuch tuzga 
bir hovuch tilla almashtirish mumkin bo‘lgan. Arab sahrolaridagi 
ko‘chmanchilar uchun ayirboshlash vazifasini xurmo mevasi 
o‘tagan bo‘lsa, Mo‘g‘ilistonda bir taxta xitoy choyiga bitta qo‘y 
Qolaversa, moliya munosabatlari Somoniylar
Qoraxoniylar davrida ham yuqori darajada boʻlganligi 
tarixiy manbalar: Narshaxiyning “Buxoro tarixi”, Yusuf
Xos Xojibning “Qutadg‘u bilig”, Mahmud Koshg‘ari-
yning “Devoni lug‘otit turk” asarlarida ham aks etgan
4
.
I.Toʻxliyevning Аmir Temur va temuriylarning 
moliya-pul siyosati asarida hozirgi oʻzbek tilidagi 
tanga soʻzi qadimgi turkiy tildagi tamg‘a soʻzidan ke-
lib chiqqan boʻlib, qadimda hukmdor hokimlar turli 
metall, oltin, kumush yoki mis kabi turli metallarga oʻz 
tamg‘asini bosib muomalaga chiqarganlar va bu pul-
lar tamg‘a pul deb yuritilgan, keyinroq borib bu tan-
ga soʻziga aylanib qolgan. Rus tilidagi деньги soʻzi 
ham tanga soʻzidan olingan baʼzi tadqiqotchilar rus 
tilidagi копейка (tiyin) soʻzi Markaziy Osiyoda hukm-
ronlik qilgan Chig‘atoy xonlaridan Kepakxon (1318-
1326) nomi bilan bog‘liq deb tushunadilar
5
singari 
etimologik taxminlar keltiriladi.
Eng muhimi, ushbu kitobda bank-moliya tizimin-
ing shakllanishi xususida qatʼiy bir xulosani koʻram-
iz: Аgаr aksariyat iqtisodiy adabiyotlarda Yevropa-
da birinchi budjet tuzilishi Angliya va Fransiyada 
XVII asrda paydo boʻlgan deb qayd qilingan boʻlsa, 
mustaqillik davrida nashr qilingan ilmiy manbalarda 
keltirilishicha, Amir Temur oʻz davlatida undan 3 asr 
avval mamlakatni idora etishda budjetning dastlab-
yoki echki yoxud 2 ta mol terisi, yoki bitta kigiz almashtirish 
mumkin bo‘lganligini Marko Polo o‘z sayohatnomasida yozib 
qoldirgan). Muallifning keltirishicha, qadimgi turkiy tildagi 
mo‘ynasi qimmat jonzot – olmaxon ––”tiyin” deb atalgan. Uning 
terisi natural ayirboshlashda muhim rol o‘ynaganligi uchun –tiyin 
so‘zi pul qiymat birligini ko‘rsatadigan atama bo‘lib qolgan.

Ширинова Е.Т. Ўзбек тили банк-молия терминологияси: 
фил.фан.док.дисс. – Тошкент, 2020 – Б. 34.

Тўхтиев И. Амир Темур ва темурийларнинг молия-пул 
сиѐсати. – Тошкент: Ўзбекистон, 2006. – Б. 12.


67
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
ki kurtaklarini ishlab chiqdi va joriy qildi
1
va bundan 
xulosa qilishimiz mumkinki, turkiy tillar termonologi-
yasida iqtisodiy terminlar XIV asrdan buyon qo‘llanilib 
kelingan.
Qadimdi turkiy til terminologiyasi. Hozirgi qardosh 
turkiy tillar, jumladan, oʻzbek tili leksik xazinasida 
muayyan darajada qoʻllanishda davom etayotgan 
yoki bugun iste’moldan butunlay chiqib ketgan qad-
imgi turkiy tilga taalluqli leksik birliklar tarkibida termi-
nologik leksika ham sezilarli oʻrinni egallaganligi bilan 
xarakterlidir. Qadimgi turkiy til manbalarida qayd etil-
gan turfa soha terminologiyasi asosan sof turkiy tub 
va yasamalar hamda buddizm va moniyizm ta’sirida 
sug‘d, sanskrit, xitoy tillaridan kirib kelgan oʻzlash-
malardan tashkil topgan edi. Jumladan, bargu “oʻlja”, 

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling