Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
tashqi olamdagi muayyan hodisani qayta tiklashi nati-
jasida kitobxon hislarini junbishga keltirish” barobari- da muallif his qilgan tuyg‘ularni aynan “ko‘chiradi”. Deylik, Navoiyning “Yo‘lungda tufroq o‘ldim, ey sabo, yetsang g‘uborimg‘a” satridagi (manbalarda geolog bo‘lgani uchun ham mazkur satr akademik Habib Ab- dullayevga (“Yo‘lungda tufroq o‘ldim”) kuchli ta’sir qil- gani, hatto o‘zbek xalqi udumlariga xos bo‘lmasa-da, vafot etganida ushbu g‘azal bilan aytilgan mumtoz ashulani dafn marosimida ijro etilishini vasiyat qil- gani haqida ma’lumotlar keltiriladi 4 . Bu hodisa Hazrat Navoiy tuyg‘usining birgina satr vositasida Habib Ab- dullayev ko‘ngliga aynan “ko‘chishi” – badiiy telepor- tatsiyasi demakdir) qariyb olti asrlik “muzlatilgan” his- tuyg‘u ushbu satrni o‘qigan bugungi zamon she’rxoni qalbida “erishi” mumkin. Bu hodisa she’rxonning qa- lbida muqaddam “kashf etilgan” his-tuyg‘ularini jun- bishga keltirishdan tashqari, hali umrida hech qachon his qilib ko‘rmagan tuyg‘ularni ilk bor his ettirishi ham mumkin. Aynan shu holat tuyg‘uning (mas., baayni Navoiy tuyg‘usining) teleportatsiyasi. She’r o‘qilganda yoki tinglanganda his-tuyg‘uni aynan shu tarzda teleportatsiya holatiga tushiradigan ba’zi she’rlardan parchalarni misol tariqasida keltir- sak. “...Bir yulduz iltijo etdi tangriga, / Istig‘for so‘zida nur bo‘yi anqib: / – Qanday soz – yotmoqlik yerning tagida – / Yomg‘irni eshitib uxlamoq baxti! 5 . Mazkur satrlar favqulodda auditoriya tanlaydi. Uni ma’lum ma’noda tayyorgarliksiz, ruhiy-hissiy beqaror holda o‘qib bo‘lmaydi, albatta. Ammo bu satrlar orqali tele- 3 Мели Сувон. Сўзу сўз. – Тошкент: Шарқ, 2020. Б. – 220. 4 Bu haqda qarang: Боқий Н. Ҳамидов Ҳ. Мени ёд эт. – Тош- кент: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 2000. Б – 208. 5 Азим Усмон. Куз. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги ада- биёт ва санъат нашриёти, 2001. – Б. 6. 120 Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature portatsiya hodisasiga uchraydigan his-tuyg‘ular, das- tavval kishi ko‘z o‘ngida ajabtoqur “salqin tun”, “o‘z tasavvuridagi Tangri”, “qora tuproq”, “bir kun kelib o‘lishi”, “qabrda hammasidan qutulib, maroq ila rutu- bat aro yomg‘ir yog‘ishini “eshitib” yotish baxti”... kabi “kadr”larni gavdalantiradi. Bizningcha, ziyrak o‘quv- chi ushbu satrlarni anglash chog‘ida yulduzlarning bu orzusiga to‘satdan orzudosh bo‘ladi. Lirik qahramon – hijronga duchor bo‘lgan yomg‘ir tilidan satrlarga diqqat qiling. (Mahbubaga qarata): Manzilga yetasan. Nogoh eshikda / Meni soyabon- dan silkib tashlaysan. 1 – degan yozg‘irishi yoki ayni “Yomg‘ir”ning yoriga: Goho etagingga yetdim beozor, / Goho etigingga bebaxt surindim. 2 – tarzida shahi hol etishi lirik qahramon his-tuyg‘ularini teleportatsi- ya qiladi. Shoir qalbidan o‘tgan emmotsional depsin- ishlar o‘quvchi shuurida, ko‘nglida aks sado beradi. Eshikka yetib, uyga (qalbga) kiritmaslik uchun shilta soyabonni (yomg‘irning – yorning izhoridan saqlan- ish vositasini) siltab tashlash – Yomg‘irni – umuman, oshiq umrini, orzu-maqsadlarini, sevgining eng bal- and zirvasini zabt etolmay chirpanayotgan ko‘ngli- ni bartaraf etish, sevgini shavqatsizlarcha rad etish holatining go‘zal badiiy ifodasini o‘quvchi xuddi kino ko‘rganday “ko‘radi”. “Etak va etik”, “bebaxt va beo- zor” so‘zlari tashigan ma’nolar ham o‘quvchi shuurida vizuallik kasb etmay qo‘ymaydi. She’r yaxlit holda his-tuyg‘uning teleportatsion tabiatini yaqqol aks ettiradi. Hatto ba’zida bir yo bir necha satr mustaqil holatda bu funksiyani bajari- shi ham mumkin. “Kim osmonni ketdi pichoqlab? Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling