Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. – Б. 340
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. – Б. 340.
4 https://minikar.ru/uz/ezoterika/kak-nauchitsya-magii-tele- portacii-teleportaciya-eto-prosto/ 119 Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature ixi va hozirgi holatini muhokama qiladi: “Haqiqiy dunyoda teleportatsiya kvant teleportatsiyasini an- glatadi. Hozircha biz, eng ko‘p teleport qilishimiz mumkin bo‘lgan narsa qattiq narsalarga qaraganda yorug‘lik nurlari, subatomik zarralar va atomlarn- ing kvant xususiyatlari. Ammo olimlar teleportat- siya haqida gapirishmoqda, kyeyingi o‘n yil ichida molekulalardan tashqari katta jonsiz narsalar bilan ham teleportatsiya qilish istiqbollari mavjud. Va bundan tashqari...” 1 . Kontekstda ko‘rinadiki, olim “bundan tashqari” deganda jonli jismlarga sha’ma qilmoqda. Bu kabi qizg‘in bahs-munozaralar zamonaviy aniq fanlar olamida kechmoqda. Bizga uning badiiyatdagi funksiyasi muhim. Tele- portatsiya hodisasi badiiy adabiyotda sodir bo‘lad- imi? Bizningcha, bu hodisa badiiy so‘z san’ati yaralib- diki, insonning botiniy dunyosiga, his-tuyg‘ulari orqali tasavvuriga ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Biz, “she’rning kuchi” deya baho beradigan jihat aynan poeziyaning his-tuyg‘ularni teleportasiya qilish qudrati bilan cham- barchas bog‘liq. Masalan, “Chag‘alaylar” haqida o‘qilgan she’rda – “chag‘alaylarning chirqillab (aynan chirqillash tovushining eshitilishi) uchishi” va “osmon” tasvirlari; “yomg‘ir”da – rutubat, ivigan borliq, nam tuproqning hidi (aynan hidni tuyish); “sharshara”- da – purkalgan suv zarralarining yoqimli epkini (suv zarralarini badanda sezish); “kuzak”da – xazonrez, chirik yaproqlarning achimtir isi, parishon tabiat man- zaralari (kuzni his qilish), tasvirlari mukammal she’r orqali kishi tasavvurida aniq gavdalanishi, shoir his qilgan tuyg‘ular – she’rxon his-tuyg‘ulariga ko‘chishi, mazkur tuyg‘ular darajasiga ko‘ra parallellashishi lozim. Bu hodisa sodir bo‘lishi uchun shoir ham, o‘quvchi ham ma’lum ma’noda so‘zni his qiladigan darajada bo‘lishi muhim: shoir tuyg‘usini she’rga ko‘chira ol- masa, o‘quvchi she’rda aks etgan his-tuyg‘uni ilg‘ay olmasa, his-tuyg‘uning “ko‘chishi” sodir bo‘lmaydi. Anglashiladiki, mazkur jarayon auditoriya tanlaydi va hatto she’rning eng nozik va yuksak pallalarida shoir va o‘quvchi “doirasi” torayadi, favqulodda xo- slashiladi. Tom ma’noda san’at asari bo‘lgan she’rlarni o‘qi- ganda yoki tinglaganda kishi bir nafas butun borliqni unutib, ushbu she’r ta’sirida bo‘ladi. M.Gorkiy Yes- eninga bag‘ishgangan xotira ocherkida uning she’r o‘qishidan olgan taassurotini shunday ifodalagan edi: “...hayajonlanganimdan tomog‘im quruqshab, bir nar- sa xippa tiqilgandek bo‘ldi. Ho‘ngrab yig‘lagim keldi” 2 . Adabiyotshunos olim Suvon Meliga ko‘ra she’rning ta’sir kuchini uch omil hal etadi: 1 Darling David. Teleportation: The Impossible Leap. Hobo- ken, Nyu-Jersi. John Wiley & Sons, 2005. P – 15. 2 Мели Сувон. Сўзу сўз. – Тошкент: Шарқ, 2020. Б. – 220. 1) avvalo, so‘zlar tashqi olamdagi muayyan ho- disani qayta tiklashi natijasida kitobxon hislarini jun- bishga keltiradi. Bunday parchalar kontekstini tek- shirganda asosiy e’tibor obrazli so‘zlarga qaratiladi; 2) so‘zlar o‘zaro birikib, voqeiy holat yoki man- zara yaratadi, bunda asosiy vazifa poetik his tug‘dir- ish bevosita so‘zlarga emas, manzaraning yorqinligi yoxud holatning kuchiga yuklanadi. To‘g‘ri, she’rdagi manzara, holat so‘zlar vositasida bunyodga keladi, lekin bunda so‘z yordamchi funksiyani bajaradi; 3) ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlab, quloq bi- lan eshitib bo‘lmaydigan abstarkt tushunchalar va konkret predmetni emas, u haqdagi tushunchalarni anglatuvchi so‘zlarning aloqalarga kirishi natijasida poetik tuyg‘uni yuzaga keltiradi 3 . Bizningcha, mazkur uch omil his-tuyg‘ularning teleportatsiyasiga oid elementlar hisoblanib, yakdil aksioma bo‘lish uchun kamlik qiladi. Zotan, “so‘zlar Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling