Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
TURK OLIMI BAHAEDDIN O‘GEL VA UNING
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
TURK OLIMI BAHAEDDIN O‘GEL VA UNING
“TURKIY MIFOLOGIYA” ENSIKLOPEDIYASI Saydullayeva Aziza Ubaydullayevna, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti Turkiy xalqlar madaniyati tarixining bilimdoni, bu sohaning zabardast vakillaridan biri, turk tarixchi olimi, professor Bahaeddin O‘gel 1923-yil 21-aprelda Elazikda (Turkiya) tijoratchi Shamsiddin Bey oilasida dunyoga keldi. Oilaning bir qiz va ikki o‘g‘il farzandla- rining eng kattasi bo‘lgan Bahaeddin O‘gel, har doim ota-onasining erkasi bo‘lgan va ukalarining hurmati- ga sazovor bo‘lib voyaga yetgan. O‘gel o‘z suhbat- lari asnosida tarixga bo‘lgan qiziqishi bolaligida onas- ining aytib bergan hikoyalaridan boshlanganligini bir necha marotaba ta’kidlab o‘tadi. Tarixchi bo‘lishga qaror qilishiga yashayotgan shahri Harputning boy tarixi ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmagan. Ba- haeddin O‘gel dastlabgi ta’limni tug‘ilib, o‘sgan yurti- da oladi, maktabni Elazikda tamomlaydi. O‘sha pay- tlarda Elazikda litsey bo‘lmaganligi sabab tahsilini Malatyada davom ettiradi. 1941-yilda universitetning Tarix fakultetida o‘qish istagida Anqaraga yo‘l oladi. Anqara universitetining Til-tarix-geografiya fakultetini tahsilni davom ettiradi. 1948-yilda “Uyg‘ur davlatining qurilishi” mavzusidagi dissertatsiyasi bilan doktor- lik ishini himoya qiladi. 42 yillik akadimik hayotining asosiy qismini o‘zi tehsil olgan Anqara universitetida o‘tkazadi. O‘z sohasi doirasida 20 ta kitob va 120 dan ortiq maqolalar e’lon qiladi. “Buyuk Hun impera- torligi tarixi” (2-jildlik), “Turkiy madaniyatning yuksal- ish davri”, “Islomdan oldingi turkey madaniyat tarixi”, “Turkiy madaniyatga kirish tarixi” (9 jildlik), “Turkiy mi- fologiya” (2 jildlik), “Arzurum yodgorliklaridagi Oltoy turk san’atining izlari”, “Turkiylarda davlat tushuncha- si” nomli asarlari bilan turkiy xalqlar madaniyatining qorong‘ulikda berkinib yotgan jihatlarini, ularning boy o‘tmishini ilm ahliga taqdim etdi. Biz bu maqolamiz orqali uning “Turkiy mifologiya” nomli kitobini o‘zbek kitobxonlariga tanitishni maqsad qildik. Kitobning birinchi to‘liq (2 jildlik) nashri 1989-yilda Anqarada chop etilgan bo‘lib, bugungi kungacha 6 marta qayta nashr etilgan. Ikki jilddan iborat bo‘lgan mazkur asarning birinchi jildida muallifning hayo- ti va asarlari haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. Muallif asarning birinchi jildining “So‘z boshisi”da ki- tobning yozilishi, manbalar bilan ishlash, metod tan- lash, ishonchli materiallarni saralab olish bilan bog‘liq bo‘lgan ushbu fikrlarni keltiradi: “Nima mifologiya bo‘la oladi yoki bo‘la olmaydi?” Bu kitobni yozishni boshlashdan oldin, bu masalani o‘rganish va uni ke- skin shaklda aniqlashtirib olish majburiyatida edik. Shu sababli har bir bo‘limning metodlari ustida atrof- licha izlandik. O‘gel fikrlarini davom ettirar ekan, mi- 122 Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature fologiyaga ta’rif bildiradi: “Mifologiyaning ma’nosini qisqacha izohlaydigan bo‘lsak, aslida “mifologiya” so‘zi ma’lum bir qavmga oid bo‘lgan afsonalarni o‘rganuvchi sohadir. Qadimgi yunonlar buni “mif” deb ataydilar. Mifologiya atamasi mana shu so‘z aso- sida vujudga kelgan. Faqat, mifologiya bir qavmga oid birgina afsona yoki ertak bo‘lib qolmasdan, bar- cha afsona va inonch, e’tiqodlarni o‘rgangan holda, natijaga boriluvchi ilmdir” 1 . Asarning kirish qismida yozar, millatlar va dav- latlar tarixida mifologiyaning ahamiyatini ko‘rsatish barobarida, bir xalqning davlat bo‘lishi uchun albatta bir qavmdan tarqaganini islatlamog‘i kerakligini, bun- ing uchun o‘ziga tayanch nuqtasini topishi lozimligini alohida uqtiradi. Kitobning birinchi jildi o‘n uch bo‘limdan iborat bo‘lib, unda quyidagi mavzular o‘rin olgan: Buyuk Hun davlati va turkiy mifologiya, Turkiylarning bo‘ri- dan tarqalishi (kelib chiqishi), “Ergenekon” afsonasi, Uyg‘urlarning kelib chiqish afsonasi, “O‘g‘uz” dos- toni, Turkmanlarning shajarasi, “O‘g‘uz” dostonlari haqida ba’zi qaydlar, Xonnoma, Yaratilish dostonlari, “Manas” dostoni, Turkiylar va mo‘g‘ullar mifologiyasi (o‘xshash va farqli tomonlari), Turkiy mifologiyada “Kiyik”, Turkiy mifologiyada “Burgut” 2 . Muallif bu mavzular ustida ish olib borar ekan, bu- tun turkiy xalqlar inonchlarining asoslariga suyangan holda vujudga kelgan afsonalar va dostonlarni kelt- irib o‘tadi. Nafaqat bu afsonalarga ta’sir ko‘rsatgan diniy e’tiqodlar haqida, o‘z navbatida, bu afsonalarn- ing turkiy xalqlar turmush tarziga ko‘rsatgan ta’siriga ham alohida to‘xtalib o‘tadi. Mulohazalarini afsona va dostonlarning tub mohiyatidan uzoqlashmagan holda o‘z qarashlari asosida olib boradi. Zotan, uning maqsadi ham bosh g‘oyadan uzoqlashmagan holda, bu asarlarni tarkibiga keyinchalik singib o‘z ta’sirini ko‘rsatgan omillardan xalos etib, uning asos ildiziga yetib borishlik bo‘lgan 3 . Asarning ikkinchi jildi qirq bir bo‘limdan iborat bo‘lib, unda muallif turkiy mifologiyada o‘z o‘rniga ega bo‘lgan va turkiylarda muqaddas deb hisoblanu- vchi, hatto, ularning timsoliga aylangan mifologik afsonalar va dostonlar hamda bu asarlardagi muhim motivlarga o‘rin bergan. Ikkinchi jildning nashrga tayyorlanishi haqida Bahaeddin O‘gel shunday dey- di: ““Turkiy mifologiya” nomli asarimizning birinchi jil- di 1971-yilda nashr etilgan edi. Turkiy mifologiyaning motivlarini qamrab oluvchi ikkinchi jild uchun esa, matnlarning qo‘lyozmalaridan nusxalar olish va ular- 1 Ögel, Bahaeddin. Türk Mitolojisi, I.cild. TTK Basimevi. – An- kara, 2010. – S. 3. 2 Ögel, Bahaeddin. Türk Mitolojisi, I.cild. TTK Basimevi. – An- kara, 2010. – S. 19. 3 Altınok, Ayşe. Prof. Dr. Bahaeddin Ögel’in hayati ve eserleri, yüksek lisans tezi. – Erzurum, 2020. – S. 119. ni bir joyga to‘plash kerak edi. Bu ish ko‘p vaqt talab etardi. Shu sababli ham ikkinchi jildning nashr etilishi biroz kechikdi. Kitobimizning birinchi jildida eng qad- imgi turkiy afsonalar va dostonlarning matn holatida- gi tarjimasi shakllantirilib, ularning qiyosiga katta o‘rin berilgan edi. Ikkinchi jildimizda esa, o‘sha mavzular- ga yanada batafsil to‘xtaldik” 4 . Asarning ikkinchi jildidan o‘rin olgan mavzular: Turk an’analari va dostonlarida “O‘g‘uz” obrazi, To‘pqopi saroyidagi “O‘g‘uz” dostonining parcha- si, “Alp Er To‘ng‘a” afsonasi, Tepako‘z haqida, Ten- tak Dumrul haqida, Turkiy mifologiyada “Kelo‘g‘lon”, Turkiylarda Xizr obrazi, Kiyik va turkiylar, Bo‘ri va turkiylar, Lochin va burgut, Qiyofa o‘zgartirish, Ko‘k (osmon) va turkiylar, Osmonning tirgagi, Qutb yul- duzi, Quyosh, Oy, Yulduzlar, Somonyo‘li, Sarob va turkiylar, Kamalak, Dunyo, Dunyoning shakli, Dun- yoning markazi, Yer va yer osti, Tabiat hodisalari va turkiylar, Chaqmoq, Shamol va turkiylar, Suv va suvlar, Qutlug‘ va muqaddas buloqlar va chashma- lar, Buyuk turk xalqlarining ulug‘ irmoqlari, Dunyoning ulug‘ (qadimiy) irmog‘i, Turkiy mifologiyada dengiz va ummon, Ko‘llar va qamish(zor)lar, Tog‘lar, Turkiy mifologiyada daraxt, Turkiy mifologiyada olov, Turkiy mifologiya va dostonlarda ayrim jonzotlar, Turkiy mi- fologiya va dostonlarda qushlar, Turkiy mifologiyada devlar va ajdarlar, Tush va turkiy mifologiya, Turkiy mifologiyada bazi motivlar. Asarning har ikki jildidan o‘rin olgan mavzular tarkibini quyidagi guruhlashtirilgan shaklda tasnif qilib o‘rganishni joiz topdik: Yaratilish dostonlari (Olamning yaratilishi) Osmon jismlari bilan bog‘liq bo‘lgan mavzular Yer va yerosti bilan bog‘liq bo‘lgan mavzular Suv bilan bog‘liq bo‘lgan mavzular Daraxt, tog‘, olov va tabiat hodisalari bilan bog‘liq bo‘lgan mavzular Tarix, davlat, turli xalq dostonlari va kelib chiqish afsonalari bilan bog‘liq bo‘lgan mavzular Turkiy mifologiyada uchraydigan obrazlar va ba’zi motivlar bilan bog‘liq bo‘lgan mavzular Hayvonlar bilan bog‘liq bo‘lgan mavzular Qushlar bilan bog‘liq bo‘lgan mavzular. Tarixchi olimning ushbu asari Yashar Kalafat, Ravshan Alizoda, Erhan Chavdaro‘g‘li, Aysha Altinok va boshqa izlanuvchilar tomonidan tadqiq etilgan va bu asar haqida qator maqolalar e’lon qilingan. Jum- ladan, Erhan Chavdaro‘g‘li, “Turkiy mifologiya (I, II-jild)” maqolasida bu asarning har ikki jildi haqida so‘z yuritar ekan, har ikkala jildda ham afsona va dostonlarning matni berilganidan so‘ng, Bahaeddin O‘gel ularni mavhumlik keltirib chiqaradigan biror bir 4 Ögel, Bahaeddin. Türk Mitolojisi. II.cild, TTK Basimevi. – An- kara, 1995. – S. 4. 123 Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature nuqta qoldirmasdan atroflicha tahlil etganligini ta’kid- laydi. Mifologema kosmogonik miflar tarkibidagi o‘zak syujetlar hisoblanib, u jahon kosmologiyasida keng tarqalgan hodisadir. Olamning Yaratilishi parametrlari va insonning paydo bo‘lishi haqidagi ibtidoiy tasav- vurlar inson va tabiat bog‘liqligi muammosiga borib taqaladi va bunday miflarning yaratilishida asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Hayvonot va tabiatga oid ilk arxaik miflarda ham shu jarayon kuzatiladi. Vaqtlar o‘tib, kishilik jamiyati madaniylasha boshlagandan keyin, mifopoetik va kosmogonik tushunchalar yana- da aniqlashib, mukammallashdi. Bu paytda tadrijiy ravishda dunyoning qurilish modeli haqida yangi obrazlar paydo bo‘ldi. Bunday qarashlar turli ko‘rin- ishdagi miflarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Shu tariqa dunyoning yaratilishi haqida turli tasavvurlar paydo bo‘la boshladi 1 . Bu o‘rinda olamni turli xil kosmik vertikal-gorizon- tal qavatlarga bo‘lib tasavvur qilish mifologemasi bir- lamchi ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, olam haqidagi tasavvurning shakllanishida har bir narsa dunyo markazi yoki olam o‘qiga (kindigiga - Axis Mundi) bog‘liq edi, degan mifologemalar ham mav- jud. Biz tadqiq etayotgan “Turkiy mifologiya” ensiklo- pediyasida “olamning yaratilishi” mifologemasining turkiy xalqlar inonchlari qamrovi doirasigi ma’lumot- lar keltirilgan bo‘lib, ular “Uygurların türeyiş efsanesı”, “Yaratılış destanları” bo‘limlaridagi dostonlar, afson- alar tarkibining asosini tashkil etadi. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, Bahaeddin O‘gel qalbidagi turkiylarga va ularning shonli o‘tmishi- ga bo‘lgan muhabbati tufayli bu yo‘llarda shahdam odimlar ila ildamladi. U turk qavmlarining o‘ziga xos bo‘lgan madaniyatini betakror asarlari orqali ilm ah- liga tanitdi. Uning tukiy xalqlar madaniyatining turli jabhalarini mifologik qatlamlari orqali ko‘rsatib be- ruvchi ikki jildlik “Turkiy mifologiya” ensiklopodiya- si esa, shu sohaga oid asarlar orasida o‘z o‘rni va qadriga ega asarlardandir. Asarda, asosan, Oltoy turklari, Yoqut turklari, Sibir turklari, Anadolu turklari, uyg‘urlar, qirg‘izlar va boshqa bir necha turkiy xalqlar mifologiyasi, turmush tarzi va madaniyati haqida alo- hida katta bo‘limlarda yoki bo‘limlar ichida qimmatli ma’lumotlar keltiriladi. Turkiylarning tarixini, madani- yatini, mifologiyasiyasini, etnografiyasini o‘rgangan boshqa olimlarning asarlaridan eng saralarini va is- honchlarini tanlab olib tahlilga tortadi, qiyoslaydi va bu boradagi o‘z qarashlari bilan ularning mulohazala- rini to‘ldiradi, kezi kelganda tanqid qiladi va ma’lum mulohazalarni rad etib turkiylarning bir vakili sifatida umumiy tariximizni, hayot tarzimizni, ota-bobolarim- iz dunyoqarashini yuzaga chiqarib, ularni turkiylarga xos bo‘lmagan yot unsurlardan himoya qiladi, olis o‘tmish zulmatlarida qolib ketayotgan madaniyat- imizni yorug‘likka olib chiqishga intiladi. Resume. The purpose of this article is to highlight the life and scientific activities of the Turkish historian, Professor Bahaeddin Ogel, his contribution to the study of the history of Turkic culture, the two-volume encyclopedic work “Turkish Mythology”, mythological layers, their historical roots and the role and significance of the author’s observations in science. The article uses two volumes of B. Ogel’s book “Turkish Mythology”, N.Jorakoziev’s Ph.D. thesis on the topic “Cosmogonic mythology in ancient Turkic written monuments”and a number of articles by Turkish scientists Yashar Kalafat, Ayse Altynok, Chavdavoglu Erhan. The study was conducted on the basis of historical-comparative, biographical and classification methods. Резюме. Целью данной статьи является жизнь, научная деятельность, вклад в изучение истории культуры тюрков, жизни турецкого историка, профессора Бахаеддина Огеля. Мифологических пластов легенд и эпосов на различные темы, содержащихся в двухтомный энциклопедический труд “Тюркская мифология” состоит в том, чтобы представить сведения об их исторических корнях и роли и значении высказанных автором на их основе соображений в науке. В статье использованы два тома книги Б.О- геля “Тюркская мифология”, кандидатская диссертация Н.Джуракузиева на тему “Космогоническая ми- фология в древнетюркских письменных памятниках” и ряд статей турецких ученых Яшара Калафата, Айше Алтынок, Чавдавоглу Эрхан. Исследование проводилось на основе историко-сравнительного, биографического и классификационного методов. 1 1 Жўрақўзиев, Н., Қадимги туркий ёзма ёдгорликларда космогоник мифология: Фалсафа доктори дисс. – Тошкент, 2018. – Б. 86-87. 124 Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, та’lim. 2023; 5 ISNN: 2181-1741 (Print) ISNN: 2181-1725 Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling