Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
Ha, birodar, o‘z-o‘zingni
Maqtashdan avval, Hisobga ol saviyangni, Ongingni tugal. She’r misralarining boshlanishidayoq shoir o‘qu- vchisini istehzoli fikrlar g‘alayoniga tortadi. Buni esa hech ikkilanmay, ochiqchasiga ifodalaydi. Ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri “maqtanchoqlikning yomon odatligi va ayniqsa unga loyiq bo‘lmay turib, yana o‘zi to- monidan maqtanishni tanqid ostiga oladi”. Mahallada yashar edi Bir musofir zot, Ilm bilan mehnat edi Uning chun hayot. Atay kelib biror kimsa Olmasdi xabar, Olim g‘oyat xoksor edi, G‘oyatda kamtar. Bir kun yuksak mukofotni Berdilar unga, Biroq hech kim zarra parvo Qilmadi bunga, Shu o‘rinda ijodkor kinoya bilan jamiyatda ilmli, ziyoli, maqtashga arziguli insonlarning qadrsizligiga ishora qilib o‘tadi. Va inchinun mahallada Yashardi bir boy, U ham bir kun ola qoldi Siylov, hoynahoy. Qutlagani kelishdilar Jami boyonlar, Dimog‘lari ko‘kka yetgan Kibor insonlar. Bayram qildi yarim Shahar. Ammo jamiyatimiz a’zolari orasidagi shu obro‘-e’ti- borga haqiqatan munosib bo‘lmagan va faqat boylik, mol-mulki orqaligina nimadir natijalarga erishib va kamiga ularning xalqimz orasidagi “laganbardor”, “manfaatparast”, “ikkiyuzlamachi”lik kabi illatlarga ega kimsalar tomonidan ko‘klarga ko‘tarib yurilishi hodisasi kinoya orqali qattiq tanqid orqali zaxarxanda qilinadi. Balandi, pasti, Lekin olim qayda qoldi? Hech kim bilmasdi. Ha, birodar, o‘z-o‘zingni Maqtashdan avval, Hisobga ol saviyangni, Ongingni tugal. Insoniyat yashar ekan turli zamonlarni, dovonlar- ni oshib o‘tadi. Shu davrlar orasida qachondir ilmlilar qadr topgan bo‘lsa, qachondir ular boylik, mansab kabikar soyasida eziladi. Mazkur satrlar orqali ham Abdulla Oripov aynan shu jihatlarga urg‘u berish orqali xalqni ilmning, ilmlining qadriga yetishga da’vat qiladi. Istehzo usuli orqali tashkil topgan yoki maz- muni, asosiy g‘oyasi kinoya orqlali ifolangan yana bir she’r bu “Shokolad” dir. 1 Cho‘ntagimga solib oldim to‘rtta shokalad, Va o‘zimcha bitta shartni ayladim tayin: Kimki meni aldamasa, siylayman albat, Shokoladni shu odamga sovg‘a etayin. Kun bo‘yi biror g‘olib chiqmadi, ajab, Boz ustiga bilmas edi hech kim shartlarni. Uyga qaytdim, bolalarni bayram deb aldab, 1 Abdulla Oripov eng sara she’rlar to‘plami-bilimlar.uz 129 Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature Bo‘lib berdim cho‘ntakdagi shokoladlarni. She’rdan ko‘rinadiki, ijodkor kimda-kim uni kun davomida unga rost gapirsa, uni aldamasa, o‘sha odamni shokolad bilan siylashni maqsad qiladi. Ammo ming afsuski, butun kun bo‘yi ham shoko- ladlarning birortasining ham egasi topilmaydi. Keyin qahramonimiz uyga borib bolalarini bayram deb al- dab, o‘sha shokoladlarni farzandlariga beradi va bu orqali shoir yolg‘onchilik illatining davom etayotgani haqida achchiq istehzoga urg‘u berib o‘tadi. Bu mis- ralar orqali shoir A.Oripov odamlar orasida yolg‘on- chilik, soxtakorlik, ikkiyuzlamachilik kabi illatlarning avj olgani va buning natijasida hattoki ota ham o‘z farzandlariga yolg‘on gapirishga majbur bo‘layotgani hamda bu holatning salbiy oqibatlaridan o‘z o‘qu- vchisini ogohlantirishga urinadi. Umuman olganda shoir Abdulla Oripovning ijodida istehzo va kinoya usulida tashbehlangan she’rlar salmoqli o‘rinni egal- laydi. Yuqoridagilardan tashqari “Hangoma”, “Avlod- lar”, “Qult-qult” kabi she’rlarda ham kinoya va istehzo katta ahamiyat kasb etgan bo‘lib, ijodkorning fikrlari- ni, qarashlarini o‘z tinglovchisiga tushuntirishda juda qimmatli ahmiyat kasb etadi. Uzoq asrlik tarixga ega bo‘lgan mumtoz adabiyotimizda badiiyat masalasi hamisha she’r ahlining diqqat markazida bo‘lib kel- gan. U yoki bu ijodkor salohiyati haqida so‘z bor- ganda uning nimalarni tasvirlagani bilan bir qatorda, qanday tasvirlaganiga, asosan, e’tibor qaratilgan. Jumladan, adabiy asarlarda she’riy san’atlardan foy- dalanish mahorati hamma asrlarda badiiy san’atkorli- kning asosiy qirralaridan biri sifatida baholangan. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Abdulla Oripov uchlik, to‘rtlik, oltilik, sakkizlik, g‘azal, muxammas kabi turli she’riy shakllarni mahorat bilan yaratgan. Shoir qanday she’riy shaklda yozmasin, o‘zbek milliy ruhini ulug‘lagan. Shoir asarlari sof milliy ruhning o‘zi- ga xos badiiy ifodasi, chuqur hayot falsafasi jihatidan nafaqat o‘zbek she’riyatida, balki jahon she’riyatida ham noyob ijod namunasidir. Shoir qanday she’riy shaklda bo‘lmasin, go‘zal san’atdan chuqur mam- nuniyat izhor yetadi. Adibning she’rlari she’riyat ix- losmandlarining badiiy-estetik didini rivojlantirish, ularni yuksak adabiy idrok yetib tarbiyalashga xizmat qiladi. O‘zbeklarning asl xarakteri va turmush tarziga xos dunyoda baxtli chehra bilan yashash: odamlar- ga hurmat ko‘rsatmaslik; jamiyatda hurmatga sazov- or bo‘lish; Men mehrli so‘zlarni yeslay olmayman; Abdulla Oripov ijodida yaxshi nom qoldirish, xizmat qilish kabi besh muhim xususiyat badiiy idrok yetil- gan. Yuksak san’at namunasiga aylangan zamonaviy o‘zbek she’riyati o‘z xalqi, ruhi fazilatlarini teran qa- drlashi bilan taraqqiyot omiliga aylandi. Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling