Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- OBRAZ, OBRAZLILIK, BADIIY OBRAZ (“HUJUM” DRAMASIDAGI OBRAZLAR TAHLILI MISOLIDA) Yorbulova Dildora Shokir qizi
Resume: In this article, the method of irony and the role of irony in the poems of Abdulla Oripov, its
importance in our poetry were studied. Резюме: в данной статье изучены метод иронии и роль иронии в стихах Абдуллы Орипова, ее зна- чение в нашей поэзии. 130 Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, та’lim. 2023; 5 ISNN: 2181-1741 (Print) ISNN: 2181-1725 OBRAZ, OBRAZLILIK, BADIIY OBRAZ (“HUJUM” DRAMASIDAGI OBRAZLAR TAHLILI MISOLIDA) Yorbulova Dildora Shokir qizi, Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi San’at va madaniyat azaldan bir-biriga yaqin so- halar hisoblanadi. Ular hayotni emotsional bo‘yoqqa bo‘yab, turli yo‘nalishda bo‘yab turli tasviriy yo‘nal- ishda ifodalab, hayotning haqiqiy go‘zallikka ega ekanligini tasvirlaydi. Obyekt ularning subyekti hi- soblanadi. Dastlabki obraz tushunchasi poeziyada vujudga kelgan. Poeziya bu san’at hisoblanib, obraz ifodalash uning uslubini, negizini tashkil etadi. Bu esa yunon faylasufi Aristotel tomonidan ishlatilgan. Uning “Poeziya san’ati haqida” asari obraz tushunchasini ifodalab, bu tushuncha “mimemis” so‘zi bilan ifoda- langan. “Mimemis” atamasi taqlid ma’nosini anglata- di. Olim bu tushunchani butun borliq yashab turgan hayotimizga taqlid deb biladi. Haqiqatan ham, taqlid ham bir ajoyib san’at. Obrazning tub negizida taqlid yotishi ham bejiz emas. Professor L.I.Timofevning ta’rificha, “…obraz – to‘qima yordami bilan yaratilgan va estetik qiymat kasb etgan inson hayotining umumlashma va ayni chog‘da konkret manzarasidir” 1 . Professorning fikridan anglashiladiki, obraz – to‘qima yaratilgan, ammo hayotning va uning hayotiy manzaralarining aksi. Uni ifoda etish, hayotni umum- lashma fon sifatida chizish obraz bilan amalga os- hiriladi. Mariya Klimuk esa obrazga quyidagicha ta’rif beradi: “Образ – основное понятые науки образности”. Ya’ni obraz bu tasvir fanining asosiy tushunchasidir,deb aytadi. Obrazning xususiyatini tasvirlash aynan ma’lum jismni, shaxsni, voqeani ma’lum obyekt yoki subyektga o‘xshatib tasvirlash. Obraz haqida fikrlarni umumlashtirar ekan- miz, obraz bu san’atning bir qismi, aspekti bo‘lib u muayyan tasvirni ifodalab uni badiiylashtirish, emot- siyalashtirish, shuningdek, ma’lum hissiy tuyg‘uni ifodalagan badiiy umumlashma sanaladi. Obrazlarn- ing rang-barangligi estetik boyligi, ko‘p qirraliligi – hayotning murakkabligi taqozosidir. Obrazlarning rang-barangligi – konkret tarixiy vaziyatdagi inson harakatlarini haqqoniy tasvirlash natijasi. Bu tipik 1 Тимофеев Л.И. Основы теори литературы. – М.: Просве- щение, 1971 – С. 62-63. sharoitni qahramonning bevosita intellektual olam xatti-harakatlari, qiliq, odatlari, muomala-munosa- batlari orqali badiiy ifodalash demakdir 2 . Yozuvchi obrazni ifodalar ekan, uni barcha qirralarini bo‘rttitib, uni qaytadan kashf etadi. Uning realligi va idealligi haqqoniy xarakteri biln izohlanadi. Rus olimi Xolizev o‘zining “Теория литературы” kitobida obraz va obrazlilik haqida quyidagicha fikr bildiradi: “Обращаясь к способам (средствам) с помощью которых литература и другие виды искусства, обладающие изобразительностью, осуществляющие свою миссию, философы и ученые издавна пользуются термином “образ” (др.-гр эйдос, вид)…” 3 . Ya’ni: “Adabiyot va san’at- ning boshqa turlrining obrazlilik bilan o‘z missiyasini amalga oshirish yo‘llari (vositalari) ga ishora qilib fay- lasuf va olimlar azaldan “obraz” (qadimgi yunoncha eidos ko‘rinish) atamasini qo‘llashgan”. Obraz haqida to‘laligicha so‘z yuritdik. Rus olim- lari fikrlarini tahlil qildik. Obrazlilik nima? Obrazni tasvir deb umumlashtiradigan bo‘lsak, obrazlilik bu tasviriylikdir, tasviriy san’atdan u xoh san’at sohasida bo‘lsin, xoh adabiyot sohasida. Obrazlilik bu san’at- ning asosiy xususiyati, hayotni o‘zlashtirishning o‘zi- ga xos shakli va usuli. Uning “tili” va shu bilan birga hayot hodisalari ustidan chiqargan “hukmi”. Obrazlilik – adabiy ijodning mohiyatini, umumiy xususiyatlarini adabiy qahramon, badiiy til tabiat, buyumlar, jismlar, narsalar, hayvonot dunyosi tasviri va hokazolarni o‘z ichiga qamrab oladi 4 . Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqadigan kichik xu- losa shundaki, obrazlilik bu umumlashgan va obra- zlashtirilgan badiiylikdir. Obrazlilik o‘z ichiga obraz yaratgan individ, obraz ishtirok etgan voqelikni va narsa-hodisalarni oladi. Bu tushuncha hayot va ad- abiyotni jamlab, ularni qiyoslab bo‘yoqqa soladi. Obraz bu obrazlilikning tayanch leksemasi hisobla- 2 Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – Toshkent: O‘zbeki- ston, 2002. – 45 b. 3 Хализев В.И. Теория литературы. – Москва: Высшая школа, 1999. – С. 38. 4 Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – Toshkent: O‘zbeki- ston, 2002. – 45 b. 131 Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature nadi. Aynan obrazni adabiyotda qo‘llasak, badiiy obraz tushunchasi shakllanadi. Badiiy obraz tushun- chasi nima? Bu tushuncha qay shaklda qo‘llanadi? F.M.Golovichenkoning fikricha, “…badiiy obraz – bu inson va inson hayotining konkret va ayni chog‘da, umumlashma manzarasidir” 1 . Bu ta’rifdan anglash- iladiki, inson bu shaxs, ma’lum asardagi qahramon, individ bo‘lsa, badiiy adabiyotda xuddi shu obraz ha- yotini va uning to‘liq kartinalarini tasvirlash demakdir. Badiiy obraz adabiyotimizning estetik qiymatini tash- kil etadi. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbek- cha izohli lug‘atida esa, unga quyidagicha izoh ayti- ladi: “Badiiy obraz tushunchasi tarixiy o‘zgaruvchan tushunchadir. Turli adabiy oqim va yo‘nalishlar ham- da ijodiy metodlardagi obrazlar o‘rtasida tafovutlar mavjud. Buning sababi, birinchidan, tasvir obyekti bo‘lgan inson tabiati, uningongi, ruhiy olami va un- ing ko‘rinishlaridagi o‘zgarishlar, siljishlarning natija- si bo‘lsa, insonni tasvirlovchi san’at va adabiyotdagi imkoniyat va vositalarning tobora mukammallashib borishidir” 2 . Demak quyida keltirilgan ikki sabab tu- fayli ham badiiy obraz qadimda shakllanib hozirga qadar o‘z shakl-shamoyilini biroz o‘zgartirgan hol- da qo‘llanilmoqda. Badiiy obraz asarni harakatga keltiradi. Muallif badiiy obraz yaratar ekan, o‘zining estetik qarashlarining tasvirini chizadi. Bu tasvirn- ing ideal bo‘lishi ijodkorning yagona o‘ziga bog‘liq. Yozuvchi obraz kashf etishda avvalo yashab turgan davriga, vaqtiga va obrazga asos bo‘luvchi insonlar- ga ularning fazilatlariga qarab obrazini shakllantiradi. Adabiyotimizni davrlashtirayotgan paytda eng og‘ir davr deya ta’rif olgan jadidlarning ijod paytidir. Ular yashab o‘tgan va ijod qilgan davr oralig‘i jamiyatdagi qusurlarni ochish, shuningdek, xalqni zabun holat- dan deb chiqish edi. Xuddi shunday davrda adabi- yot sahniga Zebi, Kumush, Ra’no kabi ayol obrazlar, Otabek, Anvar, Miryoqub kabi obrazlar paydo bo‘ldi. Aynan shu obrazlar jamiyatning ahvoli haqida so‘z yuritish maqsadida yuzaga keldi. Bir turkumdagi obrazlar ayollar erki haqida so‘zlashsa, ikkinchi gu- ruh haqiqiy elparvar, mard yigitlar haqida so‘zlaydi. Aynan shu davr mohiyatini o‘zining nazmiy va nasriy asarlari bilan ochib bergan xalqchil shoir Ab- dulhamid Sulaymon o‘gli Cho‘lpondir. Cho‘lpon yarat- gan ko‘plab obrazlar millatning ahvolini ifodalab, ayollarning mustaqil bo‘lishini kuylaydi. Uning “Kecha va Kunduz”, “Novvoy qiz”, “Qor qo‘ynida lola”, “Ka- mon” hikoyalari va “Yorqinoy”, “Hujum” dramalariay- ollarning haq-huquqi, ularning ozodligi haqida qizg‘in 1 Головенченко Ф.М. Ведение в литературоведению. – М.: Высшая школа, 1964. – С. 20. 2 Hotamov N., Sarimsoqov B. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha izohli lug’ati. – Toshkent: O‘qituvchi, 1979. – 208 b. va shiddatli fikr yuritadi. Cho‘lponning “Hujum” dra- masi tahliliga to‘xtalamiz: Dramada yuqorida aytib o‘tilganidek, ayol kartina- si hurfikrlik bilan to‘qnashadi. Jamiyatdagi qusurlar ayollar va ularning erkini zanjirband qilishi tasvirlan- gan “zamonning zo‘rlari” bo‘lmish domla eshon mul- la kabi din peshvolarining o‘zining chirkin ishlarini bajarishda pokiza bo‘lgan dinni niqob qilishi asarda ko‘rsatib o‘tiladi. Yozuvchining jahlini qitiqlagan ho- lat shuki, xalq ichida yashagan kimningdir onasi, kimningdir opasi-yu singlisi yoki qizi, rafiqasi bo‘lgan ayollar taqdiriga jamiyat beparvo edi. Bu yozuvchi nazdida eng katta fojea edi. Asarda 15 dan ortiq bosh va epizodik obrazlar mavjud. Asar ruhi obrazlar tasvi- ri bilan birga, uning aytgan nutqiga qo‘shimcha tasvir yuki sifatida she’riy nutq qo‘shilmoqda. Bu esa nutqiy holatni ixcham, sodda, tushunarli qiladi. Shuningdek asarda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq ustalik ham bor: “Oyjamol. Salomat bo‘lsinlar, biz u kishiga nima xizmat ma’qul bo‘lib edikki, bizga bunday marhamat qilibdilar? Tabib (Ahmadjonga).Choraki, sizda qush bor, biz- da ovchi. Sizda elchixon bor, bizda – xaridor. Tursun. Bularda bo‘ri bor, bizda – qo‘zichoq”. 3 Asarda bu kabi dialogik qochirimlar va kinoyalar ko‘plab uchraydi. Bu esa qahramonlarning xuxusiyat- idan darak beradi. Aslida obrazlar 2 xil bo‘ladi, ya’ni: bosh obrazlar va epizodik obrazlar. Asardagi bosh obrazlar asarning boshida qatnashgan, voqea va hodisalar aynan shu obrazlar tevaragida aylanadi. Syujet obrazlar ustida qurilgan bo‘ladi. Demak, drama Guljamolning hayot taqdirini aks ettirgan holatda uni bir eshonga juvon- marg bo‘lishiga oz qolishi bunga uni ochiqdan-ochiq tomoshabin sifatida otaning xudbinligi ifodalangan. Obrazlarni tahlil qilganda kategoriyalanish salbiy va ijobiy tarzda ham ifodalanadi. Shaxslarning asarda namoyon etilgan xususiyatlari va fazilatlariga qarab belgilanadi. Dramadagi salbiy obrazlar: Eshon, ijo- biy obrazlar esa: Tursun, Guljamol, Oyjamol kabilar. Ayrim badiiy asarlada neytral obrazlar ham uchray- di. Ya’ni salbiy va ijobiy obrazlar. Bu obrazlar asosan davr, muhitga qarab moslashuvchan obrazlar sanala- di. Bunday obrazlarda klassifikaysiya jarayoni yuz beradi. Asar boshlanishida salbiy ruhga ega bo‘lib, voqealar rivoji ketgan sayin yaxshilanib ijobiy tarafga o‘zgara boshlaydi. Asar yakunida esa bu obraz to‘la- to‘kis ijobiy obrazlar qatoriga kiradi. Dramada bu kabi neytral obraz uchramaydi. Asli- da asar mazmuni va uning ohangdorligini oshiib ber- ish uchun asarga jamoaviy epizodik obrazlar qo‘shil- gan. Bu obbrazlar bolalar obrazidir. Bu obrazlar sod- 3 Cho‘lpon Abdulhamid. Asarlar. 4 jildlik.A.Cho‘lpon. – Tosh- kent: Akademnashr, 2016. – 544 b. 132 Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature dalik, oqko‘ngililik va yoshlik timsolini gavdalantirgan. Ularning she’riy nutqi asarning jozibasini oshirgan.. Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling