Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
MILLIY MAKTABLARDA QARDOSH XALQLAR
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Medenova Aydana Kanatbek qizi
MILLIY MAKTABLARDA QARDOSH XALQLAR
ADABIYOTINI QIYOSIY O‘RGANISH Abduvalitov Ergash Buranevich, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qozoq tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor Medenova Aydana Kanatbek qizi, Qozoq tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabasi Qardosh xalqlar adabiyoti misolida adabiy aloqa- lar, milliy adabiyotlarning o‘zaro hamkorligi va bir-bir- ini boyitishini o‘rganish umumiy o‘rta adabiy taʼlim tizimida ko‘p qirrali va murakkab jarayon hisoblanadi. Milliy adabiyotlar o‘rtasida tarixan shakllangan alo- qalar, turli xalqlar og‘zaki poetik ijodi anʼanalarining o‘zaro taʼsiri, tipologik yaqinlik kabi adabiy hodisalar adabiyotshunoslikda atroflicha o‘rganiladi. U maktab adabiy kursi doirasidan ham chetda qolmasligi lozim. Аdabiyotlarning o‘zaro aloqalariga doir konkret olim- lar tahlilida o‘quvchilarga qardosh xalqlar adabiyot- lari yaqinlashuvi, ularning milliy o‘ziga xosligi inkor etilmasligi, balki ularning boyib borishi va ravnaqiga xizmat qilishini o‘quvchilarga hayotiy misollar vosi- tasida ishonarli tarzda ko‘rsatib berish kerak. Milliy maktab o‘quvchilari adabiy aloqalarni qardosh xalqlar adabiyoti namunalarini o‘rganish davomida o‘zlashti- radi. Bir-biriga yaqin adabiyot namunalarini o‘rganish o‘quvchilar madaniy saviyasi yuksalishi, g‘oyaviy es- tetik va mustaqil fikrlash doirasi kengayishi, milliy va qardosh xalqlar adabiyotlarini idrok etishga keng im- koniyatlar yaratadi. Qardosh xalqlar adabiyotini o‘rganish badiiy asarlarni obrazli hissiy idrok qilish, maʼnaviy-este- tik anʼanalardagi ta fovutlar bilan bog‘liq psixologik to‘siqni bartaraf etish bilan ham bog‘liq. Kundalik amaliyotda adabiyot o‘qituvchilari ayrim asarlarga baho berishda o‘quvchilarning tah- lil qilinayotgan asar syujetini notug‘ri idrok etishi, subʼektiv va chalkash fikrlar yuritishiga tez-tez duch keladi. Аyrim hollarda xatolar ikkita milliy adabiyot- da personajlarni tavsiflashning anʼanaviy usullari mos kelmasligi bilan bog‘liq bo‘lsa, maʼnaviy-axloqiy tasavvurlardagi milliy tafovutlar adabiy qahramonlar xarakteri yoki butunicha asar syujetini noto‘g‘ri baho- lashga olib keladi. O‘zga millatning so‘z saʼnati hodisalarini to‘g‘ri idrok qilishga o‘rgatish uchun o‘quvchilarning milliy adabiyotdagi o‘ziga xosliklarni o‘zlashtirishlariga er- ishish, ularning estetik tasavvuri va badiiy didini shak- llantiradigan barcha omillarni hisobga olish zarur. Qardosh xalqlar adabiyotini idrok etish uchun zarur bo‘lgan adabiy-estetik malakalarni tarbiyalash va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning amaliy vositasi bo‘lgan adabiy tahlilga qardosh xalqlar ad- abiyotlarining o‘zaro aloqalariga oid omillarni jalb qil- ish, milliy adabiyotlarning mushtarak jihatlarini qiyo- slash ijobiy samara beradi. Milliy adabiyotni o‘rganish davomida mavjud bilim va malakalarga tayanish – “milliy subyektizmni” bar- taraf etish vazifasining bir qismi qardosh xalqlar ad- abiyoti asarlari syujetini chuqur, estetik to‘laqonli idrok etish yanada keng asosga – kitobxonlik madaniyati; til sezgisi, o‘quvchilarda milliy madaniyat bazasi- da shakllantiriladigan estetik ko‘nikmalarning butun kompleksini nazarda tutadi. Bu vazifalarni amaliy hal etish adabiyot o‘qitishda hayot va kurash yo‘li puxta o‘ylangan metodik tizimni talab qiladi. O‘quvchilarda qardosh xalqlarning tarixiy taqdiri va g‘oyaviy intilish- lari umumiyligi haqidagi tasavvurlarni quyi sinflardan shakllantirib borish lozim. Shundagina keyingi sin- flarda o‘quvchilar milliy adabiyotlarning badiiy o‘ziga xosligini anglab yeta boshlaydilar. Аdabiy taʼlimda folklor asarlarini o‘rganish alohi- da o‘rin tutadi. So‘z sanʼatining birlamchi asosi xalq og‘zaki ijodi o‘quvchilar ongida shakllanayotgan estetik tasavvur va adabiy bilimlarning zaruriy das- tlabki bug’ini sanaladi. Qardosh xalqlar folklori bilan tanishuv o‘quvchini o‘zga millat estetik tasavvurlari doirasiga olib kiradi. Qardosh xalq maqollari, ertaklari bilan tanishuv, ularning uslubiy xusu- siyatlarini diqqat bilan o‘rgan- ish badiiy asar matnidagi so‘zga diqqat bilan muno- sabatda bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirishga, key- inroq yirik adiblar asarlarining uslubiy o‘ziga xosligini yaxshiroq anglab yetishiga yordam beradi. Shunga 135 Таълим • Образование • Education ko‘ra, xalq og‘zaki ijodi bilan tanishuv o‘zga millat adabiyotini idrok etish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim bosqich sanaladi. Qardosh xalq maqollari, hikmatli so‘zlari va cho‘pchaklarini milliy xalq maqollari, hikmatli so‘zlari va cho‘pchaklari bilan qiyoslash ularni estetik idrok qilishni osonlashtiradi. Bunday qiyoslash ikki xalqning hayotiy tajribasi, maʼnaviy ideallari o‘xshashligi haqi- da dastlabki va ancha yorqin tasavvurni shakllanti- radi. Maʼno va mazmuniga ko‘ra o‘zaro yaqin, baʼzida bir xil maqollar hamma xalq- larda mavjud. Masalan, o‘zbek xalq maqollari “Onaning ko‘ngli bolada, bola- ning ko‘ngli dalada”, “qizim senga aytaman, kelinim sen eshit”, “qari bilganni, pari bilmas”, qozoq xalq maqollari “Ананың көңілі балада, баланың көңілі далада”, “Қызым саған айтам, келінім сен тыңда”, “Кəрі білгенді,пері білмес”, qirg‘iz xalq maqollari “Enenin koonu balada, balanыn koonu talaada”, “Ku- zum, saga aytamun, kelinim, sen uk”, “Karu bilgenin, peri bilbeyt”, turkman xalq maqollari “Enanin gov- nu balada, balanыn govnu dalada”, “Guzum sana aydayun, gelnim sen dinle”, “Garru bilenini, peri bil- mez 1 ” aynan shu jihatidan eʼtiborga loyiq. Maqol mazmuniga ko‘ra yaxlit, miniatyurali badiiy asar ekanini unutmaslik lozim. Maqollar alohida ritmik qurilishi, ko‘pincha qofiyaga egaligi, baʼzida tarjimasi qiyin ibora, sheva va eskirgan so‘zlar ishlatilishi bi- lan ajralib turadi. G‘aliz, malakasiz tarjima maqolning so‘z ifodasi o‘ziga xosligini, uning badiiy maftunkor- ligini barbod qiladi. Mazmunan o‘xshash maqollarni qiyoslab, o‘quvchilar ularning badiiy shaklida xam umumiylikni ko‘ra biladi: maqol doimo ifodali, qisqa, jarangdor, aniq topilgan so‘z va ohang tufayli g‘oyat ixcham. Ko‘plab maqollar ikki qismli qurilishga ega bo‘lib, qarshilantirishga mos keladi. Masalan, “Yaxshi topib gapiradi, yomon qopib gapiradi”. Bunday maqollarda o‘quvchilar asosiy obrazli – mazmunli yuklamani olgan antonimlarni yengil ajrata- di: topib-qopib. Maqol va matallar bilan tanishuv o‘quvchilar uchun badiiy asar tahlilining o‘ziga xos modeli bo‘lib xizmat qiladi: elementar tarzda bo‘lsa da, so‘zning ifoda va tasviriy imkoniyatlarini o‘rganish ko‘nikmala- rini shakllantiradi. 5-7 sinflarda o‘quvchilar u yoki bu qardosh xalq adibining hayoti va ijodiy faoliyatiga doir ayrim fak- tlar bilan (masalan, O.Yoqubovning Qozog‘istonda tug‘ilgani, M.Avezovning Toshkentda o‘qigani kabi) tanishsa, 7-9 sinf o‘quvchi- lari e’tiboriga shu aloqalar natijasida yuzaga kelgan asarlarning umuminsoniy 1 Бейсенова М. Турк халықтары əдебиеті. Оқулық – хресто- матия. – Шымкент. 2006. – 344-б.; Sayfullayev B.N. Structural Features of Uzbek-Kazakh Dialectal Phrasemas. http://cajssh. centralasianstudies.org/index.php/CAJSSH. mohiyati taqdim etiladi 2 . Yuqori sinflarda ijtimoiy-tar- ixiy sharoitlarda milliy adabiyotlar rivojidagi umumiy tendensiyalarning shakllanishi, badiiy tarjima va un- ing ahamiyati, adabiyotlarning o‘zga millat obrazlari va motivlari bilan bir-birini o‘zaro boyitish kabilar o‘rganiladi. O‘lkashunoslik xarakteridagi adabiy ma’lumo- tlarning o‘quvchilar qiziqishini orttirishi shubhasiz. Bi- roq shuning o‘zi yetarli emas. Yuqori sinf o‘quvchilari adabiy aloqalariga doir ma’lumotlar o‘rganar ekan, ma’lum axborotni oddiy o‘zlashtirishdan tadqiqot, tahlil, keyin esa o‘rganilganlarni umumlashtirish- ga o‘tadi. O‘quvchini u yoki bu qardosh xalqlarning milliy (qozoq, o‘zbek, kirgiz va h.) san’ati, adabiy- otiga, shu adabiyotning yaratuvchisi bo‘lgan xalq taqdiriga qiziqishi, hurmati haqida dalolat beradigan misollar bilan tanishtirishning o‘zi kifoya qilmaydi. Bunda o‘quvchilar oldiga ijodiy, tadqiqiy xarakterda- gi savollar qo‘yilishi lozim. Masalan, o‘zbek xalqining turmushi, ma’naviy-axloqiy an’analari A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida qanday aks ettirilgan? “Qirq qiz” dostoni matnidan qoraqalpoq xalqining milliy urf-odatlari tasvirlangan o‘rinlarni toping va h. Milliy adabiyotlar turli davrlarda va turli darajada o‘zaro hamkorlik qilib kelgan. Shu bois har bir mak- tabda milliy adabiyotning o‘ziga xosligi va uning qar- dosh xalqlar adabiyoti bilan aloqalari xususiyatidan kelib chiqib adabiy aloqalarni o‘rganishning tegishli yo‘li va shakllarini topish lozim. Bu aloqalar shakllari xilma-xilligiga qaramay, o‘qu- vchilarni ma’lum tasnifga mos keladi. Ayrim hollarda qardosh xalqlar adabiyotini o‘rganishda adiblarning o‘quvchilar ona diyori, turmushi, ijodi bilan tanishtir- ish ijobiy samara beradi. Boshqa bir hollarda tipologik xarakterdagi ma’lumotlar (g‘oya va mavzu jihatdan yaqinlik badiiy shakllardagi parallellar, o‘xshashliklar va sh.k.) yordamga keladi. Bunda mumtoz adabi- yot namunalari va folklordagi umumiyliklar alohida ahamiyat kasb etadi. Qardosh xalqlar adabiyotini qiyosiy o‘rganishda masalaning to‘g‘ri yechimi adabiy aloqalar sohasida- gi filologik tadqiqotlarni hisobga olgandagina topilishi mumkin. Muammoga ilmiy yondoshuvgina uni to‘g‘ri anglashga yordam beradi. Bunday qiyoslashlarda estetik mezonlar umum- tarixiy va umummafkuraviy holatlar soyasida qolib ketmaydi. Qardosh xalqlar adabiyotiga doir milliy va umumin- soniy xususiyatlarini to‘g‘ri anglashda tarjima muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun ham badiiy tarjimani har ikkala adabiyotning mushtarak va farqli jihatlarini 2 Абдуллаев К.А. Ўзбек адабиётини ўрганиш жараёни- да предметлараро алоқалардан фойдаланиш методикаси: Пед. фан. номз. дисс... – Тошкент: 1992. – 203 б. 136 Таълим • Образование • Education o‘rganishning organik sintezidir, deyish mumkin. Milliy maktab o‘qituvchisi oldida iste’dodli tarjimon oldidagi kabi sharafli vazifa turadi. Bu yozuvchi ijodini o‘quvchilar uchun yaqin va tushunarli qilish ayni pay- tda o‘rganilayotgan asarning butun milliy xarakteri, badiiy nafosatini yetkazib berish bilan belgilanadi. O‘quvchilarga yirik asarlarning milliy tilga tarjima- lari haqida tushuncha berish ularning duniyoqarashi- ni kengaytiradi. Badiiy tarjima – adabiy aloqalarga oid hodisa. Biroq tarjimaning saylanmaligi, nima uchun tarjimon aynan shu asarning tanlanishi obyektiv omil- larga bog‘liq. Bular adabiyotlarning tipologik yaqinligi, ijtimoiy muammolari birligi va shu kabilardir. Maktabda qardosh xalqlar adabiyotini o‘qitishda o‘quvchilarning milliy adabiyotini o‘rganishi davomida o‘zlashtirgan bilim va malakalariga tayanish taqozo qilinadi 1 . Ushbu ishda qardosh xalqlar adabiyotini o‘qitishni muvofiqlashtirish yullari haqida faqat bitta yo‘nalish – o‘quvchilarining milliy adabiyotni o‘rganish davomi- da egallagan bilim va malakalariga tayanish nazarda tutiladi. Milliy maktablarning adabiyot fani dasturi va darsliklaridan o‘zbek adabiyoti asarlari, adiblarning tarjimai holi anchagina keng o‘rin olgan. Adabiyot dasturlari tahlili ko‘rsatadiki, ularda aynan bir xil adi- blar ijodi ba’zan yaqin va hatto aynan bir xil mavzuda- gi asarlari misolida o‘rganiladi. 5-7 sinflarda adiblarning tarjimai holini alohi- da o‘rganish ko‘zda tutilgan; 8-9 sinflarda esa yo- zuvchilarning hayoti va ijodi birgalikda sharhlab o‘rganiladi. Qardosh xalqlar adiblari tarjimai holi va ijodini o‘rganishning zaruriy sharti milliy va qardosh xalqlar adabiyotini o‘qitishni muvofiqlashtirish, dastur mate- riallari milliy adabiyotda o‘zlashtirilgan bilim va mal- akalar qardosh xalqlar adabiyotidagi o‘xshash ma- terialni o‘rganish uchun asos bo‘ladigan tarzda joy- lashtirishdir 2 . Milliy adabiyot dasturida qardosh xalqlar adiblar- idan Ch.Aytmatov, Berdaq, Abay, Maxtumqulilarn- ing asarlari tarjimalari orqali turli ta’lim bosqichlari- da o‘rganiladi. Bu asarlarni davlat tilida o‘rganishda o‘quvchilarning ular bilan tarjima orqali tanish ekanli- gi hisobga olinishi lozim. O‘quvchilarning asosiy maz- mundan xabardorligi lug‘at ishiga, asarni chuqurroq anglash, o‘quvchilar bog‘lanishli nutqiga e’tibor qarat- ishga imkon yaratadi. Qardosh xalq adabiyoti asarlarini o‘rganish amal- 1 Дуйсабаева Д. Formation of Linguo-Culturological Compe- tence of Future Native Language Specialists. https://ijssrr.com/ journal/issue/view/21. 2 Дюришин Д. Теория сравнительного изучения литерату- ры. – М.: Прогресс, 1979. – 320 с; Sayfulayev B. Structural Features of Uzbek-Kazakh Dialectal Phrasemas. https://cajssh. centralasianstudies.org/index.php/CAJSSH/article/view/311 da o‘zaro bog‘lanmagan, muvofiqlashtirilmagan tarzda amalga oshiriladi. Holbuki, milliy va qardosh xalqlar adabiyoti asarlari qiyoslab o‘rganilsa, adabiy bilimlarning o‘zlashtirilishida muayyan izchilikka, darslarning bir-birlarini to‘ldirishiga erishish mumkin. Bunga o‘zbek xalqining buyuk shoiri A.Navoiy ha- yoti va ijodiy faoliyati mavzusi misol bo‘la oladi. A.Navoiy ijodi o‘zbek maktablarida boshlang‘ich sinflardanoq, qozoq maktablarida 9-sinfda, qirg‘iz, qoraqalpoq va turkman maktablarida 5-sinfdanoq o‘rganiladi. A.Navoiy asarlaridan tashqari tarjimai holi o‘quvchilarga shoir yashagan davr, tarixiy sha- roit, o‘sha davrdagi urf-odatlar, xalqning turmush tarzi haqida yorqinroq tasavvur berishga xizmat qiladi. Qozoq maktablarining 9-sinfida shoir tarjimai holi haqida qisqacha ma’lumot berilib, so‘ngra g‘azal va ruboiylarini o‘rganishga kirishiladi, g‘azal va ruboi- ylarning mazmun-mohiyatini o‘qituvchi sharhlab be- radi. Shoirning “Xamsa”sidagi asarlarni sinfdan tash- qari o‘qish ko‘zda tutiladi 3 . Qozoq o‘quvchilarining A.Navoiy bilan keyin- gi uchrashuvi 9-sinfda “Xamsa” asarlarni o‘rganish orqali davom etadi. Bunda uning chuqur falsafiy ma’nosi, undagi murakkab tuyg‘u: quvonch va g‘am, samimiylik va isyon haqida ma’lumot beriladi. Shoir asarlari simvolikasini izohlashga shoshmaslik kerak. Mazkur asarlar tahlilida ularni o‘qiganda tasavvurda hosil bo‘ladigan manzara va ular uyg‘otgan kayfiyat- ga e’tibor qaratiladi. Bunda quyidagicha savol-top- shiriqlardan foydalanish qardosh xalq adabiyoti namunalaridagi milliy umuminsoniy masalalarni an- glashga yaqindan yordam beradi. A. Navoiy ijodini o‘rganishda o‘sha davrdagi qar- dosh xalqlar uchun tipik holatlar, shoir taqdirining un- dan keyin yashagan Abay, Berdaq, Maxtumquli kabi o‘z davrining ilg‘or kishilari taqdiriga o‘xshashligiga urg‘u beriladi. O‘qituvchi A.Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati haqidagi hikoyasidan keyin o‘quvchilarga milliy adabiyot darslarida mumtoz adabiyot namu- nalari yuzasidan o‘rganganlarini eslashni taklif qiladi 4 . Qardosh xalqlar adabiyoti barcha milliy makta- blarda 5-sinfdan boshlab o‘rganiladi. Bu qardosh xalqlar adabiyotiga doir darslarda o‘quvchilarning milliy adabiyotdan o‘zlashtirgan bilimlarini hisobga olish zaruriyatini belgilaydi. Aynan shu fanlararo alo- qalar qardosh xalq adabiyotini o‘qitish darajasini orti- shi, uni o‘rganishning muammoli xarakterda bo‘lishi, 3 Abduvalitov N. Ways of Teaching Samples of World Litera- ture at Literature Classes by Grene Features. http://ijmmu.com editor@ijmmu.com ISSN 2364-5369 Volume 9, Issue 3 March, 2022 Pages: 219-223. 4 Abduvalitov E. Aesthetic Education and Perception in the Teaching of Literature of Fraternal Peoples. http:// ijmmu.com editor@ijmmu.com. 137 Таълим • Образование • Education o‘quvchilarning fikrlash doirasininng kengayishiga ko‘maklashadi. Qardosh xalqlar adiblari asarlarini o‘rganishda re- spublikalar bilan ijodiy aloqalar va ularni kengaytirish imkoniyatlariga tayanish maqsadga muvofiq. Mas- alan, Oybekning “Navoiy” romani haqida gapirayotib, uning qozoq tiliga, Maxtumquli “Pandnomalari” tahlili- da uning o‘zbek tiliga tarjima qilingani haqida qiziqarli misollar keltirish mumkin. Dars jarayonida o‘quvchilarda faol aqliy faoliyat ehtiyojini keltirib chiqaradigan omillarni qiyoslash yo‘llarini topish muhim. Bunda qardosh xalqlar adi- blarining hayoti va ijodiy faoliyatini o‘rganish juda ko‘p ma’lumot beradi. Masalan, Oybek ijodini o‘rganishda M.Avezov haqida eslash mumkin. Ularning har ikkisi qalamiga mansub “Navoiy” va “Abay yo‘li” romanlari misolida xalqlarimiz tarixidagi mushtarak xususiyat- lar to‘g‘risida diqqatga sazovor ma’lumotlar keltirish o‘quvchilar qiziqishini orttiradi. Respublikamiz maktablarida G‘.G‘ulom haqida suhbatdan oldin qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, turkman, rus shoirlarining u haqidagi misralarini eslash o‘qu- vchilarning shoir ijodi haqidagi tasavurini boyitadi. Qardosh xalqlar adabiyoti asarlari tahlili davomida g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishdagi o‘zaro aloqadorlikni ko‘rsatish juda muhim. A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani respub- likadagi barcha milliy maktablarda qisqartirib o‘rganiladi. Asar va uning muallifi haqida o‘quvchilar- da to‘laroq tasavvur hosil qilish uchun ularga roman- ning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari yuzasidan tushun- cha berish, kompozitsion tuzilishi savol-topshiriqlar yordamida ularni asar badiiy syujeti va tahliliga yo‘naltirish ijobiy natija beradi. Qozoq maktablarida A.Qodiriyning “O‘tkan kun- lar”, M.Avezovning “Abay yo‘li”, qoraqalpoq maktab- larila T.Qalepberganovning “Qoraqalpoqnoma”, turk- man maktablarida B.Kerboboyevning “Dadil qadam” romanlarini o‘rganish tajribasi bu borada qo‘l keladi. Masalan, ta’lim qozoq tilida olib boriladigan makta- blarda yozuvchi ijodini o‘rganish ta’limiy-tarbiyaviy maqsadiga ko‘ra murakkab va mas’uliyatli jarayon bo‘lib hisoblanadi. Aslida, shu qutlug‘ zaminda tug‘ilib o‘sgan qozoq, qirg‘iz, turkman, qoraqalpoq farzand- lari uchun o‘zbek adabiyoti mutlaqo begona emas. Lekin har bir millatning o‘ziga xos milliy-ruhiy xusu- siyatlari, turmush tarzi, urf-odatlari bo‘lgani kabi milliy adabiyotlarning ham o‘ziga xosligi bo‘lishi tabiiy. Mana shu o‘ziga xoslikni o‘quvchilarga yozuvchilarn- ing hayoti va ijodi misolida yetkazish o‘qituvchiga boy ma’lumot beradi. Resume. This article has developed a system of methodological unified requirements to achieve the effectiveness of a comparative study of the literatures of fraternal peoples. As is well known, he mentions that many actual processes took place in general secondary schools in connection with the comparative study of the literature of fraternal peoples. In particular, a system has been developed for the development of worldview thinking and international feeling of students by teaching Uzbek literature in schools where teaching is conducted in other languages. In addition, the teaching of the literature of fraternal peoples states that students should study the works of the great Uzbek poet Alisher Navoi in the original language. Резюме. В данной статье разработана система методологических единых требований для дости- жения эффективности сравнительного изучения литератур братских народов. Как известно, он упоми- нает, что в общеобразовательных средних школах произошло немало фактических процессов в связи со сравнительным изучением литературы братских народов. В частности, разработана система раз- вития мировоззренческого мышления и интернационального чувства учащихся путем преподавания узбекской литературы в школах, где обучение ведется на других языках. Кроме того, в преподавании литературы братских народов говорится, что учащиеся должны изу- чать произведения великого узбекского поэта Алишера Навои на языке оригинала. 138 Таълим • Образование • Education Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, та’lim. 2023; 5 ISNN: 2181-1741 (Print) ISNN: 2181-1725 Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling