Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
ABDULLA ORIPOVNING G‘OYAVIY -ESTETIK OLAMI
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
ABDULLA ORIPOVNING G‘OYAVIY -ESTETIK OLAMI
Aliyeva Orzigul, Termiz davlat universiteti magistranti O‘zbek xalqi azaldan shoirtabiat bo‘lib, tuprog‘idan bargigacha shoir bo‘lgan. Shuning uchun u farzan- dlariga she’rdek teran, she’rdek sodda, bir-biriga o‘xshash ismlar qo‘yadi. Uylansa shodligini she’rga solib “yor-yor” deydi. G‘amda ham g‘amini she’rga aylantiradi. Temur tig‘i yetmagan joyni Qalam bilan oldi Alisher deb yozgan o‘zbek xalqining sevimli farzandi, shoir Abdulla Oripov. Temur kabi sohibi zamonlar qili- chi yetmagan yerlarni qalam bilan olishga Alisherni qodir qilgan qudrat she’riyatdir. She’riyatni “onajonim” deb ulug‘lagan va chindan ham she’riyatga fidoyi far- zand bo‘lgan Abdulla Oripovning she’ri kirib kelma- gan bironta xonadon O‘zbekistonda topilmasa kerak. O‘zbekistonning o‘zi shoir bir yurt. Abdulla Oripov o‘z she’rlarini ana shu “ustozi”ga barhaq va barhayot il- hom manbai, “asrlarning koshonasida mangu yorug‘ maskan” bo‘lgan ona yurti – O‘zbekistonga bag‘ish- laydi”. 1 Darhaqiqat, bu yurt shoir o‘g‘lini juda yaxshi ko‘radi. She’rlarini o‘qiydi, yod oladi. Tushlik chog‘ida Abdullaxon she’rlarini o‘qiyotgan kolxozchilarni, dala- da quvnoq tasavvur bilan tinglayotgan hamshiralar- ni ko‘rdik. Keksalarning she’rlarini tinglab, “O‘g‘lim omon bo‘lsin” deya olqishlaganini yeshitdik. Uzoq yo‘llarda Abdullaxonning she’rlarini ko‘targan hay- dovchilarni, uning she’rlarini qo‘llarida ushlab turgan qurilishchilarnigina ko‘rdik. Ba’zan shunday bo‘ladiki, Toshkentga kelganlar sog‘lig‘ini so‘rashadi. Bu haqda shoirning o‘zi haqli g‘urur bilan yozadi: Bizni xafa qilganlarga ming marta xizmat qilamiz... Paxtakorlar va ishchilar pisand qildilar, Ziyolilar, yumushchilar pisand qildilar, Studentlar, to‘quvchilar pisand qildilar, Maktabdagi o‘quvchilar pisand qildilar, Bizni pisand qilganlarga ming bora qulluq. Xalqning o‘z shoiriga bo‘lgan bu muhabbati Ab- dulla Oripov o‘zi orzu qilganidek “bizniki” bo‘lib qol- ganini bildiradi: Koshkiydi ahli yurt turib tepamda – U bizniki edi- desalar -deb yozgan shoir o‘sha olis yillar ortidagi “Mitti 1 https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/maqsuda-ergashe- va-abdulla-oripov-sheriyatning-oziga-xos-xususiyatlari.html yulduz” to‘plamidan boshlab xalqning o‘ziniki bo‘lib qolgan. Mutafakkir shoir sifatida Abdulla Oripov she’riyatining markazida inson va uning xayoti, bor- likdagi o‘rni, vazifalari masalasi turadi. “Koinot gultoji – Insondir azal” deb boshlanuvchi to‘rtlikni shoirning insonga oid nuqtayi nazarining ham, butun ijodining ham programmasidir, desak bo‘ladi. Shoir butun ijo- di davomida insonning ikki yoqlama (koinot gultoji va tubanlik ichra tanxo) mana shu xil siymosiga turlicha nazar tashladi. Inson siymosida azal-abaddan mu- jassam etilgan ziddiyatni badiiy talqin qildi. U inson- ning insonligini yo‘qqa chiqaradigan illatlarni ko‘proq qalamga olgan. Bu adibning badbinligi emas, o‘z qa- vmini mukammal, yorug‘ siymoda ko‘rish istagidan tug‘ilgan iztirob, dardlaridir. she’rida avvaliga “Ish- tonsiz ajdodni qo‘msamoq nechun?” deydi kinoya bilan, ammo keyinroqda “Zevs siymosida axtardi o‘rnin” deya insonni “Yuzma-yuz” yunonlarning bosh ma’budiga mengzaydi. “Sarob” she’rida (1966), “Ha, onamni o‘ylar edim inson degan dam, Yo‘q, may- mundan tarqamagan derdim odamzod” deydi yana insonni ulug‘lab. Inson siymosida buyuklik va tuban- lik birday mujassamlashganiga oid badiiy-g‘oyaviy mazmun shoir she’rlaridan qizil ip bo‘lib o‘tadi. Ham- ma vaqt iftixor, maqtov bilan zimdan fojialar tasviri yonma-yon keladi. U insonni, eng avvalo, tabiatning ajralmas bir bo‘lagi deb anglaydi. 1974 -yilda “Lekin inoq edim men aslim tabiat bilan, Bepoyon xilqat bilan tunlar bo‘yi suhbatdosh” deb yozgan shoirda inson- ga tabiat parallelida qarash uslub darajasiga ko‘taril- gan. Shu faslda inson kontseptsiyasiga oid ijodining ilk bosqichida uchraydigan ziddiyatlar, yolg‘izlik, baxt, tafakkur, harakat kabi motivlar ham tadqiq etildi. Piro- vardida esa u “Usha nokomilning men ham biriman” deb yozadi. Bu xil iqrorlar; uzoq yillar adashib, puch g‘oya-mafkuralarga ishonib yurganidan nihoyatda ichkin, nihoyatda qattiq chekkan afsus-nadomatlar if- oda etilgan misralar, she’rlar Alisher Navoiy, Zahirid- din Muhammad Bobur, Lev Tolstoy kabi jahon muta- fakkirlarini xotirga keltiradi. Abdulla Oripov xam xuddi o‘shalar kabi Hazrati Insonni ulug‘ladi, uning kamolo- tini achchiq sog‘indi, ilohiy rutbasiga nomunosib ish- laridan o‘kindi. Ayni choqda o‘zini ham nokomil o‘sha bani bashardan yuqori o‘ringa qo‘ymadi. O‘z xatolari, 128 Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature adashishlari, gunoxlaridan qattiq iztirob chekdi, tavba qildi, iqrorlarini ochiq-oshkor yozishdan istihola qil- madi. Hamisha komillikka intildi. Xuddi ana shu niyat, sa’y-harakatlari, tafakkuri, iqrorlari, afsus-nadomat- lari xudodod iste’dodi bilan uyg‘unlashib uni dunyo adabiyoti titanlari qatoriga ko‘tardi. “Afsus, tubsizlikka yuz burdi inson, Aqchadir suyangan murabbiysi ham” dedi u 2016 -yil 30 -aprelda yozgan “Xayol va xayot” she’rida. Bu uning odam bolasiga, XXI asr kishisiga bergan eng so‘nggi baholaridan biri bo‘lib qoldi. “In- son inson uchun to‘ka olsa yosh” - shoirning eng oliy orzusi shu. Biz shoir ijodini mazmun-mohiyati, g‘oyaviy-badiiy tendentsiyalariga ko‘ra ikki katta davrga ajratdik: 1. Sho‘ro davri. XX asrning 60-yillaridan 1991- yil- gacha. 2. Mustaqillik davri. 1991-2016 yillar. Abdulla Oripov ijodining ilk davrida inson hayoti- ga oid haqiqatlarni tabiatda ko‘rdi, tabiatdan axtardi. Ularni soddaroq shaklda yonma-yon qo‘yib, yaxshilik va yomonlik haqida yozdi. Ayni chog‘da yozganlarini tadrijda kuzatar ekanmiz, Abdulla Oripovning ijodkor sifatida shiddat bilan o‘sganini ko‘rishimiz mumkin. 20 yoshlar atrofidagi shoir inson va jamiyat xayotini shu qadar chuqur irok etadi va benazir shaklda badiiy qa- yta gavdalantiradiki, beyxtiyor O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “Sen bahorni sog‘inmadingmi?” misolida aytgan bahosini takrorlashga to‘g‘ri keladi: ularni “25 yoshli shoir yozganiga ishonging keladi!” Xa, shaxsga faqat yuksak tafakkur va ulkan iste’dod tabiat tomonidan tuhfa etilsagina juda yoshligidanoq shu qadar doxiyona tafakkur qilishi va yozishi mum- kin. Tarix va ijtimoiy borliqqa munosabat, qalb man- zaralari, o‘ta ichkin insoniy iztiroblar, iloxiy koinot ilk bosqichlaridanoq olam va odamni mana shunday bu- tun ko‘lami bilan qamrab oldi. Shoirning eng go‘zal lirik, falsafiy she’rlari ilk bosqichning mahsulidir. Ab- dulla Oripov ijodiga nazar tashlar ekanmiz, u o‘zining o‘zgacha badiiyati, tili, qarashlari bilan ajralib turishi- ga guvoh bo‘lamiz. Uning deyarli har bir she’ridan kinoyaviy fikrlarni anglash va undan kerakli xulosal- arga ishoralarni topish mumkin. Masalan, quyida biz uning “Saviya” she’ri tahlilga to‘xtalamiz. Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling