Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lug‘atlar tipologiyasi
1-chizma
Lug‘at O‘quv lug‘at Filologik o‘quv lug‘atlari Sohalash- tirilgan o‘quv lug‘atlari Akadem lug‘at Ona tili ta’limi uchun Chet tili ta’limi uchun 1-chizma. Lug‘atlar tipologiyasi Til o‘rganish uchun mo‘ljallangan lug‘atlarning funksiyalari quyidagilardan iborat: – matnni tushunishga ko‘maklashish; – matn tuzishga ko‘maklashish; – grammatikani o‘rganishga ko‘maklashish; – so‘z boyligini oshirishga ko‘maklashishdir. Ona tili ta’limiga yo‘naltirilgan o‘quv lug‘atlari mak- tabda o‘quvchilar matn yaratishda va uni tushunish- da so‘z, ibora, sinonimlar, antonimlar qo‘llash bilan bog‘liq muammolarni bartaf etish bilan bir qatorda imlo, talaffuz, so‘z yasalishi, sintaktik xususiyati kabi grammatik ma’lumotlarni ham taqdim etadi. O‘quv lug‘ati deganda faqat filologik maqsadga yo‘naltirilgan lug‘atlarni tushunish noto‘g‘ridir. Bosh- qa fan va sohalarning ta’limiga yo‘naltirilgan lug‘at- ni ham o‘quv lug’atlari qatoriga qo‘shamiz. Bunday lug’atlar ko‘proq terminologik xarakterga ega bo‘ladi. Fan- texnikaga oid bilimlarni puxta o‘zlashtirishda sohalashtirilgan o‘quv lug‘atlarga ehtiyoj katta. Bu lug‘atlardagi atamalar shu soha bo‘yicha kalit so‘zlar vazifasini ham o‘taydi. O‘quv lug‘atlari foydalanuvchilarga quyidagi im- koniyatlarni yaratadi: til bilishning og‘zaki kompetensiyasidan yozma nutqni shakllantirshga yordam beradi; o‘quvchi so‘zning ma’nosini o‘z xotirasida mavjud bo‘lgan avvalgi ma’nosi bilan solishtira oladi. unda solishtirish, qiyoslash ko‘nikmalari shakllanadi; hozirgi o‘quv lug‘atlari korpuslar bilan birlashgani sababli so‘zning ma’nosini matndagi kontekst orqali tushunish imkonini beradi (tildagi ayrim so‘zlarning ma’nolarini faqat kontekst orqali tushunish mumkin); o‘quv lug‘atlari o‘quv materiali sifatida mashqlar bilan boyitiladi va interaktivligi ta’minlanadi. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, o‘zbek tili o‘quv lug‘atlarini turli lingvistik aspektda o‘rganish juda muhim sanaladi. Bu kabi tadqiqotlar kelgusi- da fodalanuvchilar auditoriyasini yanada kengaytir- ish, qolaversa, ularning zamonvaiy yangi avlodlarini yanada takomillashtirish imkonini beradi. Shu jihat- dan o‘zbek tili o‘quv lug‘atchiligini yanada rivojlanti- rish istiqbollarini belgilash va ularni doimiy ravishda yangilab borishni ta’minlash zamonaviy lingvistikan- ing oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir 1 . 1 Abduraxmonova N., Abduvaxobov G‘. O‘quv lug‘atini tuz- ishning nazariy metodologik asoslari // “Сўз санъати” халқаро журнали. – Тошкент, 2021. – №4/4. – Б. 103-108; Abduvaxobov G‘. Amaliy tilshunoslik: elektron lug‘atlar yaratish konsepsiyasi // FaDU ilmiy xabarlari. – Farg‘ona, 2022. – № 1. – B. 251-258; Ab- duvaxobov G‘. About The Concept OF Computer Lexicography // “Theoretical & Applied Science” International Scientific Jour- nal. – Philadelphia, USA 28.06.2021. – Volume 98, Issue 06. – P. 664-668; Abduraxmonova N., Abduvaxobov G. Til pedagogi- kasida mobil lugʻatlardan foydalanishning amaliy masalalari // “Ona tili taʼlimida oʻqitish va baholash muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Toshkent, 2022. – B. 255-262; Абдувахобов Ғ. Тилшуносликда компьютер лексикографиясининг ўрни хусусида // “Филологиянинг долзарб масалалари” мавзусидаги республика илмий- амалий конференция материаллари I қисм. – Фарғона, 2022. – Б. 118-121. Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling