Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

 
Resume: In this article, one of the main genres of lexicography is devoted to the analysis of theoretical 
issues of educational lexicography. The tasks faced by lexicographers in creating educational dictionaries, 
the study of such dictionaries in the framework of other areas of linguistics, the structural specificity of 
educational dictionaries at the field and academic level from philological research, in addition, for English and 
Russian languages scientific views about the significant aspects of the mentioned dictionaries are discussed.
Резюме: В данной статье анализу теоретических вопросов учебной лексикографии посвящен один 
из основных жанров лексикографии. Задачи, стоящие перед лексикографами при создании учебных 
словарей, изучение таких словарей в рамках других направлений языкознания, структурная специфи-
ка учебных словарей на полевом и академическом уровне со стороны филологических исследований, 
кроме того, для английского и русского языков научные взгляды обсуждаются существенные аспекты 
упомянутых словарей.


34
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, та’lim. 2023; 5
ISNN: 2181-1741 (Print)
ISNN: 2181-1725 
O‘ZBEK TILIDAGI GAPLARDA SO‘Z TARTIBI 
VA SINTAKTIK TAHLIL QILISH ALGORITMI
Abdullayeva Oqila Xolmo‘minovna,
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti katta o‘qituvchisi, 
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Raxmonova Mohira Abdusattor qizi,
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti
Soʻz tartibi - gap boʻlaklarining oʻzaro maʼlum 
grammatik qonun qoidalar asosida, maʼlum sintaktik, 
mazmuniy, uslubiy jihatdan joylashuvi
1
.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab amerikalik 
tilshunos Greenberg, ko‘plab tillarni o‘rganishga aso-
slanib, jumlada komponentlarning oltita asosiy tarti-
bi mavjud degan xulosaga keldi. Bular SOV, SVO, 
VSO, VOS, OVS, OSV, bu yerda S (ingliz tilida sub-
ject) – ega, O (ingliz tilida object) – ikkinchi darajali 
bo‘laklar, V (ingliz tilida fe’l) esa kesim
2
.
O‘zbek tilida gaplar 
SOV tartibiga asosan tuziladi. 
1 2

https://uz.wikipedia.org/wiki/So%CA%BBz_tartibi

Журинская М. А. Типологическая классификация языков // Лингвистический энциклопедический словарь. Гл. ред. В. Н. 
Ярцева. Советская энциклопедия, 1990. – P. 511–512.


35
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
So‘zlar tartibi gap bo‘laklarining nutqda o‘rinlash-
ishini bildiradigan sintaktik hodisadir. O‘zbek tilida 
so‘zlar tartibi asosan erkin, lekin unda so‘zlarning 
bog‘liq tartibi ham uchraydi. Bu hol o‘zbek tili gap 
qurilishining o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsatadi. Baʼzi 
bo‘laklar gapda turli o‘rinlarda kela olsa, ayrim bo‘lak-
lar faqat muayyan o‘rinda keladi. So‘zlarning sintak-
tik vaziyati, funksiyasi maxsus grammatik vositalar 
(turlovchilar, tuslovchilar, ko‘makchilar kabi) asosida 
belgilanganda, so‘zlar tartibi erkin bo‘ladi. So‘zlarning 
sintaktik vaziyati, funksiyasi maxsus grammatik vosi-
talar asosida emas, balki gapdagi o‘rniga ko‘ra belgi-
langanda, so‘zlar tartibi bog‘liq bo‘ladi. So‘zlar tartibi 
sintaktik va stilistik funksiyalarni bajaradi. O‘zbek til-
ida tartib so‘zlarning sintaktik munosabatlarini belgi-
lovchi vositalardan biri sifatida xizmat qilishi mumkin. 
Masalan: Chaqqon bolalar yugurishdi. Bu gapda ch-
aqqon so‘zi bolalar so‘ziga tartib vositasida birikkan. 
Bunda bo‘laklar o‘rnining o‘zgarishi grammatik muno-
sabatni ham, mazmunni ham boshqa qilib yuboradi: 
Bolalar chaqqon yugurishdi. Ko‘rinadiki, bunday va-
qtda so‘zlar tartibi sintaktik funksiyani bajaradi. Ten-
glikni bildiruvchi otli gaplarda (bosh bo‘laklar ifoda-
laydigan tushunchalar bir-biriga teng bo‘lganda) bosh 
bo‘laklar o‘rnining o‘zgarishi ularning sintaktik funksi-
yasini ham o‘zgartiradi (bunda bog‘lama, kesimlik af-
fiksi qo‘llanmaydi); Toshkent – O‘zbekistonning poy-
taxti; O‘zbekistonning poytaxti – Toshkent. Аniqlovchi 
va aniqlanmishdan iborat bo‘lgan bir tarkibli gapdagi 
bo‘laklar o‘rnining o‘zgarishi ega va kesimdan iborat 
bo‘lgan ikki tarkibli gapni hosil qiladi. Oppoq pax-
tazor! – Paxtazor oppoq. Bular so‘zlarning bog‘liq 
tartibidir. Erkin tartibda so‘zlar o‘rnining almashinishi 
grammatik holatni va gapning mazmunini butunlay 
boshqa qilib yubormaydi, balki gapdagi biror bo‘lak-
ka alohida diqqat qilinganini ko‘rsatib, umumiy fikrga 
qo‘shimcha bo‘yoqdorlik, stilistik vazifa yuklaydi
1


Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling