Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

Sintaktik tahlil metodlari.
Sintaktik parsing - tabiiy tilning sintaktik tuzilishi-
ni avtomatik tahlil qilish va gapga sintaktik tuzilmani, 
ayniqsa, sintaktik munosabatlarni (tobelik grammati-
kasida) va tarkibiy qismlarning oraliqlarini belgilash 
(guruhlarga ajratish grammatikasida) vazifasini baja-
radi
3
. Bu tabiiy tildagi strukturaviy noaniqlik muammo-
si bilan izohlanadi: gapda bir nechta grammatik birik-
malar mavjud bo‘lishi mumkin, shuning uchun qaysi 
bo‘lak tahlil qilish mo‘ljallanganligini aniqlash uchun 
formal grammatika qoidalari bo‘yicha ba’zi bilimlar 
kerak bo‘ladi. Sintaktik parsing kompyuter lingvistika-
si va tabiiy tilni qayta ishlash(NPL)ning muhim vazi-
falaridan biri boʻlib, XX asr oʻrtalaridan EHM paydo 
boʻlishi bilan birga tadqiqot obyekti boʻlib kelmoqda
4
.
Parsing metodlarining ikki turi mavjud:
1. Tobe bog‘lanishni tahlil qilish (Dependency 
parsing)
2. Guruhlarga ajratib tahlil qilish (Constituency 
parsing)
5
.
Tobe bog‘lanishni tahlil qilish (Dependency pars-
ing) – so‘zlar orasidagi sintaktik va semantik munos-
abatlarni aniqlash orqali gapning grammatik tuzilishi-
ni topish. Bog‘liqlikni tahlil qilish boshqa ko‘plab NLP 
loyihalarida qo‘llanilgan, masalan, mashina tarjimasi 
(machine translation), munosabatlarni ajratib olish 
(relation extraction), obyektni tanib olish (named 
entity recognition), ma’lumot olish (information ex-
traction) bularning barchasi ma’lum darajada tabiiy 
tilni tushunishni o‘z ichiga oladi. Har bir tobelik mu-
nosabati bosh so‘z va gapdagi bosh so‘zni o‘zgar-
tiruvchi tobe so‘z o‘rtasida aniqlanadi. Bunday mu-
nosabatlar sintaktik deb hisoblansa-da, ular tabiiy 
ravishda so‘zlar orasidagi semantik munosabatlarga 
asoslanadi. Misol uchun, har bir tobe o‘zining bosh 
so‘zini o‘zgartirish roliga ega, bu butunlay semantik 
ta’sir natijasi. Tobe bog‘lanish tuzilmalari bog‘liqlik 
daraxtlari (dependency tree) deb ataladigan ierarxik 
tuzilmalar bilan ifodalanadi yoki yo‘naltirilgan grafiklar 
(directed graph) deb ataladigan bog‘liqlik grafiklar 
ko‘rinishida ifodalanadi. Masalan, bog‘liqlik grafigi: 
Men yaqin do‘stimni ko‘rdim.

Jurafsky, Dan, Martin, James H. Speech and Language Pro-
cessing An Introduction to Natural Language Processing, Com-
putational Linguistics, and Speech Recognition. – New Jersey: 
Prentice Hall, 2000. – 927 p.

https://en.wikipedia.org/wiki/Syntactic_parsing_(computa-
tional_linguistics)#CITEREFJurafskyMartin2021

Ersin Ihsan Unkar (2007). Parsing turkish sentences for 
natural language watermarking. – Bo´gazici University, 2007. 
– 154 b.



Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling