Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics Gap ildizi (root)
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
37
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics Gap ildizi (root) Men yaqin do‘stimni ko‘rdim So‘zlar orasidagi sintaktik munosabatlar, odatda, har bir hokim so‘zni tobe so‘zga bog‘laydigan bog‘liq- lik daraxtidagi (depeendency tree) chiziqlar bilan bel- gilanadi. Boshqacha aytganda, men → ko‘rdim kabi birikmada; “Men” tobe so‘z va “ko‘rdim” hokim bo‘ladi va ular orasidagi chiziq ikki so‘z orasidagi bog‘liqli- kni bildiradi. Gap ildizi (root) bog‘liqlik daraxtining ildizini ifodalaydi (ya’ni, bog‘liqlikni tahlil qilishning boshlang‘ich nuqtasi yoki to‘liq gapning boshi). Gar- chi bog‘liqlikni tahlil qilish qoidalari keyinroq muhoka- ma qilinadigan bo‘lsa ham, bu yerda har bir gapda bog‘liqlik daraxtida ROOT belgisi bo‘lishi kerak. Bog‘lanishni tahlil qilish - bu gapdagi so‘zlar orasida- gi leksik bog‘liqlikni topadigan va shu bilan gapning grammatik tuzilishini chiqaradigan vazifa. Bo‘liqlikni tahlil qilish muammosiga ikkita asosiy yondashuv qo‘llaniladi: O‘zgarishga asoslangan (Transition-based) Grafikka asoslangan (Graph-based) 1 . O‘zgarishga asoslangan yondashuvlar (Tran- sition-based), odatda, o‘zgarish buyruqlari va ikki to‘plamli tuzilmaga asoslangan bo‘lib, unda bog‘liq- lik to‘plami va so‘z to‘plami mavjud. So‘z to‘plami jumladagi so‘zlarni o‘z ichiga oladi. So‘zlar to‘plam so‘zidan olinadi va bog‘liqlik to‘plamiga yuboriladi. Agar bog‘liqlik to‘plamining yuqoridagi ikkita so‘zi o‘rtasida o‘zgarish sodir bo‘lsa, u holda ular o‘rtasida bog‘liqlik hosil bo‘ladi va bu hodisa bog‘liqlik to‘plami- da so‘zlar qolmaguncha davom etadi. Bog‘liqlik to‘plamidagi oxirgi so‘z ROOT bo‘ladi, bu Bog‘liqlik daraxtining (dependacy tree) ildizi hisoblanadi; bu- tun bo‘liqlikni tahlil qilish jarayonining boshlang‘ich nuqtasi 2 . Grafikka asoslangan yondashuvlar (Graph- based), odatda, butun tahlil jarayonini grafik chizma- lar orqali bajarishga asoslanadi, bu yerda grafikdagi nuqtalar gapdagi so‘zlarni ifodalaydi. John saw Mary gapi uchun to‘rtta belgi bo‘lgan G grafigini tasavvur qiling, bunda ularning har biri ROOTni o‘z ichiga olgan so‘zga ishora qiladi. Chizma ko‘rsatkichlari so‘zlar orasidagi bog‘liqlik darajasini bildiradi. Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling