Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- OLAM MANZARASIDA ASTRONIMLAR Qurbonova Gavxar Xurramovna
Resume. The article examines in detail the linguistic nature of the artistic characteristics of the word -
epithets, and draws conclusions based on analytical materials of the Uzbek and English languages. Резюме. В статье подробно рассматривается лингвистическая природа художественной характе- ристики слова – эпитетов, и даются выводы на основе аналитических материалов узбекского и англий- ского языков. 1 1 A dictionary of epithets and terms of address. British Library Cataloguing in Publication Data Dunkling, Leslie, 1935. 44 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, та’lim. 2023; 5 ISNN: 2181-1741 (Print) ISNN: 2181-1725 OLAM MANZARASIDA ASTRONIMLAR Qurbonova Gavxar Xurramovna, Termiz davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Tabiiy bilimlarning eng qadimiysi bo‘lmish as- tronomiya fani miloddan avvalgi bir necha ming yil- lar kishilarning ijtimoiy-hayotiy ehtiyojlarini qondirish yo‘lidagi sa’y-harakatlari natijasida yuzaga kelgan bo‘lib, bizlarni Koinotning ming yillik sirlaridan ogoh etadi. Qadim Sharqda sayyohlar, savdogarlar kun- duzi jazirama oftobdan saqlanib, salqin tunda yo‘lga chiqqanlarida yulduzlar ularga yo‘l ko‘rsatar, vaqtning qaysi mahali kechayotganidan darak berar, qolaver- sa, yulduzlar osmoni ularni go‘zalligi, jozibasi va sirlil- igi bilan o‘ziga rom qilardi. Kishilar osmonni kuzatib, yil fasllarining almashinish vaqtlarini aniq biladigan bo‘ldilar. Ular osmon hodisalaridan voqif bo‘lganlari sayin hayratga tushishar, bu hodisalarning sabablari- ni bilishga intilar edilar. Va ular shu o‘rinda o‘zlarining tasavvurlari doirasida ularni talqin qilar edilar. Rеspublikamiz Prеzidеnti Sh.M.Mirziyoyеv 2016-yil 30-dеkabr sanasida Rеspublikaning yеtak- chi оlimlari bilan uchrashuvida so‘zlagan nutqida barcha fanlar sоhasida ilmiy nazariy va amaliy tad- qiqolarni kеngaytirish zarurliginiligini ta’kidlab o‘tgan edi. Prеzidеntimiz Sh.Mirziyoyеv o‘z nutqida uchin- chi renisans davrida o‘sib kelayotgan yosh avlоd- ning tarbiyasida ko‘p asrlar mоbaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdоdlarimizning bоy ilmiy va madaniy mеrоsiga tayanishimizni ta’kidlab o‘tdilar 1 . Haqiqatdan ham xalqimiz va tilimiz tarixini, madani- yatini o‘zida saqlab kelayotgan samoviy jismlar va ularning nomlarining o‘rganilishi, ularning xalq madaniyati va leksikasining bir qismi sifatida talqin etilishi ham ajdodlar boy me’rosini davom ettirishda bugungi kun uchun anchayin ahamiyatlidir. Astronomik nomlar onomastik ko‘lamdagi lingvokulturologik tadqiqotlar ichida juda qimmatli material hisoblanadi, chunki ular onomastik nomi- natsiyalarning milliy xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Onomastikada astronomik nomlarni belgi- lash uchun ikkita raqobatdosh atama qo‘llanadi: kos- monim (kosmonimika) va astronim (astronimika). 1 Мирзиёев Ш.M.Қонун устуворлиги ва инсон манфаатла- рини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гаровi (2016-йил 7-декабрдаЎзбекистон Республикаси Кон- ституцияси қабул қилинганлигининг 24 йиллигига бағишлан- ган тантанали маросимдаги маъруза). – Тошкент: Ўзбеки- стон, 2017. – Б. 23. N.V. Podolskaya muallifligidagi “Slovar russkoy onomasticheskoy terminologii” nomli lug‘atda as- tronim nomlarning bir ko‘rinishi, ma’lum bir samoviy jismning asl nomi, jumladan, yulduzlar sayyoralar, kometalar, asteroidlar (planetoid), kosmonim esa kosmos zonasining tegishli nomi sifatida belgilab beriladi 2 . Bunday yondashuv boshqa rus va milliy tilshunosligimiz vakillarida ham uchraydi: V.A. Nikon- ov kosmonimlar atamasini qo‘llashni afzal ko‘radi 3 , M.E.Rut esa astronimlarni 4 . V.D.Bondaletov kosmonim, kosmonimika, as- tronim, astronimika atamalariga o‘z munosabatini bildirib, onomastikaning bu qismi ayrim tadqiqotchilar asarlarida astronimika, boshqa tadqiqotlarda kos- monimika terminlari bilan yuritilayotganligi to‘g‘risi- da yozadi 5 . Shu bilan birga, u har ikkala terminni bir-biridan farqlash uchun N.V.Podolskaya lug‘atidagi ma’lumotlarni qiyoslab, unda osmon jismlari nomini o‘rganadigan bo‘lim ikki nom – kosmonimika va as- tronimika terminlari bilan nomlanganligini ta’kidlaydi 6 . Rus lingvisti Beryozkin ham tungi yoritgichlar uchun kosmonim atamasini qo‘llaydi 7 . Rus tilshunosi A.V.Superanskaya ham astronimi- ka va kosmonimika atamasi bilan qayd etilayotgan onomastikaning bu bo‘limi juda oz tadqiq etilganligini va bu yo‘nalish bo‘yicha aniq terminologiya еtarli da- rajada emasligini ta’kidlab o‘tadi 8 . O‘zbek tilining izohli lug‘atiga murojaat qilsak, astro – (yun. Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling