Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Resume
lyativ lotincha appellativum - turdosh ot so‘zidan ol-
ingan bo‘lib, atoqli otga qarama-qarshi qo‘yiluvchi, atoqli ot yasash uchun lisoniy baza bo‘luvchi turdosh ot va boshqa til leksemalari 7 )ga tegishli astronomik tushunchalarni tahlilga tortgan 8 . I. Yoqubov, T. Matyo- qubovalar tomonidan e’lon qilingan maqolada ham Ogahiy nasriy asarlarida qo‘llangan kosmonimlar va astronomik terminlarning badiiy va lisoniy xususiyat- lari to‘g‘risida fikrlar bildirilgan 9 . M.Jo‘raevning “O‘zbek xalq samoviy afsonalari” nomli monografiyasida (garchi adabiyotshunoslik so- hasida bo‘lsa-da, tadqiqotimiz uchun qimmatli manba bo‘ldi) tabiat hodisalari, osmon yoritqichlari, olamning yaratilishi to‘g‘risidagi samoviy afsonalarning tarixiy asoslari, samoviy mifologiyaga munosabati, obrazlar tarkibi tadqiq qilingan bo‘lib, unda Yetagan, Temir qoziq, Oq bo‘zot, Ko‘k bo‘zot, Tarozi, Hulkar, Qambar yulduzi singari yulduz va yulduz turkumlari, Cho‘lpon planetasi va Somon yo‘li bilan bog‘liq samoviy afson- alar ilk bor monografik tarzda o‘rganildi 10 . 5 Примов А.И. Ўзбек тили космонимларининг лисоний хусусиятлари: Филол. фан. номз... дисс. – Тошкент, 2009. – Б.25. 6 Бакирова И. Навоий асарларида сайѐра номлари // Ўзбек тилшунослигининг долзарб масалалари. Илмий мақолалар тўплами. – Тошкент, 2008. №2. – Б.128; Юнусова З. Навоий асарлари тилидаги “юлдуз” лексе- масининг маъно қирралари. // Навоийга армуғон. Тўртинчи китоб. – Тошкент: Фан, 2004. – Б. 147-152. 7 Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек окомастикаси терминлари- нинг изоҳли луғати. Наманган. 2006. – Б. 16. 8 Эгамова Ш. Увайсий шеъриятида самовий тимсоллар // Тилшуносликнинг долзарб муаммолари. – Тошкент: Уни- верситет, 2002. – Б. 98. 9 Ёқубов И., Матѐқубова Т. Огаҳий ижодида космогоник мифология талқини // Огаҳий абадияти. – Тошкент: Ўзбеки- стон, 1999. – Б. 118. 10 Жўраев М. Ўзбек халқ самовий афсоналари. – Тошкент: Фан, 1995. –108 б. 47 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics Olima Z.Yunusova bir maqolasida yulduz lek- semasini giponimik va sinonimik qurshovlari jihatdan tahlil qila turib, “yulduzning quyosh va oy leksemalari bilan kelgan katta yoritgichlardan boshqa jami osmon yoritgichlarining umumiy nomi” deya fikr yuritadi 1 . Bi- zningcha ham kichik yoritgichlarni umumiy nom bilan yulduzlar nomi ostida birlashtirish ma’qul va osmon yoritgichlari tadqiqotning markaziy obyekti bo‘lganligi uchun sayyoralar, ya’ni planetalar tadqiqotchi e’tibori- da emasligini ko‘ramiz. Giponimik qator doirasida esa planetlar ham obyekt qilib olinsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shuni alohida qayd etish kerakki, tadqiqot- chi o‘z nomzodlik ishida astronimlarni turdosh otlar bilan aralash holda lug‘aviy mikrosistema tabiatini ochish uchun tahlil qilgani biz tahliliga kirishmoqchi bo‘lganimiz astronimlar obrazlari tadqiqiga anchayin yaqinligi seziladi 2 . Tadqiqotchi A.Primov o‘z tadqiqotida milliy tilshu- nosligimizda birinchi bo‘lib osmon yoritgichlarining li- soniy xususiyatlarini o‘rganib chiqib, astronim va kos- monimlarni yaxlit bitta nom, ya’ni kosmonim termini ostida birlashtirdi 3 . Tilshunos olim A.Rustamov ham “So‘z xususida so‘z” nomli kitobining bir o‘rnida iboralar tarkibida kelgan astronimlarni lisoniy tahlil qiladi. Misol sifatida “istarasi isssiq” va unga ma’nodosh “mehrigiyosi bor ”kabi iboralardagi istara so‘zining o‘zagi sitora (yul- duz), mehrigiyo so‘zidagi birinchi qism mehr(quyosh) so‘zlari bilan bog‘liqligini aytib o‘tadi. Va yana bir fikrni “astronomiya”, “astrologiya” terminlarining “astro” qismi ham “istora” ya’ni “sitora”ga tarixan aloqadorlig- ini aytadi 3 . Ammo keyingi fikrga qo‘shilishimiz uchun boshqa biror joyda bunday ma’lumotni uchratma- ganligimiz sababli asosga ega emasmiz. Shu o‘rinda masalaning ikkinchi tomoniga ham e‘tibor beradigan bo‘lsak, yulduz so‘zining turli tillardagi aytilishi – astro (yun.), sitora (fors.), star (ing.), stern (nem.)ni tahlil qilsak, bu so‘zlarning tarixan bir so‘z asosida shak- llanganganligi va istara so‘zining ham shu so‘zlarga aloqasi borday ekanligi seziladi. Xozirgi kungacha o‘zbek tilshunosligida kam tadqiq qilingan osmon jismlarining tarixiy va xozirgi nomlanishlarini taqqoslash, ularning obrazli ifodal- anishi masalalari bilan bog‘liqlik nuqtai nazaridan, xalq ijtimoiy hayotida astronimlarning tutgan o‘rnini chuqurroq o‘rganish ayni vaqtdagi zarurat ekanligini ko‘rsatadi. Va bu kabi jihatlarni yoritishni keyingi tad- qiqotlarimiz mavzusi sifatida qoldirdik. Resume. Ushbu maqolada astronim va kosmonim atamalarining izohi, farqi, tadqiqotlar doirasidagi turli yondashuv masalalari haqida so‘z yuritiladi. 1 2 3 4 Резюме. В данной статье рассматриваются толкование терминов астроном и космоном, разница и вопросы различных подходов в рамках исследования. 1 Юнусова З. Навоий асарлари тилидаги юлдуз лексемасининг гипонимик ва синонимик қуршовлари // Айюб Ғулом ва оъзбек тилшунослиги. – Тошкент, 2004. – Б. 124-130. 2 Юнусова З.Қ. Ўзбек тилида луғавий микросистеманинг таркиби ва ривожланиши (самовий ёритгичлар луғавий гуруҳи асосида): Филол. фанлари номзоди … дисс. – Тошкент, 2005. 3 Примов А.И. Ўзбек тили космонимларининг лисоний хусусиятлари: Филол. фан. номз... дисс. – Тошкент, 2009. 4 Рустамов А. Сўз хусусида сўз. – Тошкент: Ёш гвардия, 1987. – Б. 85-95. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling