Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

ga juda o‘xshaydidegan fikrlari asoslidir
10
. Sababi 
o‘zbek tilining izohli lug‘atida “Savr - yulduzlar turku-
miga kirgan bir guruh yulduzlar nomi”, Beruniy o‘z 
asarlarini arab tilida bitganligi sababli u qo‘llagan as-
tronimlar ham, asosan, arab tiliga mansubdir. Ammo 
uning asarlarida turkiy astronimlar ham uchraydi. 
Olim tomonidan ishlatilgan arabcha astronimlarning 
aksariyat qismi hozirgi kunda ham faol. Masalan, 
Hamal, Surayyo kabi. 
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” 
asarida ham Erantuz (Yupiterning nomi), Baqir soqum 
(Mars planetasi), Temur qazunguq (Qutb yulduzi), 
Yetikan (Etti qaroqchi yulduz turkumining boshqa 
nomi), Ulkar (Surayyo yulduz turkumi, Hulkar), Qara-
qush (Yupiter), Ay (Oy) kabi astronimlar izohlangan. 
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” sof badiiy 
asar bo‘lishi bilan bir qatorda ilmiy qimmatga ham 
ega hisoblanadi va asarda astronimlar haqida qim-
matli ma’lumotlar taqdim etiladi. Asarda Sekantir 
(Saturn), Ongay // Qaraqush (Yupiter), Korud // Baqir 
soqum (Mars), Yashiq (Quyosh), Sevit (Venera), 
Arzu (Merkuriy), Yalchiq (Oy), Ulkar (Hulkar), Yildiriq 
// Ayg‘ir (Sirius), Yetikan (Etti qaroqchi yulduz) kabi 
bir qancha astronimlarni uchratish mumkin
11

R.Doniyorov muallifligidagi “O‘zbek tilining ilm-
iy-texnikaviy terminlari tarixidan” asarida milliy tilim-
izningning astronomik terminlari tarixi va rivojlanishi 
to‘g‘risida juda qimmatli ma’lumotlar keltirib o‘tilgan 
va asarda Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Farg‘oniy, 
Chag‘miniy, Ibn Sino, Usturlobiy, Mahmud Qoshg‘ariy, 
Yusuf Xos Hojib kabi yirik olim va ijod egalari asarlar-
ida aks etgan astronomik terminologiyaga oid mate-
10 
Абу Райҳон Беруний. Ҳикматлар. – Тошкент, 1973. – Б. 
31.
11 
Юсуф Хос Ҳожиб. Қутадғу билиг. – Тошкент: Фан, 1971. 
– Б. 80-82.


46
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
riallarni keltirish orqali turkiy tillarga doir astronomik 
terminlarning millat uchun yangilik emasligi isbotlan-
di. Tadqiqotchi bu o‘rinda biz o‘rganmoqchi bo‘layot-
gan osmon jismlari nomlarini astronomik terminlar 
qatoriga kiritadi va biz tanlagan “astronimlar” atama-
sini qo‘llash aniq manzilda ekanligiga yana bir isbot 
bo‘ladi
1

XIII–XIV asrga oid muhim lingvistik asar “At-tuhfa” 
lug‘atida ham muallif u yoki bu so‘zlarni, qoidalarni 
isbot etish uchun Ay, Aq Ayg‘ir (yulduz nomi), Ariq 
Taq (Javzo yulduzi), Oq Ayg‘ir (yulduz nomi), Yashiq 
yamli (Suhayl yulduzi), Yitkir (yulduz nomi), Quyash, 
Temir qazuq (yulduz nomi), Cholpan (Venera sayyor-
asi) kabi turkiy astronimlarni obyekt qilib oladi
2

XIV–XV asrda astronomiya fanining rivojlanishi 
Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek, Alovuddin Abulhasan 
Ali Ibn Muhammad Samarqandiy (Ali Qushchi), Sa-
lohiddin Muso ibn Mahmud (Qozizoda Rumiy), kabi 
buyuk qomusiy olimlarning nomi bilan bog‘liqdir. Bu 
kabi olimlar o‘z kitoblarida ayrim o‘rinlarda osmon 
jismlari nomlarining ma’nolariga qisman bo‘lsa-da 
izoh berishga harakat qilishgan. 
Taxminan XIV-XV asrlarda yashab ijod qilgan 
Jamoliddin Abu Muhammad Abdulloh Turkiyning tur-
kiy tillarni o‘rganuvchi arablarga mo‘ljallab yozgan 
“Kitob bulg‘at al-mushtoq fi lug‘atit-turk va-l-qifchoq” 
(“Turk va qipchoq tillariga mushtoqlarni qoniqtiruvchi 
kitob”) nomli asari ham osmon jismlari to‘g‘risida qim-
matli ma’lumot beruvchi manba. Kitobning birinchi 
bobida Quyash, Qush yoli (Somon yo‘li), Yaraq (Yoy 
burji), Aq Ayg‘ir (Oq ayg‘ir yulduzi), Aruq taq (Orion 
yulduzlar turkumi), Ikki bozat (Kichik ayiq yulduzlar 
turkumi) kabi osmon jismlarining turkiy nomlari kelti-
rilgan
3
. Alisher Navoiy asarlarida ham osmon jismlari 
hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan predmetlar, voqea- 
hodidalar nomlari oltmishga yaqin so‘zlar bilan ifoda 
etilgani haqida B.Bafoyev o‘z tadqiqotida keltirib o‘ta-
di
4
.
Noilmiy asarlarda ham yozuvchi va shoirlar as-
tronimlardan unumli foydalandilar hamda bu jaray-
on xalqning astronimlar, osmon jismlari to‘g‘risidagi 
tasavvurlarining kengayishiga sabab bo‘ldi. Olimlar 
esa ana shu adabiy jarayondagi astronimlar ishtiro-
kini talqin qilishga harakat qildilar: A.Primov Z.Hami-
dovning Navoiy “Saddi Iskandariy” dostoni leksikasi-
dagi koinot ilmi sohasiga tegishli so‘z va atamalar 
xususida so‘z yuritganini va osmon jismlarining sof 

Дониѐров Р. Ўзбек тилининг илмий-техникавий термин-
лари тарихидан. – Тошкент: Фан, 1973.– Б. 92. 

Аттуҳфатуз закияту филлуғатит туркия. – Тошкент: Фан, 
1968. – 280 б.

Фозилов Э. Шарқнинг машҳур филологлари. – Тошкент: 
Фан, 1971. – Б. 21, 25, 50.

Бафоев Б. Навоий асарлари лексикаси. – Тошкент: Фан, 
1983. – Б. 152. 
turkiy nomlari arabiy, forsiy terminlar qatorida shoir 
asarlarida o‘z va ko‘chma ma’nolarda ko‘p qo‘llagan-
ligini ta’kidlab o‘tganligini va maqola muallifi Alisher 
Navoiyning osmon jismlarini turli uslubiy vositalar 
asosida o‘z va majoziy ma’nolarda foydalanganligini 
asosli ma’lumotlar bilan tahlil qilganligini o‘z disser-
tatsiyasida tahlilga tortadi. 
5
.
I.Bakirovaning “Navoiy asarlarida sayyora nom-
lari”, Z.Yunusovaning “Navoiy asarlarida qo‘llangan 
“yulduz” leksemasining ma’no qirralari” nomli ma-
qolalari ham osmon jismlarining asarda bajargan 
uslubiy vazifalarini izohlashga qaratilganligi bilan 
ahamiyatlidir. I.Bakirova shoir asarlarini tahlil qila tu-
rib, asarda ishlatilgan Merkuriy sayyorasiga mifologik 
qarashlar orqali “shoir va yozuvchilar homiysi” deya 
ta’rif berganligining guvohi bo‘lamiz
6
. Sh.Egamova 
Uvaysiy ijodidagi samoviy timsollarni tadqiq etishga 
bag‘ishlangan maqolasida apellyativ leksika (apel-

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling