Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
ғайрат ~ қайрат, ғәрез, дәўлет, қумар, қыял,
қымбат, мақсет, имкан, қанағат, пикир, сабыр, нийет кабилар 2 . Turkman tilida ham bir qator mavhum tushun- chalarni ifodalovchi so‘zlar arabcha o‘zlashmalar asosida shakllangan: sogap, däp, edep, laýyk, je- mal, adalat, ähmiýet, hormat, külpet, sabyr, takyk, şert va boshqalar. Y.Chungayevning “Hozirgi zamon turkman tili. Leksika” darsligida arapcha o‘zlashmalar quyidagicha tasniflangan: 1. Islom dini bilan bog‘liq o‘zlashgan so‘zlar: azan, ajal, alla, din, mazar, metjit, sadaka, sogap, pitre, täret, şerigat, şükür, remezan, haç. 2. Arab yozuvining keng tarqalishi bilan bog‘liq holda o‘zlashgan so‘zlar: elip, elipbiy, ders, bap, zarp, imla, kesir, kitap, molla, medrese, mekdep, mu- gallym, magaryf, nokat, talyp. 3. Inqilobdan oldingi davrdagi boshqaruv bilan bog‘liq o‘zlashgan so‘zalar: häkim, emir, esger, mejlis, memleket, jemhuriýet, halypa, kätip, kazy, hökümet, wezir, ymam, edara. 4. Oziq-ovqat nomlari bilan bog‘liq so‘zlar: asal, halwa, tagam, hamyr, gant, nabat, mürepbe, şerap, şeker. 5. Tabiat hodisalari bilan bog‘liq so‘zlar: howa, nur, şe- mal. 6. Harakat-holat, hol-ahvol nomlari bilan bog‘liq so‘zlar: däp, edep, edebi, ajap, ajaýyp, pakyr, pukara, syýasy, medeni, jemel, zalym, gadym, möhüm, laýyk, ylmy, taryhy, wagşy. 7. Narsa otlari bilan bog‘liq 1 Ўзбек тили лексикологияси. Масъул муҳаррирлар: Ҳожи- ев А., Аҳмедов А. –Тошкент: Фан, 1981. – Б. 119. 2 Баскаков Н.А. Каракалпакский язык. IV лексика. – Нукус: Билим, 1996. – С. 57. so‘zlar: hasa, şem, jisim. 8. Umumiy tushunchalar nomlari bilan bog‘liq so‘zlar: adalat, ähmiýet, emel, bela, hakykat, habar, haraba, hormat, pikir, delil, jeza, zelel, keyp, külpet, mazmun, nazar, wepa, sabyr, su- rat, takyk, şert, ynsan 3 . Shuningdek, turkman tilining leksikasi bo‘yicha keyingi davrlarda yaratilgan adabi- yotlarda arabcha o‘zlashmalarning farqli tasniflarni ham kuzatamiz 4 , ya’ni: 1. Din bilan bog‘liq so‘zlar: arypulla, arwah, inabet, müfti, zekat, kazy. 2. Mak- tab-madrasa bilan bog‘liq so‘zlar: mektep, medrese, ders, depter, müderris. 3. Ilm, madaniyat bilan bog‘liq so‘zlar: alym, ylym, mugallym, medniýet, münejjim. 4. Harbiy so‘zlar: zülpükar, jöwşen, jünt. 5. Predmetlern- ing, tabiiy hodisalalrning nomlari: arş. 6. Odam ism- lari: Äşe, Abdylkadyr, Abdulla, Zekerýa, Zelili, Idris, Züleýha, Isgender. 7. Ma’danlarning nomlari: jöwher. 8. Maishiy so‘zlar: asa, arwat, adam, akmak, aýýar, jeset, jümle, jüpbe, zabt, zarp, iblis, lagnat. Turkiy tillardagi arabcha o‘zlashmalar asosi- da hosil bo‘lgan mavhum ma’noli so‘zlar o‘ziga xos lingvomadaniy ma’no ifodalaydi. Ularning ba’zilarini tahlil qilamiz. Adolat (odil, adl) so‘zi arabcha adalat (un) so‘zidan olingan va o‘zbek, qoraqalpoq va turkman tillarida ayni bir xil ma’noda qo‘llaniladi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida “odilona ish tutish, odillik” deya izohlangan 5 . Ushbu so‘z asosiga so‘zga umumturkiy va fors-tojik- cha yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilib, adolatli, adol- atparvar, adolatsiz, adolatsizlik kabi so‘zlar yasalgan hamda adolatlilik belgisiga egalik yoki ega emaslik ma’nolarini ifodalovchi lug‘aviy birliklar hosil qilingan 6 . Shuningdek, o‘zbek tilida adolat so‘zi bilan bir xil asosga va yaqin ma’noga ega bo‘lgan adl, odil lug‘aviy birliklari ham qo‘llaniladi: adl qaror, odil rah- Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling