Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
MAVHUM TUSHUNCHA IFODALOVCHI ARABCHA
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
MAVHUM TUSHUNCHA IFODALOVCHI ARABCHA
O‘ZLASHMALARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI (o‘zbek, qoraqalpoq, turkman tillari misolida) Orazbayev Ergash Yuldashevich, Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi Turkiy tillarda bir qancha mavhum tushuncha if- odalovchi so‘zlar arab tilidan o‘zlashgan lug‘aviy birliklar hissasiga to‘g‘ri keladi. Darhaqiqat, insonlar tomonidan tasavvur va tafakkur orqali idrok qilinadi- gan, anglanadigan tushunchalar mavhum so‘zlar hisoblanadi hamda bunday lug‘aviy birliklarning til lug‘at fondidagi miqdori o‘sha tilning rivojini, taraqqi- ysini ko‘rsatuvchi xususiyatlardan sanaladi. Ya’ni ma’lum bir tilga xos mavhum ma’no qatlariga yashi- ringan inson ichki his-tuyg‘u (emotsiya)lari, hayolot va tasavvur olamining namoyon bo‘lish shakllari, if- oda birliklari o‘sha tilning ma’no nozikliklarini, tush- unchalarini, ilg‘amlarini aks ettirish barobarida o‘zida so‘z boyliklarini namoyon qiladi. Mavhum tushuncha ifodalovchi so‘zlarning ko‘pchiligi so‘z o‘zlashish- ning dastlabki bosqichida yozma manbalar orqali o‘zlashib, keyingi bosqichlarda bu xalqlarning og‘zaki so‘zlashuv tilida ham faol qo‘llaniladigan lug‘aviy bir- liklar sifatida keng istifoda etila boshlagan va hozirgi davrda ham ushbu tillarning asosiy lug‘at qatlamidan o‘rin olgan. Darhaqiqat, har qanday so‘z o‘zida til so- hiblari bo‘lgan etnosning madaniy xususiyatlarini aks ettiradi, ya’ni “madaniy kod” sifatida katta ahamiyatga ega. Zotan, ma’lum bir millat lug‘aviy fondi o‘sha xalq vakillari bosib o‘tgan uzoq tarixga xos milliy-mental o‘ziga xosliklarni tashiydi, xalq turmush tarzi, o‘y-ta- fakkuri, an’analarini namoyon qiladi. Ana shu ma’no- da arab tilidan o‘zlashgan mavhum ma’no ifodalovchi so‘zlarni antroposentrik paradigma asosida, xususan, lingvokulturalogik aspektda o‘rganish juda muhim. O‘zbek tili leksik qatlamida arabcha o‘zlashmalar asosida hosil bo‘lgan mavhum ma’noli so‘zlar qoraqa- lpoq va turkman tillariga qaraganda miqdor jihatdan ko‘p. Qoraqalpoq va turkman tillarida mavhum tus- huncha ifodalaydigan so‘zlar arabcha o‘zlashmalar bilan birga umumturkiy qatlam va ruscha-baynalmi- 55 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics lal o‘zlashmalar asosida yuzaga kelgan lug‘aviy bir- liklardan iborat. Masalan, o‘zbek tilida: adolat, istiho- la, mo‘tabar, kamolot, ma’sum, muqaddas, salobat, takabbur, mag‘rur, qabih, harom, halol, tabassum, tantana, halovat, huzur, alam, dahshat, mashaqqat, mojaro, hijolat, iltifot, ishtiyoq, muruvvat, muhtaram, shafqat, ehtirom, adovat, istehzo, riyo, tajovuz, hur- mat, g‘ayrat, e’tibor, jasorat, muhtasar, raqam, laziz, muattar, muallaq, tanqis, tansiq, xolis, shaffof, qa- noat, muammo, mubolag‘a, idrok, ikrom, iltijo, sab- ot tabarruk va boshqalar. O‘zbek tilidagi arabcha o‘zlashmalarning ko‘pchiligi abstrakt ma’no ifodalov- chi so‘zlardir. Hattoki konkret predmet va hodisalar nomi bo‘lgan so‘zlarda ham qandaydir mavhumlik ot- tenkasi mavjud: g‘alayon, miqyos, mavj, sohib, ayy- om, g‘ubor va boshqalar 1 . Qoraqalpoq tilidagi arab va fors tilidan o‘zlashgan o‘zlashmalarni N.A.Baskakov oltita lug‘aviy-mavzu- viy guruhga ajratgan: diniy mazmunli so‘zlar, ilm- iy terminologiya va mavhum tushunchalar, ishlab chiqarish va iqtisodiy terminologiya, ijtimoiy-siyosiy so‘zlar, maishiy leksika, grammatik ma’no ifodalovchi yordamchi so‘zlar. Ushbu so‘zlar tarkibida mavhum tushuncha anglatadigan leksik birliklar ham an- cha miqdorni tashkil qiladi: адил ~ әдил, азап, ар, Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling