Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

“Etnografizmlarni o‘rganish tilshunoslik, etnografiya, 
folklorshunoslik, arxeologiya va madaniyatshunoslik 

Владимирцов Б.Я. Заметки к древнетюрским и старамон-
гольским тестам, ДАН, В., 1929, с. 191-192.

Дмитриев А.К. Строй тюркских языков, М., 1962, стр. 554.

Носиров Ш.Ём шеваси. Ўзбек диалектологиясидан мате-
риаллар, т, 11, Т, 1960, 229-бет 
fanlari hamkorligida amalga oshirilgandagina kutil-
gan natijalarga to‘laqonli erishiladi
4

O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘zbek xalqin-
ing etnomadaniy hayot tarzi, urf-odatlari, an’analari, 
marosim va ijod namunalari asosan tarixchi va folk-
lorshunoslar tomonidan ko‘proq o‘rganilgan. Xusu-
san, O‘zbek marosim folklorining o‘ziga xos tabiati, 
janrlar tarkibi, tasnifi va marosim qo‘shiqlarining ba-
diiy xususiyatlari kabi masalalar M.Alaviya, B.Sarim-
soqov, N.Qurbonova, M.Jo‘raev, S.Davlatov, N.Qur-
bonboeva, O.Ismonova, G.Mardonovalar tomonidan 
tadqiq etilgan.
Etnografizmlarni tilshunoslikning yangi talablari 
asosida tadqiq etish va o‘rganish borasida oxirgi o‘n 
yillikda bir qator ilmiy ishlar yaratildi va bu yo‘nalish-
dagi izlanishlar davom ettirilmoqda. Mirzaev, Bobo-
jonov va Jo‘raboev kabi olimlarning etnografizmlarni 
o‘rganish bilan bog‘liq ishlarida dialektalogik va etno-
lingvistik tamoyillar ustuvor hamda tavsifiy xarakter-
ga ega bo‘lsa, oxirgi yillarda sistem
5
, leksikografik
6

antropotsentrik
7
, semantik
8
sathdagi bir qator ilmiy 
tadqiqotlar yakunlandi. Shuningdek, dialektal maqol 
va matallar bilan bog‘liq etnografizmlarni o‘rganish-
ga doir
9
, hamda Shimoliy Afg‘onistonda yashovchi 
o‘zbeklar to‘y marosimlariga aloqador
10
ilmiy tad-
qiqotlar yaratildi. 
Albatta, tilshunoslikdagi har bir tadqiqot davrn-
ing va sohaning eng dolzarb muammolarini o‘zida 
qamrab olishi va uning yechimiga qaratilishi zarur. 
Oxirgi yillarda globallashuv jarayonining shiddat bi-
lan kechishi, keyingi avlodlarning zamonaviy ha-
yot tarziga moyilligi, sanoatlashish va shaharlash-
ish jarayonining tezlashishi natijasida turli xil tarixiy 
kasb-hunarlarning kundalik hayotdan chiqib ketishi-
ga hamda, milliy qadriyatlar, an’analar, xalqlarning 
mahalliy urf-odatlari va marosimlarga salbiy ta’sirini 
yuzaga chiqarmoqda. Bu esa o‘z navbatida xalqlarn-

Ашуров Д. “Алпомиш” достонининг лингвокультрологик 
хусусиятлари, Наманган, 2021.

Кахарова М. Ўзбек этнографизмларининг системавий 
тадқиқи. филол.фан.номзод.дисс. Т., 2009.

Амантурдиев Н.Р. Сурхондарё этнографизмларининг 
лексикографик хусусиятлари. Фил.фан.бўйича фалс.док. 
(PhD) дис. – Гулистон, 2021. 

Нуржонов О.Э. Қорақалпоғистондаги ўзбек шевалари 
этнографизмларининг антропоцентрик тавсифи. Фил.фан.
бўйича фалс.док. (PhD) дис. – Нукус, 2021.

Қурбоназарова Н. Сурхондарё воҳаси тўй маросими эт-
нографизмларининг семантик табиати ва лингвомаданий 
тадқиқи. Фил.фан.бўйича фалс.док. (PhD) дис. – Термиз, 
2021.

Омонтурдиев А. Раҳмонов Б. Сурхондарё диалектал-эт-
нографик мақолларининг қисқача изоҳли луғати. Тошкент, 
2019. –Б. 10. 
10 
Муҳаммад Ҳумоюн Надим. Шимолий афғонистон ўз-
беклари тўй маросими этнографизларининг тизимий ва лек-
сикографик хусусиятлари. Фил.фан.бўйича фалс.док. (PhD) 
дис. – Термиз, 2022.


51
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
ing milliy qadriyatlari, chekka qishloqlarda saqlanib 
kelayotgan urf-odat va an’analar, marosimlarning 
yo‘qolib ketishiga sabab bo‘ladi. Mazkur jarayon ijti-
moiy soha olimlariga ham o‘ziga xos mas’uliyat yuk-
laydi. So‘nggi yillarda tilshunoslikning etnolingvistika, 
lingvokulturologiya, areal lingvistika, antropologiya, 
sotsiolingvistika, etnopsixolingvistika, va boshqa so-
halarining rivojlanishi ham yuqoridagi omillar bilan 
bevosita bog‘liq. Qolaversa, so‘nggi yillarda alohida 
yo‘nalishlarga e’tibor qaratilib, etnolingvistik, etnop-
sixolingvistik, antropotsentrik, dialektologik, folklor, 
lingvomadaniy sohada tadqiqotlar ko‘lamining ken-
gayganligi ham muammoning dolzarbligini anglatadi. 
Bu xavotir yuqorida etnografizm sohasida izlanish 
olib borgan tilshunoslar asarlarida ham o‘z aksini top-
gan. Xususan, Nurjonov bu jarayonga quyidagicha 
yondashadi: “Haqiqatan, bugungi globallashuv jaray-
oni har bir xalqdan madaniy o‘ziga xosligini saqlab 
qolishga jiddiy e’tibor qaratishini, buning uchun esa 
millatning ilg‘or qatlami tilning madaniyatda aks eti-
shi va, aksincha, madaniyat belgilarining til tizimida 
ifodalanishini anglab yetishi hamda millat barcha va-
killariga yetkazib bilishi talab qilinadi. 
Ushbu fikrlarga tayangan holda, etnografiyaning 
tilshunoslik sifatidagi rivoji, etnolingvistika fanining 
mavqeyi, etnografizmlarni keng miqyosda tadqiq 
etishga rag‘bat bugungi kunda har doimgidanda 
zarurat ekanligii ko‘rish mumkin.
Yuqorida nomlari qayd etilgan tilshunoslar va 
boshqa olimlar tomonidan etnografizmlar tadqiqiga 
oid ishlar natijasida bir qator yutug‘larga erishilgan 
bo‘lsada, etnografizm termini bilan bog‘liq bir-biriga 
zid qarashlar va chalkash fikrlar ham yetarli. Bu hali 
o‘zbek tilshunosligida etnografizmlarni lingvistik sath-
da o‘rganish bilan bog‘liq tajribaning kamligi, uning 
nazariy jihatdan aniq chegarasini belgilab qo‘yuvchi 
metodologik tadqiqot manbalarining deyarli yaratima-
ganligi bilan ham bog‘liq. Fikrimizcha, etnografizmlar-
ni o‘rganishda avvalo muvofiqlashtiruvchi tadqiq 
markazini yaratish zarur. Misol uchun bir paytlar 
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasida Dialektologiya 
sektori mavjud bo‘lgan hamda ushbu markaz she-
vashunoslik bilan bog‘liq barcha tadqiqotlarni kuzatib 
borgan va yaxlitlagan. Dialektologik sathda o‘rgan-
ilishi zarur bo‘lgan eng dolzarb jihatlarni, muammoli 
masalalarni tadqiqotchilar e’tiboriga havola qilgan.
Xuddi shunday mazkur etnolingvistik markaz 
ham lingvistik tadqiqotlar doirasida etnografik faol 
va nofaol mintaqalarni aniqlab olish, umumadabiy 
etnografizmlar va dialektal etnografizmlarni farqlash, 
dialekt va etnografizm tushunchalarining o‘zaro che-
garasini belgilash, maqol, matal va aytimlar shakli-
dagi etnografik birliklarning lingvistik maqomini belgi-
lash kabi masalalarni hal etishi zarur.
O‘zbek tilining etnografik leksikasi mintaqaviy 
asosda to‘la tadqiq qilinmagan bo‘lib, bu holat biz 
o‘rganayotgan hudud shevalariga ham taalluqli. Ush-
bu muammoni to‘la tadqiq etish xalq hamda til tar-
ixining haligacha mavhum ayrim jihatlarini ochishga 
yordam beradi. Mazkur hududda ham turli millat va-
killari yashaganligi sabab ularning tillarida o‘ziga xos 
nomushtarak tomonlar mavjud bo‘lib, bu ularning et-
nografik leksikasida ham ko‘zga tashlanadi. 
Yuqoridagi sabab va omillarga asoslanib, et-
nografizmlarni o‘rganish, etnografik birliklarni yig‘ish 
va ularni lug‘at holatga keltirish, ularni tilshunoslik 
obekti sifatida lingvomadaniy aspektda tadqiq qilish 
bugungi kunning dolzarb masalalaridandir. 

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling