Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

РезюмеВ данной статье при изучении термина дискурс в современной лингвистике большое зна-
чение придается выражению и анализу научных теорий. Обсуждаются процессы развития и особен-
ности политической лингвистики.
Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, та’lim. 2023; 5
ISNN: 2181-1741 (Print)
ISNN: 2181-1725 
TERMINOLOGIYADA POLISEMIYA HODISASINING TALQINI
Xudoyberdiyeva Gulmira Allaberdi qizi,
Termiz davlat universiteti
o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi
Bugungi kunda inson ijtimoiy faoliyatining bar-
cha jabhalarida: iqtisod, san’at, madaniyat kabi 
ko‘plab boshqa sohalarda jadal taraqqiyot va o‘zaro 
integratsiya to‘xtovsiz davom etib kelmoqda. Bu o‘z 
navbatida yangi fan tarmoqlarining paydo bo‘lishi 
bilan birga yangi tushuncha va terminlarni yuzaga 
keltirmoqda. Terminosistemaning bunday boyib bor-
ishi tilshunoslar oldiga ushbu sohani har tamonlama 
puxta o‘rganish zaruratini qo‘ymoqda. Bu zarurat 
asosida esa yangidan yangi tadqiqotlar maydonga 
kelmoqdaki, buning natijasida, yangi monografiyalar, 
dissertatsiyalar, umumlingvistik va maxsus lug‘atlar 
dunyo yuzini ko‘rmoqda. Bajarilayotgan bu ishlarning 
barchasi, albatta, inson va uning manfaatlari uchun 
xizmat qilishi shubhasizdir. 
Mazkur maqola tilshunoslik fanlari orasida alohi-
da mavqega ega bo‘lgan terminologiya sohasida ku-
zatiluvchi polisemiya hodisasi haqida rus va o‘zbek 
tilshunoslarining fikr-mulohazalari tahliliga e’tibor qa-
ratiladi. 
Terminologiya sohasida birichi bo‘lib chuqur ilmiy 
tadqiqotlar olib borgan rus olimi D.S.Lottening ta’kid-
lashicha, terminda “nisbiy aniqlik” bo‘ladi. Muayyan 
bitta termin muayyan soha terminologiyasida bir 
ma’noli bo‘lishi lozim
1
. O.S.Axmanova ham o‘zining 
“Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati” nomli kitobida 
ta’kidlashicha, terminlar polisemiya va kontekst o‘rta-
sidagi munosabatlar masalasi bilan bog‘liq atama” 
ekanligini ta’kidlab, terminlar asosan monosemantik 
tabiatli bo‘lishi mumkin
2

A.V.Superanskaya esa “Termin – bu professional 
bilimlarning muayyan sohasi atamalar tizimiga kiru-
vchi tushuncha hisoblanib, u so‘z bilan ifodalanadi. 
Termin – maxsus maqsadlar uchun mo‘ljallangan 
tilning asosiy ma’noviy elementidir. Termin bir ma’no-
da qo‘llaniladi. Turli maydonlarning bir xil aytiladigan 
terminlari – omonimlardir”
3
, degan fikrni ilgari suradi.
Rus tilshunoslarining ilmiy tadqiqot ishlarini kuzat-

Лотте Д.С., Основы построения научно-технической тер-
минологии. – Москва: Изд-во АН ССР, 1961. – 160 с.

Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. Изд. 
2-е. – М.: Советская энциклопедия, 1969. – 608 с.

Суперанская А.В. Общая терминология. – М.: УРСС, 
2009. – С. 5.


61
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
adigan bo‘lsak, bunda terminlarning monosemantikli-
gi haqidagi fikrlar ustuvorlik kasb etganining guvohi 
bo‘lamiz. Lekin bu tadqiqotlardan olingan xulosala-
rga qo‘shilmaydigan olimlarning ilmiy maqolalarida 
bayon etgan fikrlari bilan ham tanishib chiqish o‘rinli 
nazarimizda.
Xususan, rus tilshunosi V.A.Tatarinov termi-
nologiyada monosemiyaga zid bo‘lgan polisemi-
ya hodisasi ham mavjudligini, terminologik birlik 
polisemiyasi salbiy xususiyat sifatida baholan-
masligini ta’kidlaydi
1
.
Ko‘p ma’noli leksemalarda semalar miqdori turli-
cha bo‘ladi. Ikki va undan ortiq ma’noga ega polise-
mantik leksemada hosila ma’nolar uchun asos 
bo‘lgan ma’no har doim umumiy bo‘lavermaydi. 
O‘zbek tilining terminologik tizimlariga bag‘ishlan-
gan tadqiqotlarda berilgan ilmiy fikrlarga e’tibor qa-
ratadigan bo‘lsak, aksariyat terminologik tizimlar-
da mavjud terminlarning ko‘pchiligi monosemantik 
ekanligini kuzatamiz. Ammo bu hol terminosistemada 
polisemiya mavjud emas, degan xulosani bermaydi. 
Leksemalarga xos monosemiya va polisemiya hod-
isalari terminologik tizim leksemalarida o‘ziga xos-
lik kasb etadi. Bu terminga qo‘yiladigan talab bilan 
bog‘liqdir. Ya’ni terminlarda zarur hisoblangan aniqlik 
xususiyati uni ma’no ko‘lamining umumiste’mol lek-
semalar ma’no ko‘lamiga nisbatan tor bo‘lishiga olib 
keladi. Mana shu jihatdan ham turli sohalarda qo‘llab 
kelinayotgan terminlarning ma’no ko‘lamini maxsus 
o‘rganish muhim ilmiy va amaliy (xususan, lug‘at-
shunoslik) uchun xulosalar bera olishi bilan ahami-
yatli hisoblanadi.
Terminologiya sohasida tadqiqot olib borgan 
o‘zbek tilshunos olimlarining ilmiy xulosalriga e’tibor 
qaratar ekanmiz o‘zbek tilshunosligida ham termin-
ga bir ma’nolilik xos xususiyat ekanligi qo‘llab-quv-
vatlangan. Bu fikrning isboti tariqsida professor Said 
Usmonovning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tish o‘rinli.
“Termin hamma vaqt – gapda ham, gapdan tash-
qarida ham bir ma’noli bo‘ladi. Uning bir ma’noli bo‘li-
shi ma’lum fan yoki maxsus sohadagina qo‘llanish 
xususiyati orqali yuzaga keladi”
2
deb ta’kidalaydi olim. 
Termin ilm-fan, texnika, inson faoliyatining muayyan 
sohasi yoki o‘zaro yaqin bo‘lgan sohalar doirasida bir 
ma’noli bo‘ladi. Bu esa tilshunoslikda terminlarning 
monosemantikligi haqidagi qarashlar ustuvor ekanini 
bildiradi.
Ma’lumki, fan aniqlikni talab qiladi va o‘z-o‘zidan 
fan sohasida qo‘llanuvchi terminlar ham aniqlikka inti-
ladi. Akademik Azim Hojiyev ta’kidlaganidek, “termin-
lar bir ma’noli bo‘lishi, ekspressiv va emotsionalikka 

Татаринов В.А. Теория терминоведения:в 3 т./ В.А. Тата-
ринов. – М.:Московский Лицей, 1996. – 366 c.

Усмонов С. Ўзбек терминологиясининг баъзи масалала-
ри. – Тошкент: Ўқитувчи, 1968. – Б.7.
ega bo‘lmasligi kabi belgilari bilan umumiste’moldagi 
so‘zlardan farqlanadi
3
. Ya’ni terminda ijobiy yoki sal-
biy ma’no ottenkalari, birdan ortiq semalarning mav-
judligi terminning aniqligiga putur yetkazadi. 
Terminlararo ko‘p ma’nolilikni tilda mavjudligini 
e’tirof etish va tan olish lingvistikaning turli tilshunos-
lik maktablarining tadqiq yo ‘nalishiga bog‘liq ravish-
da o‘zgarib turadi. Tilshunos olim I.Islomovning qayd 
etishishicha, ko‘p sonli terminlarning polisemantikligi, 
ularning kontekstga bog‘liqligi terminlarning qo‘shim-
cha lingvistik tabiati, ularning nazariya, ilmiy yo‘nal-
ishlar va maktablar bilan aloqadorligi bilan izohlanadi 
va u bilan aloqador
4
.
Sh.Safarov hamda X.Saitqulovlarning fikricha, 
aynan terminlar bir ma’noli ekanligi bilan so‘zlardan 
farq qiladi. Uning semantikasida konnotativ sema 
yuzaga kelmasligi terminning tabiatiga xos. Boshqa 
tilshunoslar esa bir ma’nolilik faqat matn bilan aloqa-
dorlikda namoyon bo‘lishi, ya’ni har qanday matnda 
aynan bir tushunchani ifodalab, matn ichidagina bir 
ma’noli bo‘lishini ta’kidlaydilar”
5
.
Terminologik polisemiya barcha soha terminologi-
yasida kuzatiladi. Bu holat umumfilologik va maxsus 
lug‘atlarda ham keng holda o‘z aksini topmoqda. 
Ayrim terminlarning semantik strukturasi umumleksik 
ma’no, terminologik ma’nodan tarkib topgan bo‘lsa, 
ba’zi terminologik birliklarda birdan ortiq tushuncha 
bilan bog‘liq ma’nolar mujassamlashganligining gu-
vohi bo‘lishimiz mumkin. Bu esa leksik-semantik 
munosabatlarning terminologiyadagi o‘rnini, termi-
nologik polisemiyaning shakldoshlik va polifunksion-
allik bilan munosabati masalasini alohida yondashuv 
asosida baholash va tavsiflash hamda terminologiya-
da yuzaga kelayotgan ko‘p ma’nolilikning oldini olish, 
tartibga solish bilan bog‘liq vazifalarning dolzarbligini 
ko‘rsatib turadi.
Bir guruh tilshunos olimlar biror so‘zning termin 
bo‘lishi uchun uning qo‘llanish doirasi cheklanishi 
shart emasligi, biror soha doirasida terminlik kasb 
etishi qat’iy talab emasligini ta’kidlaydi. Muayyan 
tushunchaning aniq va barqaror ifodasi bo‘lgan so‘z 
va so‘z birikmalari termin bo‘lavermasligi to‘g‘risida 
fikrlarini bayon etadi. Ta’kidlash lozimki, terminning 
bir ma’nolilik xususiyati muayyan soha terminosiste-
masida namoyon bo‘ladi. Ushbu terminologik tizim 
doirasidagina monosemantiklik kasb etadi. Bosh-

Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. 
– Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2002. – Б. 
104.

Исломов И. Ўзбек тилининг географик терминологияси: 
тизими, генезиси,семантик структураси ва лексикографик 
талқини: Филол. фан. докт. ... дисс. – Қарши, 2021. – Б. 125. 
– 216 б.

Сaфaров Ш.С., Сaиткулов Х.С. Теория и прaктикa терми-
нологической номинaции. Учебное пособие. – Сaмaркaнд: 
СaмГУ, 1986. – С. 59.


62
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
qa soha terminosistemasida qo‘llanganda esa bir 
ma’nolilik jihatini yo‘qotadi.
Terminosistemada polisemiya hodisasi mavjud-
ligini “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” ni tadqiq obyekti 
sifatida kuzatganimizda duch kelishimiz mumkin. 
Lug‘atda ko‘p ma’noli sifatida berilgan so‘zlar oldidan 
uning termin ekanligini ko‘rsatib beruvchi pometalar 
bilan kelgan. So‘zimizning isboti tariqasida lug‘atdan 
olingan quyidagi misolga e’tibor qaratamiz: 

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling