Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
Agglyutinatsiya 1 biol. Suyuqlik ichida mual-laq
suzib yuradigan zarrachalarning, mas, qizil va oq qon tanachalari, mikroblar va sh.k. ning bir-biriga yopishib, qumoq-qumoq bo‘lib cho‘kishi. 2 tlsh. So‘z yasalish yoki shakl (forma) yasalish asosini o‘zgartmagan holda unga standart affikslar- ni qo‘shish orqali so‘z yoki shakl yasalishi. Agglyuti- natsiyada har bir affiks faqat bir grammatik ma’noga ega bo‘ladi. Mas, terimchilarimizga so‘zidagi har bir qo‘shimcha (-im, -chi, -lar, -{i)miz, -ga) o‘ziga xos ma’no va vazifaga egadir 1 . Tilshunoslarga ko‘proq lingvistik termin sifati- da ma’lum bo‘lgan agglyutinatsiya atamasi biologi- ya fanida ham qo‘llanishini lug‘atdan bilib olishimiz mumkin. Fikrimizni misollar bilan davom ettiradigan bo‘lsak, dislokatsiya termini izohli lug’atda polisemantik ter- min sifatida berilgan. Uning semalari harbiy termin sifatida harbiy qismlarning mamlakat bo‘ylab belgil- angan joylarga o‘rnashtirilishi, harbiy-havo kuchlarin- ing tegishli aerodromlarga, harbiy-dengiz floti kema- larining portlarga taqsimlab joylashtirilishi ma’nosini anglatsa, geologiyada tog‘ jinslari dastlabki joylan- ishining buzilishi, o‘zgarishi izohi bilan berilgan. Bu terminning uchinchi semasi tibbiyot termini sifatida sinish yoki chiqish paytida suyakning joyidan siljishi deb ta’riflangan. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, tilshunoslik sohasi mutaxassislari, xususan, termi- nologlar tomonidan terminning monosemantik yoki polisematik bo‘lishi masalasi yechimi hali to‘liq hal etilmagan. Obyektiv jarayon shuni ko‘rsatmoqda- ki, ayrim terminlarning semantik tarkibi birdan or- tiq ma’nodan tashkil topganligini, ya’ni terminologik polisemiyaning mavjudligini ko‘rsatib turbidi. Resume: This article analyzes the scientific isoxes of information provided by the Russian and Uzbek languages of the police service, which provides information about terminology. While much information in terms has been refuted by terminological scientists, the object has considered that the state-separated terms are polysemantic. Резюме: В данной статье анализируются выдающиеся научные объяснения феномена многознач- ности, зафиксированные в области терминологии, со стороны русских и узбекских лингвистов. Хотя многозначность терминов отвергается учеными-терминологами, объективная ситуация предполагает, что некоторые термины являются многозначными. 1 1 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. 1-5-жилдлар. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси, 2006. – 680 б. 63 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, та’lim. 2023; 5 ISNN: 2181-1741 (Print) ISNN: 2181-1725 Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling