Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDAGI IQTISODIY
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDAGI IQTISODIY
TERMINLARNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI Egamnazarova Zaynab Xolmurod qizi, Termiz davlat pedagogika instituti xorijiy tillar nazariyasi va metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi Terminlarni yaratish boʻyicha amaliy faoliyat xalqlarning moddiy va ma’naviy madaniyatini rivo- jlantirish jarayonida amalga oshiriladi. “Ilm-fan, madaniyat, ishlab chiqarish faoliyatining har qanday soha terminologiyasi tarixi shu bilan birga tabiat va jamiyat toʻg‘risidagi bilimlarni rivojlantirish qonunlari haqidagi tarixdir” 1 . Terminologiya fan tilining asosidir. Ishlab chiqarish yoki fanning har bir maxsus sohasi oʻz terminologiyasiga ega. Terminologiya tilning soʻz boyligining eng harakatchan qismidir, ayniqsa soʻnggi oʻn yilliklarda ilm-fan va texnologiyaning jadal rivojlanishi natijasi- da u ham jadal rivojlanmoqda. Uning rivojlanishi va faoliyatida ijtimoiy omillarning hal qiluvchi roli, ayniq- sa, ilmiy va texnik jihatdan yaqqol namoyon boʻladi. Terminlar shakllanishining haqiqiy sur’atini o‘rganish uchun terminologiya va tegishli bilim sohasini oʻzaro bog‘liq oʻrganish zarur. Ilmiy terminologiya tilning leksik semantik tizimin- ing eng dinamik qismidir. Turli tillar materiallari aso- sida olib borilgan terminologik tizimlarning koʻplab tadqiqotlari doimiy ravishda ularda ma’lum bir bilim sohasining lug‘atiga ta’sir qiluvchi umumiy lingvistik qonunlar va oʻziga xos holatlarning oʻziga xos oʻzaro bog‘liqligini ochib beradi. Rieltorlik faoliyati iqtisodiy tarmoqlardan biri bo‘lib, rieltorlik faoliyatiga oid terminlarni rivojlanish ten- densiyalari bevosita iqtisodiyot bilan ham bog‘liqdir. Iqtisodiyot fanining inglizcha asosiy atamalarini oʻr- ganish, iqtisod fanining oʻzini va nazariy asoslarni oʻrganmay turib, imkonsizdir. Avvalambor iqtisodiy sohalarni rus tilshunos olimi E.A.Xudinshina 3 ta kat- ta yirik tarmoq 2 qa ajratgan: Maxsus iqtisodiy sohalar 1. sanoat iqtisodi 2. qurilish iqtisodi 3. bank ishi 4. mehnat iqtisodi 5.Rieltorlik faoliyati 1.buxgalteriya hisobi 2.boshqaruv 3.statistika 4.moliya va boshqalar 1.Iqtisodiy geografiya 2.Iqtisodiy psixologiya 3. Iqtisodiy tarix 1-rasm. Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling