Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
davlat yerlariga mulkchilikning alohida turi
1 sifatida 1425-yilda inglizcha domination, ya’ni biror narsaga ega boʻlish, egalik qilish 2 atamasi sifatida ingliz tiliga kirib keldi, zamonaviy ingliz tilida esa – hukmronlik ma’nosida qo‘llaniladi. Lotin tilidagi capitula – boblar termini qadimgi Rimda capitulyar odatda Buyuk Karl (miloddan avvalgi 929 yil)gacha boʻlgan frankon qi- rollarining umumiy farmonlari Kapitulariyalar deb nomlangan, chunki ular boblarga boʻlingan - capitula 3 va inglizcha “capital-kapital” (pul miqdori) terminlari 1430 yilda kapitulariyalar asosida paydo boʻlgan 4 . Lo- tincha heredium – xususiy yer mulklari, mulk boʻyicha meros 5 termini 1540-yilda meros maʼnosini egallab, inglizcha heredity atamasiga aylantirilgan. Milodiy 784 yilda uning yangi ma’nosi – irsiyat yoki xarakter paydo boʻldi 6 . Qadimgi Yunonistonda Rim moliyaviy boshqaru- vida cheksiz qat’iylik bilan soliqlarni undirish usullari mavjud edi. Ushbu soliqlardan biri “publicani” (Lotin- cha publicanus so‘zidan olingan) 7 deb nomlangan va u asosan dehqonlardan olinadigan soliq turi bo‘lgan. Keyinchalik, Angliyada 1200 yilda lotincha publicanus terminidan soliqchilar so‘zi paydo boʻldi. 1728 yilda soliq yig‘uvchining ma’nosi boshqa ma’noga oʻzgardi va 60-yildan hozirgi qovoqxona yoki piva sotadigan do‘kon xo‘jayni sifatida qo‘llanila boshlandi 8 . Sanoat davri terminologiyasi. Bu davrga xos leksik birliklarning aksariyati oddiy leksik birliklardir. VIII-XIII asrlarda feodal iqtisodiyotining boshlanishi bilan sanoat davri terminologiyasi shakllanadi. IX as- rda Angliyada manor termini paydo bo‘ldi va u katta 1 Дворецкий, И. X. Латинско - русский словарь: ок. 50000 слов / - 3 -е изд., испр. - М.: Рус.яз., 1986. – C. 265. 2 Barnhart Robert K. Dictionary of Etymology: The origins of American English. Words, 1995. – C. 218. 3 Бланки. А. История политической экономики в Европе. Т. 1. – Спб., 1869. – C. 25-27. 4 Barnhart Robert K. Dictionary of Etymology: The origins of American English. Words, 1995. – P. 246. 5 Дворецкий, И. X. Латинско - русский словарь: ок. 50000 слов / - 3 -е изд., испр. – М.: Рус. яз., 1986. – C. 361. 6 Barnhart Robert K. Dictionary of Etymology: The origins of American English. Words, 1995. –p. 350. 7 Дворецкий, И. X. Латинско - русский словарь: ок. 50000 слов / - 3 -е изд., испр. – М.: Рус.яз., 1986. – C.634. 8 Barnhart Robert K. Dictionary of Etymology: The origins of American English. Words, 1995. –P.615 yerga egalik qilish ma’nosini bildirar edi, lekin shu bi- lan birga, XI asrda qaytarib olish huquqiga ega boʻl- gan jamoa a’zolarining kichik (10 gektargacha) shax- siy mulki ham paydo boʻldi. 1066 yilda Normand gert- sogi Uilyam Angliyani bosib olgandan soʻng, ishlab chiqarish munosabatlarida feodal tushunchasi kirib keldi: yer qirolning nominal mulki, baronlar, lordlar, monastirlar va dehqonlar esa faqat shartli egalari edi. Yerga egalik qilish shakli o‘zgargandan so‘ng ular bi- lan bog‘liq barcha terminologiya oʻzgargan, koʻplab leksik birliklar fransuz tilidan olingan. Fransuz tilining “mamlakat boshqaruvini oʻz qoʻllariga olgan “g‘oliblar” tili boʻlganligi koʻplab oʻzlashtirilgan fransuz soʻzlarin- ing paydo bo‘lishiga olib keldi va bu soʻzlar alohida, yakka birlik sifatida emas, balki semantik yoki struk- turaning katta, integral tizimlariga kiritilgan. Masalan, business, credit, stock, natural price, fixed and float- ing capital, total and net profits so‘zlari sanoat davri terminologiyasi tarkibida shakllangan so‘zlardir. XVIII asrda sanoatdan keyingi davr. Sanoat toʻn- tarishi davri terminologiyasi. “Iqtisodiy fikrning yuksal- ishi” uchun keng imkoniyat ochdi 9 . Kambag‘allardan olinadigan daromad soliqlari Buyuk Britaniyada 1601 yildan, Irlandiyada 1838 yildan paydo bo‘lgan. 1834 yildagi islohotdan soʻng soliq yig‘ish uchun qulay An- gliya ittifoqlar (unions)ga boʻlingan, bu leksik birlik lo- tin tilidagi unionem birligidan olingan bo‘lib, 1410 yilda paydo boʻlgan 10 . Hozirgi vaqtda unionem atamasi an organization of employees working in the same indus- try or doing similar jobs, that represents its members in discussions with management 11 (bir sohada ishlay- digan yoki shunga oʻxshash ishlarni bajaradigan xod- imlarning tashkiloti bilan muzokaralarda oʻz a’zolarini ifodalovchi tashkilot) ma’nosini anglatadi va koʻpincha trade union terminologik birikmasida qoʻllaniladi. Muayyan adabiy tilning leksikasi oʻz tarkibida maxsus tushunchalarni ifodalovchi terminologik so‘zlarni u yoki bu darajada qamrab olishi lingvisti- kada e’tirof etilgan voqelik hisoblanadi. Oʻzbek ter- minologiyasi tizimi ham bundan mustasno emas. Adabiy soʻzlardan farqli ravishda doim maxsus tush- unchalarni anglatish, ifodalash uchun xizmat qilishga yoʻnaltirilgan terminlar oʻzbek adabiy tilining shakl- lanish va taraqqiy etish bosqichlari zamirida tarkib topdi va takomillashdi. 9 Сурин А. И. История экономики и экономических учений / А. И. Сурин. - М.: Финансы и Статистика, 1998. – C. 28. 10 Robert K. Barnhart. Dictionary of Etymology: The origins of American English. Words, 1995. – C. 846. 11 Oxford Dictionary of Business English for learners of English, Oxford University Press, 1994. - p.441. 66 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics Istiqlol davri o`zbek tili Sho`rolar davri o`zbek tili Eski o`zbek adabiy tili Eski turkiy til Qadimgi turkiy til TERMINOL GIYA 2-rasm. Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling