Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TIL BIRLIKLARI VA MADANIYATLARARO MULOQOT BIRLIKLARI SIFATIDA ANTROPONIMLARNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI Berdiyeva Zulfiya Safarovna
Resume. This article is aimed at researching the development trends of economic terms in English and
Uzbek languages, studying them by periods. Резюме: Данная статья направлена на исследование тенденций развития экономических терми- нов в английском и узбекском языках, изучение их по периодам. 1 2 3 1 Usmonov 0.,Sh.Hamidov Sh. 0 ‘zbek tili leksikasi tarixidan materiallar (XIX asming oxiri - XX asming boshlari).-Toshkent: Fan, 1981. – B.34 2 Dadaboyev H. O‘zbek tili terminologiyasi. – Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2019. – B.6-7 3 Dadaboyev H. O‘zbek tili terminologiyasi. – Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2019. – B.19 69 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, та’lim. 2023; 5 ISNN: 2181-1741 (Print) ISNN: 2181-1725 TIL BIRLIKLARI VA MADANIYATLARARO MULOQOT BIRLIKLARI SIFATIDA ANTROPONIMLARNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI Berdiyeva Zulfiya Safarovna, Termiz davlat pedagogika instituti xorijiy tillar nazariyasi va metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Bizga ma’lumki, azaldan inson ismining qanday talqin etilishiga qiziqishlar bildirilgan. Chunki inson ismi nafaqat estetik, balki ma’naviy, madaniy va lingvistik masala deb ham hisoblangan. Ya’ni, bo- lalarni ularning tug‘ilgan yurtiga xos bo‘lgan ismlar bi- lan atash kerak, shunda ularning taqdiri baxtli bo‘ladi, degan ishonch bo‘lgan. Bu rostmikan? Ism o‘zi nima, uning mohiyati va ma’nosi qanaqa? O‘z – o‘zidan shu kabi savollar paydo bo‘ladi. Bu kabi savollarga javob topish uchun onomastikaning bir qismi hisoblangan antroponimika sohasiga murojaat qilamiz. Har qanday tildagi oʻziga xos nomlar asrlar davo- mida tarixiy shaxslar, tarixiy voqealar, maʼlum bir et- nik guruh yoki xalq yashaydigan maʼlum hudud, un- ing madaniyati, ularning hayot kechirish tarzi, eʼtiqodi va boshqalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yetkazish uchun noyob imkoniyat yaratadi. To‘g‘ri nom (onim) tilshunoslikning alohida soha- si - onomastikaning o‘rganish obyekti bo‘lib, u har qanday nomlarni, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi va amal qilish tarixini, shuningdek, onimlarning til va nutqda tarqalishi va tuzilishini o‘rganadi, ayniqsa, ad- abiy va sheva sohalarida. Dastlab, V.Tatishev onimlarga alohida e’tibor qa- ratdi. Biz M.Barsov, M.Nadejdin, I.Filevichlarning asarlarida bu sohaning qanchalik o‘rganilganligini uchratishimiz mumkin. XIX – XX asr oxirlariga kelib, ko‘zga ko‘ringan rus sharqshunoslari V.Radlov va Bartoldlar onimlarning o‘rganish ustida ish olib bor- ishdi 1 . Antroponimlar va ularning hosilalari nafaqat tilshunoslik, balki falsafa, psixologiya, adabiyot, san’at, tabiiy fanlarning ham o‘rganish predmeti his- oblanadi. Ko‘pgina taniqli tilshunos olimlardan G. S. Ginzburg, N. D. Arutyunova, V. V. Lopatin va boshqa- lar antroponimlarni dunyoning lingvistik ko‘rinishin- ing bir qismi sifatida o‘rgandilar. Boshqa filologiya fanlari bilan solishtirganda, ono- 1 Рубцов, С.С. Никнейм в информационном пространстве как игровая разновидность антропонимов // Сборник науч- ных статьей “Человек и язык в коммуникативной простран- стве”. №7. – Красноярск-Лесосибирск, 2016. – С. 35-41. mastika hali juda yosh. Shu sababdan uning ayrim ji- hatlari hali tadqiq etilmagan bo‘lib, ko‘plab zamonaviy tadqiqotchilarning e’tiborini o‘ziga tortadi, bu esa un- ing dolzarb ekanligidan dalolatdir. Bugungi kunda onomastika sohasidagi tad- qiqotlarning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri antro- ponimlarning funksional jihatini o‘rganish hisoblanadi. Ko‘p yillar davomida ismlarning mohiyati va ke- lib chiqishi, onimlarning tevarak-atrofdagi voqelik, etnik guruh an’analari va uning tarixi bilan bog‘liqligi kabi masalalar bilan qiziquvchi olimlarning tadqiqot obyekti hisoblanib kelgan. Tilshunoslik umumiy nomlarni, xususan, antro- ponimlarni, ularning vazifalarini o‘rganuvchi yagona fandan yiroqda. Genealogiya, adabiyotshunoslik, et- nografiya, tarix va yana bir qator fanlar ham ushbu leksik birlikka alohida qiziqish bildirib kelishmoqda. Antroponimika masalalari juda ko‘plab tilshunos olimlarning e’tiborini o‘ziga tortgan. Izlanish doirasini “Ism va familiyalarni o‘rganish- ning adabiy jihati” iborasini tor doirada o‘rganilgan desak ham, bu sohada juda ko‘plab misol keltir- ishimiz mumkin. (N.V. Aleynikova, L.I. Andreyeva, T.V. Bakastova, I. A. Bannikova, V.V. Bardakova, L.V. Belaya, L.M. Bogoslavskaya, I.B. Voronova, E.A. Ga- ranina, M.V. Gorbanevskiy, K.B. Jogina, V.M. Kalinki- na, Yu. Karpenko, T.N. Markova, T.I. Ornatskaya, A.I. Sobolevskiy va boshqalar) 2 . Hozirgi vaqtda onomastika (yunoncha onomas- tike – nom berish sanʼati; onomastikos – ism bilan bogʻliq), yaʼni tilshunoslikning otlarni oʻrganuvchi boʻlimi katta ahamiyatga ega. Ayni damda onomastika (yunoncha onomastike – nom berish sanʼati; onomastikos – ism bilan bogʻliq), inson ismlarini o‘rganadigan tilshunoslikning eng muhim bo‘limi hisoblanadi. Asl ism sirlariga bag‘ishlangan turli kitoblar, shaxs va insonlrning ismlari va familiyalarining juda ko‘p 2 Рубцов, С.С. Современные английские антропонимы / Дипломная работа, Сибирский федеральный университет, Лесосибирский педагогический институт. – Лесосибирск, 2017. – С. 7-15. 70 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics lug‘atlari nashr etilgan, turli xil ilmiy maqolalar nashr etilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, onomastika fan sifatida til falsafasi vakolatiga kiradigan masalalar qatoriga kiradi hamda bu g‘arb faylasuflari L.Vitgen- shteyn va V.Rassellar tomonidan V.fon Gumboldt- ning umumiy, ontologik muammolari tubidan ajratil- gan ajratilgan falsafiy fikrning alohida sohasi ham hisoblanadi. Bizga ma’lumki, onomastika tilshunoslikning fan- lararo sohalaridan biri hisoblanadi, chunki u madaniy, tarixiy, etnografik, sosiologik, psixolingvistik va bosh- qa bilimlarni o‘zaro birlashtiradi. Muhim leksik birliklar toifasiga kiritilgan tildagi onimlarning alohida maqomi, ularning ahamiyati va faoliyat doirasi hamda hajmi jihatidan ikkinchisiga keskin qarama-qarshi bo‘lib, har qanday tilning so‘z boyligida periferik o‘rin egallaydi, shuningdek ular tilshunoslarda ham katta qiziqish uyg‘otadi, ya’ni aniq belgilangan o‘rganish obyektlari bilan onomastikan- ing turli sohalarini shakllantirishga olib keladi, ko‘p qirrali muammolar va tadqiqot usullarini ham o‘rga- nadi. Antroponimika antroponimlarni (odamlarning ism- Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling