Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

qargii “soqchi, dozor”, tamga “tug‘ro”, korug “ayg‘oq-
chi”, elci “elchi; hukmdor, yurtboshi”, yolci “sardor”, 
cigay “yoʻqsil, kambag‘al, qislag “qoʻshinning qishki 
qarorgohi”, ayguci “davlat maslahatchisi” singari asl 
turkcha, cerig/cerik “qoʻshin, armiya”, sart “tojir, sa-
vdogar” kabi sanskritcha, xatun/ qatun “malika”, kent 
“qishloq; shahar” singari sug‘dcha, qagan “hukmdor”, 
xan “hokim”, tegin “xonzoda, shahzoda”, yabgu “xo-
qondan keying oliy lavozim egasi”, setjiin “xitoy gen-
erali”, tarqan “tarxon”, lit tug “tuman hokimi” kabi xi-
toycha, sad “Turk xoqonligida oliy lavozim”, sadapit 
singari eroncha terminlar faol qoʻllanishda boʻlganlig-
ini manbalar soʻz boyligi yaqqol koʻrsatadi. 
Ayni chog‘da e’tirof etish joizki, sanskrit, eron, 
xitoy tillarida bitilgan asarlaming turkiy tilga qilingan 
tarjimalarida qayd etilgan ijtimoiy-siyosiy, harbiy, 
iqtisodiy, sotsial, hayvonot dunyosi-fauna, oʻsimlik 
dunyosi-fiora, ilmi nujum-astronimiya va sh.k. soha-
larga xos terminlar keyinchalik deyarli qoʻllanilmadi, 
turkiy tillar, chunonchi, oʻzbek tili ularni qabul qilma-
di. Sakkizinchi asrdan e’tiboran arab tili, arab xati va 
islom mafkurasining Turonzaminda qaror topishi, bir 
qator mahalliy sulolalar (Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, 
Saljuqiylar)ning birin-ketin siyosat sahnasiga chiqi-
shi singari obyektiv jarayonlar ostida oʻzligini yoʻqot-
magan eski turkiy til (XI-XIV)da terminologik leksika 
koʻlamining bir qadar kengayganini kuzatish mumkin.
Eski turkiy til terminologiyasi mavjud lisoniy 
qonun-qoidalar doirasida shakllandi va rivojlandi. 
Uning qadimgi turkiy til davriga nisbatan yanada 
taraqqiy etishida jonli soʻzlashuv tili, turfa sheva ma-
teriallari qatori, soʻz yasash andozalari – modellari 
asosida yuzaga chiqqan istilohlar muhim ahamiyat 
kasb etadi. Qadimgi turkiy tildan farqli oʻlaroq eski 
turkiy tilda sanskrit, sug‘d, xitoy tiliga oid oʻzlashmala-
ming ishlatilish sur’ati pasaydi, aksincha, arabcha va 
fors-tojikcha oʻzlashmalarning qoʻllanilish chastotasi 

Тўхтиев И. Амир Темур ва темурийларнинг молия-пул 
сиѐсати. – Тошкент: Ўзбекистон, 2006. – Б. 32.
va koʻlami ancha kengaydi. Biroq eski turkiy til ter-
minologiyasining oʻzagini asl turkiy qatlam tashkil qil-
ishda davom etdi
2
alim – qarz, kredit, herim – toʻlov, 
qarzni qaytarish, beglig – beklik, bitigci – mirza, 
munshiy, kotib, yatgaq – tungi soqchi, yarisa – koʻr-
shapaIak, yargu – ajrira, yarguci – qozi, sudya, qaliq 
– havo, obuz – qattiq yer, tirgas – koʻlmak suv kabi 
turkcha, rabat – karvonsaroy, malik – hukmdor, siya-
sat – siyosat, ‘amil – ish yurituvchi, tib – meditsina, 
tibbiyot, nujum – astrologiya, handasa – geometriya 
singari arabcha, la’skar – qoʻshin, mayfurus –may 
ichuvchi; may sotuvchi singari forscha-tojikcha, daru-
ga – qal’a, qoʻrg‘on komendanti, тйгап – daryo, niik-
dr/navkar – navkar, askar kabi moʻg‘ulcha terminlar 
bu davr terminologik tizimida nisbatan keng koʻlamda 
ishlatilgan.
Eski oʻzbek adabiy til iqtisodiy terminologiyasining 
takomillashuvida, uning yanada yuqoriroq bosqichga 
koʻtarilishida tilning ichki qonuniyatlari qatori tashqi 
ta’sir, ya’ni ekstralingvistik omillarning roli salmoq-
li boʻlgan. Oʻzbek adabiy tilining asoschisi Alisher 
Navoiy, uning Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Yaqiniy singari 
salaflari, Bobur, Muhammad Solih, Ogahiy, Munis 
kabi izdoshlari tomonidan ta’rif etilgan badiiy, tarixiy, 
ilmiy asarlar leksik boyligi tahlilidan kelib chiqqan hol-
da aytish joizki, oʻzbek tili ichki imkoniyatlaridan keng 
foydalanilgan tarzda termin yaratish bu davr uchun 
ancha sermahsul usul hisoblangan. Ona tiliga millat-
ning bosh ko‘zgusi tarzida munosabatda boʻlish zaru-
riyatining Alisher Navoiy tomonidan ziyolilar, olimlar, 
shoir-u yozuvchilar oldida kun tartibiga qat’iy va roʻyi 
rost qoʻyilishi oʻz ijobiy aksini terminlar tizimida ham 
topgan edi. Aniq fanlar qatori, ijtimoiy-gumanitar fan 
sohalarining shakllanib borish jarayoni ularga taalluq-
li maxsus tushunchalarni ifodalovchi terminlar yaratil-
ish bilan ham kechdi. Bunda, birinchi galda, eski oʻz-
bek adabiy tili, jonli soʻzlashuv tili, lahja va shevalar-
da mavjud leksik birliklar terminlar safini kengaytirdi, 
oʻzbek tilda soʻz yasashda keng qoʻllanilgan affikslar 
yordamida katta miqdorda terminlar hosil qilindi. 
Arab, fors-tojik, moʻg‘ul tillaridan oʻzlashgan ter-
minlar soni shiddat bilan oshib bordi. Xususan, arab 
tilidan kirib kelgan xiroj, mutavalliy, zakot, vaqf, iqto‘, 
ushr kabi iqtisodiy terminlar jamiyat a’zolarining 
ma’lum qatlami tilidan oʻrin oldi.
Sho‘rolar davri o‘zbek tili terminologiyasi. XIX as-
ming 70-yillaridan e’tiboran oʻzbek terminologiyasi 
rus tili orqali G‘arbiy Yevropa tillaridan oʻzlashgan ter-
minlar asosida rivojlanish bosqichiga qadam qoʻydi. 
O.Usmonov, Sh.Hamidovlar tomonidan 1981-yilda
“Fan” nashriyotida e’lon qilingan “Oʻzbek tili leksikasi 
tarixidan materiallar (XIX asrning oxiri – XX asrning 

Dadaboyev H. O‘zbek tili terminologiyasi. – Toshkent: 
Yoshlar nashriyot uyi, 2019. – B. 10.


68
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
boshlari)”
1
nomli asarda atishma, atishuv – otishma, 
axtarish – tintuv, ariq – kanal, ashula oyuni – konsert, 
basma – bosma, nashr etilgan, bash vazir – bosh 
vazir kabi asl oʻzbekcha istilohlar qatori, barja – yuk 
kema, prizident – prezident, pratakol – bayonnoma, 
sayuz – ittifoq, iliktir – elektr, ikiskursiya – sayohat, 
fonograf, samavar, sod//sud – sud singari oʻzlash-
malar ham aksini topgan. Ashyoviy misollar oʻzlash-
malarning oʻzlashtiruvchi oʻzbek tili tovush tizimiga 
moslashtirilganidan dalolat beradi. Sobiq shoʻrolar 
hukmronligi vaqtida oʻzbek tili terminologiyasi yangi 
tushunchalar va ularni ifodalovchi haddan tashqari 
koʻp miqdordagi oʻzlashma terminlar hisobiga ken-
gaydi. Soha terminologiyasi tizimining vujudga kel-
ishida sof oʻzbekcha leksik birliklar bilan birga rus-
cha-baynalmilal terminlarning roli yuqori boʻldi. Bu 
jihat ayniqsa, tabiiy fanlarga xos terminologik siste-
mada yaqqol ifodasini topdi. Mustaqillik davri oʻzbek 
terminologiyasi globallashuv va internetga qadam 
qoʻyilgan XXI asrda har tomonlama takomillashuv 
jarayonini boshidan kechirmoqda. Hozirgi oʻzbek ter-
minologiyasining shiddat bilan taraqqiy etishi til lug‘at 
tarkibining boyishi va takomillashuviga olib keldi. 
Istiqlol davri o‘zbek tili terminologiyasi. Termin-
ga xos belgilardan biri uning izohi va ta’rifiga oydin-
lik kiritish, terminning m a’noviy qurshovida mavjud 
qoʻshimcha semalarni yuzaga chiqarish ilm-fan til-
ining rivojlanishida, oʻzga sohaga oid terminologik 
tizimlar tarkibida yaqqol seziladi
2
. Bugungi oʻzbek 
terminologiyasining boyishida yuqorida zikr etilgan 
jihatlar hamon ustunlik qilmoqda. 
Oʻz qatlamning salmoqli oʻrni qatori, oʻzlash-
malarning ham sezilarli mavqeyi saqlanib qolmoq-
da oʻzlashmalarning til terminologiyasi boyishidagi 
oʻrnini birgina iqtisodiy terminlari misolida koʻrish 
mumkin. Olib borilgan izlanishlar oʻzbek tili iqtisodiy 
terminologiyasining rus, ingliz, lotin va boshqa tillar-
dan kirib kelgan o‘zlashmalar hisobiga ham boyib 
borganini ko‘rsatadi.
Xullas, ingliz va oʻzbek tillari terminologiyasi bir 
necha asrlik shakllanish va tarqqiy etish bosqichlarini 
bosib oʻtdi. Bu bosqichlarda ikkala til terminologiyasi 
nafaqat oʻz ichki resurslari, shuningdek, qarindosh 
bo‘lmagan tillar boyliklaridan oʻrni bilan foydalangan 
holda rivojlanish yoʻlida davom etdi. Terminlaming 
shakllanish hamda yasalish yoʻllari xususida soʻz 
ketganda quyidagi jihatlami inobatga olish taqozo 
etiladi
3
:
– oʻz milliy tilning tayyor leksik boyliklaridan un-
umli foydalanish; 
– boshqa tillarning soʻz boyliklaridan oʻrni bilan is-
tifoda etish (oʻzlashtirish); 
– tayyor standart termin elementlar (baynalmilal)
ni qo‘llash;
– morfologik (affiksatsiya, abbreviatsiya); 
– sintaktik (kompozitsiya) va semantik soʻz yasal-
ishi vositalariga murojaat qilish.

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling