Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

astron – yulduz) qo‘shma so‘zlar tarkibidagi 
birinchi so‘z bo‘lib, yulduz va sayyoralarga aloqador-
likni bildiradi
9
onim
 esa lingvistik lug‘atlardagi izohga 
ko‘ra nom
demakdir. Anglaganimizdek, astronimlar 
yulduz va sayyoralar nomi ekanligi ma’lum bo‘ladi.

Подольская Н.В. Словарь русской ономастической тер-
минологии. – М.: Наука, 1988.

Никонов В.А. Имя и общество. – М., 1974.

Рут М.Е. Образная номинация в русском языке. – Eкате-
ринбург, 1992.

Бондалетов В.Д. Русская ономастика. – М.: Просвеще-
ние, 1983. – С.198. 

Yuqoridagi manba. – Б. 198.
7
Берёзкин Ю.Е. Рождение звездного небо. – Санк Петер-
бург, 2017.

Суперенская А.В. Общая теория имени собственного. – 
М.: Наука, 1973. – С. 188.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 1-жилд. – Тошкент: Ўзбе-
кистон миллий энциклопедияси. – Б.111.


45
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
O‘zbek tilshunosligida ham astronim va kosmonim 
terminlari izohiga nisbatan turlicha yondashuvlar 
va qarashlar bor: Masalan, tilshunos olim B.Yo‘ldo-
shev “O‘zbek onomastikasi masalalari” nomli uslubiy 
qo‘llanmasida kosmonim va astronimlarga bir xil na-
zar bilan qaraydi va asosan kosmonim atamasi izohi-
ga urg‘u beradi
1
.
E.Begmatov va N.Uluqovlar hammualllifligida-
gi lug‘atda ham astronimlar alohida olingan osmon 
jismlari, obyektlari – yulduzlar, sayyoralar, asteroid-
lar, kometalar kabilarni anglatuvchi atoqli otning bir 
turi sifatida qayd qilinadi
2
Astronimika atamasiga esa 
“onomastikaning samoviy jismlarning atoqli oti (as-
tronimlar) ni o‘rganuvchi tarmog‘i” deb izoh berildi
3

Mualliflar kosmonim terminini ham – kosmik fazodan 
o‘rin olgan samoviy ob’yektlar (kosmik fazo, galak-
tika, yulduzlar, sayyoralar va ular yuzasidagi tabiiy 
ob’yektlar) ning atoqli oti deb ta’rif berishadi
4
. Ammo 
mazkur lug‘atda biror o‘rinda ham kosmonimika ata-
masining izohi keltirilmaydi.
Filologik nuqtai nazardan o‘zbek tilida osmon 
sferasi va undagi osmon jismlari nomlari kam tadqiq 
qilingan bo‘lsa-da, quyidagi yondashuvlar mavjud: 
astronimlar – X.Dadaboyev
5
, Sh.Yoqubov
6
samoviy 
yoritgichlar – Z.Q.Yunusova
7
kosmonim – A.Primov
8

kosmonim, astronim – B.Yo‘ldoshev
9
kabi
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan va o‘z qa-
rashlarimizni ifoda etgan holda kosmonimlar
 osmon 
jismlarining ko‘zimizga ko‘ringan va ko‘rinmagan bar-
cha kosmik obyektlari va jarayonlari hisoblansa, as-
tronimlar esa bir muncha torroq doirada, ya’ni yеrdan 
turib kuzatish mumkin bo‘lgan osmon jismlarini if-
odalaydi degan xulosaga kelishimiz mumkin. Biz esa 
tadqiqotimizda “astronim” terminini qo‘llashni afzal 
bildik.
 Chunki bu atama boshqa soha egalari uchun 
ham “astronomiya” atamasi orqali ma’lum.
Osmon jismlari, ya’ni astronimlar onomastikan-

Йўлдошев Б. Ўзбек ономастикаси масалалари. – Са-
марқанд, 2011. – Б. 23.

Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси терминлари-
нинг изоҳли луғати. – Наманган, 2006. – Б. 18-19.

Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси терминлари-
нинг изоҳли луғати. – Наманган, 2006. – Б. 41. 

Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси терминлари-
нинг изоҳли луғати. – Наманган, 2006. – Б. 41.

Дадабойев Х. Астрономик терминлар тарихидан. Ўзбек 
тили терминологияси ва унинг перспективалари. – Тошкент: 
Фан, 1996.

Ёқубов Ш. Навоий асарлари ономастикаси. Филол. фан. 
ном. дисс...автореферати. – Тошкент, 1994.
7
Юнусова З.Қ. Ўзбек тилида луғавий микросистеманинг 
таркиби ва ривожланиши (самовий ёритгичлар луғавий гу-
руҳи асосида): Филол. фанлари номзоди … дисс. – Тошкент, 
2005.

Примов А.И. Ўзбек тили космонимларининг лисоний ху-
сусиятлари: Филол. фан. номз... дисс. – Тошкент, 2009.

Йўлдошев Б. Ўзбек ономастикаси масалалари. – Са-
марқанд, 2011. – Б. 21.
ing bir turi sifatida tilshunoslikda shu paytgacha turli 
nuqtai nazardan biz o‘qishimiz va tushuna olishimiz 
mumkin bo‘lgan rus, qolaversa, o‘zbek tilshunoslari 
qarashlarida tahlil qilingan.
IX-XV asrlar oralig‘ida Sharq va Markaziy Osiyo 
hududlarida katta rasadxonalar barpo etildi. Ular-
da Al-Battoniy, Абу Райҳон Беруний, Al-Farg‘oniy, 
Al-Xorazmiy, Abu Mahmud Ho‘jandiy, Mirzo Ulug‘bek 
kabi mashhur ilm egalari ijod qildlar. Bu kabi olimlar 
fan sohasida o‘z yangiliklari bilan takrorlanmas iz 
qoldirdi. 
Shunday olimlardan biri Beruniy ham o‘z asarlari 
orqali osmon jismlari haqidagi juda qimmatli ma’lu-
motlarni avlodlarga qoldirdi. Beruniy faqat astrono-
mik jismlarning harakati va tabiati to‘g‘risida so‘z 
yuritibgina qolmasdan, ularning atalish tamoyillari va 
etimologiyasi to‘g‘risida ham ma’lumotlar beradi. Ma-
salan, uning Surayyo yulduzining atalishi haqidagi: 
Surayyo oltita yulduzdan iborat bo‘lib, uzum shingili-

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling