Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
tika va pedogogik psivolingvistika sohalari inson til-
ni o‘zlashtirish (ona tilini va ikkinchi til) orqali bilim olishda tilning roli haqidagi nazariyalarni taqdim etadi. Keyingi vaqtlarda til o‘zlashtirishda o‘qitish- ning psixologik konsepsiyasini o‘rganishga ko‘proq urg‘u berilmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, til o‘rganish faqatgina kognitiv jarayon emas, bal- ki affektiv jarayon hamdir. Demak, til o‘zlashtirish- da emotsional- ekspressiv jihatlar ham ahamiyatli sanaladi. Til o‘qitishning psixolingvistik nazariyalar- ni o‘rganish ishlab chiqish va amalga tadbiq etish zarur. Bu yo‘nalishda jahon tilshunosligida bir qancha fikr-mulohazalar mavjud. O‘quv lug‘atchiligining psix- olingvistik nazariayalari oid fikrning aksariyati ona tili ta’limiga emas, balki chet tilini o‘rganishga qaratilgan. Xususan, Nemis olimi Sven Tarp 1 o‘quv lug‘atchilig- ining nazariyasi, ya’ni tilni xorijiy til sifatida o‘qitish- ning muammolariga bag‘ishlagan maqolasida o‘quv leksikografiyasini tilshunoslikning o‘quv jarayoniga bag‘ishlangan bo‘limini chet tili didaktikasi bilan ko‘p umumiyliklarga ega ekanligini ta’kidlab, o‘quv lug‘ati yaratishda foydalanuvchining quyidagi jihatlariga e’ti- bor qaratishni taklif etadi: – malaka darajasiga ega mutaxassis; – kattalar yoki bolalar; – migrant yoki xorjiy til o‘rganuvchisi. Tilni o‘rgatishda boshqa madaniyat sohibi ekanligi hisobga olish zarurligini olim yuqorida keltirib o‘tgan kishilar misolida tushuntirishga harakat qiladi. Tarp o‘quv lug‘ati foydalanuvchilarini uchga: boshlang‘ich darajadagi bilimga ega bo‘lgan foydalanuvchi, o‘rta darajadagi bilimga ega bo‘lgan foydalanuvchi, ilg‘or darajadagi bilimga ega bo‘lgan foydalanuvchilarga ajratib, ular matn tuzish, matnni tushuna olishi bu o‘quv lug‘atining ma’lumot olishi uchun mo‘ljallangan vazifasi ekanligini va yana har uch turdagi foydal- anuvchi grammatikani hamda leksikani o‘ragnishiga yordam berishi lug‘atning bilim olishga yo‘naltiril- gan vazifasi deb qaraydi. Bundan tashqari, u o‘quv lug‘atlarining yangi nazariyasini yanada rivojlanti- rishning ba’zi usullarini taklif etadi. O‘quv lug‘atlari bilan shug‘ullanadigan nazariy adabiyotlarning ayrim kamchiliklaridan biri lug‘at mualliflarinining aksariyati 1 Tarp, Sven. (2010). Basic problems of learner’s lexicogra- phy. Lexikos. 14. 10.4314/lex.v14i1.51421. hali ham leksikografiyani tilshunoslikning kichik so- hasi sifatida qaraydi va leksikografiya muammolariga tilshunoslik nuqtai nazaridan yondashadi. Shuning uchun mualliflar leksikografiya va o‘quv leksikografi- yasining mustaqil nazariyasini ishlab chiqishi zarur. Bunday turdagi lug‘atlarning yaratilishida ko‘zga tashlanadigan eng katta muammo ularda leksik- ografik yondashuvning yo‘qligidir. XX asrda lug‘atdagi leksik birliklar madaniy kom- ponent sifatida qaralgan. Lingvomadaniy leksokografi- yaning tamoyillari asosida kelsak fonning semanti- zatsiya obyekti sifatida, faol lingvistik idrokka mo‘ljal- langanlik, actual tarixiylik, o‘quvchi nuqtai nazariga yondashish, sarlavhali so‘zning sinatgamatik va paradikmatik jihatdan moslashishi, chuqur mazmunni ifodalshda filologik mezonlarga amal qilish, ta’limga yo‘naltirilganlik hamda umumsohaviy birliklarning ber- ilishi kabilar hisobga olinishi ta’kidlangan 2 . O‘quv lug‘atchiligining paydo bo‘lishi har bir tilshunoslikda o‘ziga xosdir. Masalan, ingliz tilida XX asrning so‘nggi choragi yaratilgan “katta besh- lik” (COBUILD, Oxford Advanced Learner’s Dictio- nary, Cambridje International Dictionary, Macmillan English Dictionary, Advanced Learners Dictionary) lug‘atlar asosiy o‘quv lug‘atlar sifatida tan olinadi. 1948-yil yaratilgan Oksford o‘quv lug‘ati (Oxford ad- vanced learner’s dictionary) ingliz tilini chet tili si- fatida o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan. Hozirda yuqorida qayd etilgan lug‘atlar onlayn tarzda foyda- lanuvchilarga havola etilgan. Barchamizga ma’lumki, lingvistik lug‘atlar oldiga qo‘ygan maqsadiga ko‘ra ikki turga ajratiladi: – akadem lug‘atlar; – o‘quv lug‘atlari. Akadem lug‘atlar tildagi so‘zlarni jamlashga yoki ma’lumot berishga mo‘ljallangan bo‘lsa, o‘quv lug‘at- lari ta’limga yo‘nalgan bo‘ladi va akadem lug‘at- larga asoslangan holda yaratiladi. O‘quv lug‘atlari pedogogika va tilshunoslik o‘rtasidagi bog‘lanishni hosil qiladi. Akadem lug‘atlarda kata hajmli leksikon qamrab olinsa, o‘quv lug‘atlarining so‘zligi chegralan- gan bo‘ladi. Bunday lug‘atlar kamroq ma’lumot orqali muyyan ma’noda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadni amal- ga oshirishga mo‘ljallanadi. O‘quv lug‘atlarning tasniflasi lug‘atning umumiy maqsadidan kelib chiqadi, ya’ni o‘quv lug‘ati til o‘rgan- ish uchun mo‘ljallangaligi yoki biror sohani o‘qitishga xizmat qilishi nazarda tutiladi. O‘quv lug‘ati leksikografiyada o‘ziga xos xususi- yatga ega bo‘lgan, chet tili foydalanuvchilarga ma’lum bir tilni o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan maqsadli auditiroyaga qaratilgan yoki mustaqil o‘rganish uchun resurs vazifasini bajaruvchi manba. Ko‘pchilik “o‘quv 2 O‘sha joyda. – C. 14. 33 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics lug‘ati” atamasi til o‘rganuvchilar, ayniqsa, chet tilini o‘rganivchilar uchun yaratilgan leksikografik janr si- fatida baholaydi. Yuqoridagi xususiyatlarni hisobga olib o‘quv lug‘atlari filologik va sohalashtirilgan o‘quv lug‘atlari sifatida o‘rganialdi. Filologik o‘quv lug‘atlarini boshqa til egasi uchun (bunday lug‘atlar kommunikativ ehtiyoj uchun mo‘ljal- langandir) til o‘rganishga va ona tili ta’limiga qaratil- gan lug‘atlar sifatida tasniflashimiz mumkin. Filologik o‘quv lug‘atlarining har ikkala (boshqa til egasi va ona tili vakili uchun mo‘ljallangan) turi qattiy cheklangan so‘zlar ro‘yxati, leksik birliklarning nutqda ishlatilishi, so‘zlarning chastotasiga e’tibor qaratilishi kabi prin- siplarga asoslangan bo‘ladi (1-chizma). Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling