Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/118
Sana19.01.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1102433
TuriЛитература
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.

kuf [I; 408] va suf 
[II; 89] leksemalari etnografizm sifatida izohga ega 
bo‘lgan. Biroq 
kuf-suf leksemasi bosh so‘z qilib 
berilgan va mazmunan kuf va suf leksemalari izohi 
keltirilgan bo‘lsa-da etnografizm ekani ta’kidlanma-
gan [O‘TIL-2, I; 408]. Shuningdek, 
oqkiyar va oq 
kiymoq leksemalariga e’tibor qarataylik: oq kiymoq 
etnografik birikmasi oq leksemasi so‘zlik maqolasi-
dan keyin berilgan, “ta’ziya muddati tugagach, qora 
kiyimni oq kiyim bilan almashtirmoq, motam kiyimini 
tashlamoq” [O‘TIL-2, I; 557] degan ma’no ifodalashi 
aytib o‘tilgan. 
Oqkiyar leksemasi sarlavhada chiqa-
rilib, dialekt (dial. qisqartmasi bilan) ekani ko‘rsatilgan 
[O‘TIL-2, I; 558]. Biroq hech qanday izoh yoki havola 
qiluvchi belgi orqali izohlanmaganini ko‘rish mumkin. 
Faqat illustrativ misol berilgan, xolos. Yangi besh jildli 
izohli lug‘atda 
oqkiyar leksemasi etnografizm ekani 
ta’kidlansa-da, izohlashda ikki jildli izohli lug‘atdagi 
lug‘at maqolasi aynan takror holda berilgan [O‘TIL-5, 
III; 179]. 
Yuqorida ta’kidlangan kamchiliklarga qara-
masdan, besh jildli izohli lug‘atda etnografik lekse-
malarni izohlashda sezilarli yutuqlarga erishilgan. 
Izohlarida noaniqliklar mavjud bo‘lgan etnoleksema-
lar semantikasi qayta ko‘rib chiqilgan, polisemantik 
xususiyatga ega etnografizmlar qo‘shimcha izohlar 
bilan ta’minlangan. Shuningdek, ayrim marosim, urf-
odat yoki ular bilan bog‘liq jarayonlarni batafsilroq 
ta’riflashga e’tibor qaratilgan. Ikki jildli izohli lug‘atda 
kelin leksemasiga tuzilgan lug‘at maqolasidan so‘ng 
kelin ko‘rmoq etnografik birikmasi berilgan. Ushbu 
etnografizm “hayit – bayram kunlari yangi tushgan 
kelinni ko‘rish uchun bormoq (yosh qizlar haqida)” 
deya ta’riflangan [O‘TIL-2, I; 377]. Besh jildli izohli 
lug‘atda kelin ko‘rmoq etnografik birikmasi saqlan-
gan holda bosh so‘z (vokabula) sifatida sarlavhada 
chiqarilgan 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling