Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


kasal leksemasi o‘rnida  ma’lum ma’noda yumshoq tarzda qo‘llaniladigan be-


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/118
Sana19.01.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1102433
TuriЛитература
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.

kasal leksemasi o‘rnida 
ma’lum ma’noda yumshoq tarzda qo‘llaniladigan be-
mor → betob → mazasi yo’q → tobi qochmoq → 
sog‘ligi yaxshi emas kabi evfemik birliklar qatorida 
lug‘aviy darajalanishni anglash qiyin emas. Ushbu 
evfemik ma’nodosh qatorda kasallik mazmunining 
leksemalarda oshib borish holati salbiy holatga to-
mon kuchayib borayotganligini ko‘rish mumkin.
Bu o‘rinda ma’nodoshik qatorda paradigma 
a’zolariga xos bo‘lgan umumiy ma’no, ya’ni aynan-
lik bilan bir vaqtda, ularni bir-biridan farqlab turuvchi 
hamda ziddiyatga asos bo‘luvchi farqliliklarning ham 
mavjud bo‘lishini e’tirof etish lozim.
Aynanlik – narsaning o‘ziga o‘zi tengligi, uning 
ma’lum sifat va miqdor belgilari o‘lchamida ma’lum 
shakl va mazmun mutanosibligida namoyon bo‘lib, 
farqlilik bilan uzviy aloqada shakllanishiga zamin ho-
zirlaydi
2
.
Til sathi birliklarida kuzatiluvchi aynanlikni esa 
ularning ma’nosi, shakli, vazifasi, uslubiy belgisi 
kabilarning teng, o‘zaro muvofiq, mutanosib kelishi-
da ko‘rish mumkin. Bu kabi aynanliklar, farqlanishlar 
bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, bir-biriga nisbatan belgi-
lanadi.
O.Bozorov bu haqda fikr yuritar ekan, farqlilik 
aynanlik doirasidagi nozik o‘zgarishlarning bevosita 
kuchayib, rivojlanib borishi natijasida predmetning 
nisbiy o‘zgachalik xususiyatlarini kasb eta borish 
holati ekanligini, u bir tomondan, aynanlik hola-
ti, ikkinchi tomondan, zidlik (boshqachalik, boshqa 
narsalarga aylanib bo‘lganlik ko‘rinishi bilan bog‘liq 

Бозоров О. Ўзбек тилида даражаланиш. – Тошкент: Фан, 
1999. – 29 б.

Кондаков Н.И. Логический словарь-cправочник. Второе 
исправленное дополненное издание. – М.: Наука, 1975. –
С. 596.
bo‘lgan oraliq shakllanish ekanligini ta’kidlab, bunga 
tildagi sinonimiya, polisemiya hodisalari bilan bog‘liq 
bo‘lgan til birliklari misol bo‘la olishini ko‘rsatadi
3
.
Demak, evfemik ma’nodosh leksemalar orasi-
dagi farqlilik mavjudligi ziddiyatga yo‘l ochuvchi, 
uni yuzaga keltiruvchi belgi bo‘la oladi va bu belgi 
graduonimiyani yuzaga keltirishda muhim ahami-
yatga ega. Ushbu leksemalardagi farqlilik aynan-
lik zamirida yuzaga kelar ekan, bu ikki jihat doimiy 
muhim munosabatlar asosida paydo bo‘ladi. Mana 
shunday farqlilik aynanlikdan sifat o‘zgarishlari nati-
jasi o‘laroq o‘sib chiqar ekan, bu jarayonda yangi bir 
mohiyatning yuzaga kelishi sodir bo‘ladi. E.N.Millern-
ing qarashlariga ko‘ra, zidlilik aynanlikning dialektik 
inkori, aynanlikning noo‘xshash ko‘rinishidir. Zidli-
lik aynanlikdan, variantlilik farqlilik, orqali (tadrijiy 
“sakrash” yo‘li bilan) hosil bo‘lgan boshqa aynanlik, 
ya’ni, yangi narsa bo‘lib, o‘zidan keyingi “zanjirli” ja-
rayonning (aynanlik → farqlilik → zidlilik) dastlabki 
xalqasini hosil qiladi
4

Evfemik ma’noli leksemalar munosabatidagi o‘za-
ro farqlanish tamoyili, ayniqsa, quyidagi birliklarda 
yorqin ko‘zga tashlanadi. 
Boshqacha aytganda, 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling