Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.
cho‘l, daryo, soy, qishloq, quduq, jar va boshqalar.
Qoratog‘, Mirzacho‘l, Sirdaryo, Uzunquduq, Qiziljar 7 . Gidronimik indikatorlar muayyan xalq, millat ruhi- yati, ularning milliy-madaniyati, tarixini tavsiflashi barobarida nomlashning o‘ziga xos sabablari mav- judligi bilan ajralib turadi. Shu nuqtayi nazardan, o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi gidronimik indikator- larda millat milliy-madaniyatiga daxldor hayot tarzi mujassam. Ularni qiyoslash natijasida madaniyat- lararo xususiyatlarning lisonda qay tarzda ifodalan- ishidan boxabar bo‘lish mumkin. Gidronimik indikatorlar, ya’ni suv bilan bog‘liq nomlar o‘zida ma’lum bir voqea, hodisa, tarixni umumlashtiradi. Har bir gidronimik indikatorning shakllanish tarixi, nomlanishiga taalluqli sabablar mavjud. Ularni o‘tmishda xalq yaratganligi uchun zamirida millat madaniyati, ularning turmush tarzi, hayot kechirish jarayonlari yashiringan. Gidronimik indikatorlar, avvalo, toponimlar ma’nosini izohlashda tayanch nuqta vazifasini o‘tay- di. Chunki ular jo‘g‘rofiy nomlar tarkibida kelib, obyekt haqida aniq tasavvur hosil qilinishini ta’minlaydi. Bu bilan gidronimik indikatorlarning nafaqat toponim- lar ma’nolarini sharhlash uchun xizmat qilishi, balki o‘zi ham muayyan hudud relefi, sharoiti, jo‘g‘rofiy joylashish o‘rnini izohlashda muhim ahamiyat kasb etishi ayon bo‘ladi. Ta’kidlash lozimki, gidronimik in- dikatorlar xususidagi mulohazada ularning bajaradi- gan vazifalari ko‘rsatilgan: 1) gidronim ifodalayotgan suv obyekti va inshootning turini ko‘rsatadi, konkret- lashtiradi; 2) obyektni nomlashda gidronim tarkibida qatnashadi: 3) suv obyekti yoki inshootni xarakter- laydi; 4) suv obyektini boshqa shunday obyektdan farqlaydi 8 . Haqiqatan ham, turkiy tillarga mansub o‘zbek va qoraqalpoq tillari gidronimik indikatorlarga juda boy. Ular gidronim tarkibida suv obyekti turini asoslab, uni tavsiflash xarakteriga ega. Shuningdek, ma’lum hududda mavjudligiga ko‘ra o‘sha xududning boshqasidan farqli tomonlarini ko‘rsatadi. Ana shun- day gidronimik indikatorlarning xilma-xilligi, mazmuni jihatidan rang-barangligiga qarab o‘tmishda yasha- gan ota-bobolarimizning zehniga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. O‘zbek va qoraqalpoq millatiga mansub gidroni- mik indikatorlar uzoq tarixiy davrlardagi xalqlarning boy tajribasi natijasidir. Ularda xalqning turmushi, tarixi, madaniyati hamda o‘tmishdagi ijtimoiy, iqti- sodiy va siyosiy hayotiga doir tasavvurlar o‘z aksini topgan. Har ikki xalq gidronimik indikatorlari, birin- chi navbatda o‘zi ifodalaydigan mazmundan kelib chiqib, jo‘g‘rofiy joylashish o‘rinni, o‘sha hududning 7 Қораев С. Кўрсатилган манба. – Б. 213. 8 Улуқов Н. Кўрсатилган мақола. – Б. 83. 38 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics tabiiy iqlim sharoitini izohlasa, ikkinchidan, shu man- zilda istiqomat qilayotgan kishilarning tarixiy o‘tmi- shi, urf-odatlari, madaniyati, ularning atrofda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga munosabatini aks et- tirishga xoslangan. Demak, ma’lum hududga tegishli gidronimik indikatorlar orqali ana shu joyda yashay- digan xalqning tarixiy o‘tmishi, tabiati, hayvonot va nabotot olamiga oid tushunchaga ega bo‘lish mum- kin. Qoraqalpog‘istonda Orol dengizi, Amudaryo bilan birga kól, dárya, arna, izeykesh, aydın, qudıq, jap, salma kabi bir qancha suv obyekti mavjud 1 . Bularn- ing o‘zi jo‘g‘rofiy nomlar yoki gidronimlar bo‘lsa, ular- ga til birliklarining qo‘shilishi natijasida Ámiwdárya, Maqsımqudıq, Tentek jap kabi yangi gidronimlar hosil bo‘lgan 2 . Biz ham bunday, kól, dárya, arna, izeykesh, aydın, qudıq, jap, salma singari suv obyek- tlarini izohlovchi nomlarni gidronimik indikatorlar deb atash maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Haqiqatan, gidronimik indikatorlar o‘zining joy- lashgan o‘rni, ko‘lami, o‘sha suv obyekti atrofida yashagan xalqlarning qo‘shnichilik munosabatla- rini ifodalab turli xil nomlangan. Shunga ko‘ra, ular xalqlarning uzoq yillik o‘tmishi, shu bugungacha bosib o‘tgan tarixiy yo‘lini o‘zida gavdalantirishi shub- hasiz. Gidronimik indikatorlar haqida ma’lumot beruv- chi manbada ariq, botqoq, bosh buloq, og‘iz, odoq (oyoq), soy, suv, quloq, quduq, ko‘l, o‘zan kabi turkiy, arna, jo‘y, koriz, nova, chashma, daryo kabi fors-to- jikcha, nahr, hovuz, sel singari arabcha suv obyek- tlarning leksik-semantik, etimologik xususiyatlari tah- lil etilgan 3 . Z.Do‘simov o‘z ishida ko‘l, arna, yap, sal- ma va boshqa gidronimlarni izohlagan 4 . Gidronimik indikatorlar talqiniga qaratilgan yana bir ishda ular daryo, kanal, soy, ko‘l, buloq, ariq, quduq, hovuz, zo- vur, to‘g‘on va quvur kabi guruhlarga ajratilgan 5 . Qoraqalpoq tilshunosligidagi gidronimlar max- sus o‘rganilgan ishda arna, arıq(salma), aydın, bu- laq, dárya, darǵa, jaǵıs, jap, jar, jarmıs/jarǵan, jar- ma, jasqa, jılǵa, jıqqın, izeykesh, kól, kópir, qaq, qudıq hám quyı, oy, ózek/ózen, saǵa, say, salma, suw, tuba, háwiz, shúńgil kabi suv manzillari nom- 1 Мамбетова Г. Ж. Қарақалпақстанның арқа районлары гидронимлери: Филол. фан. фалсафа док-ри дисс (PhD). – Нукус, 2018. – Б. 14. 2 Ўша иш. – Б. 29. 3 Бегалиев Н. Самарқанд вилояти гидронимлари (лисо- ний таҳлил): Филол.фан.номз….дис. автореф. –Самарқанд, 1994. 4 Дусимов З. Топонимы Северного Хорезма: Автореф. дис. … канд. филол. наук. – Ташкент, 1970. – С. 8-9. 5 Охунов Н. Топонимлар ва уларнинг номланиш хусусият- лари. – Тошкент: Фан, 1989. –Б. 36. lari “apellyativlar” tarkibida qaralgan 6 . Qoraqalpog‘is- tonning Shimbay tumani toponimlari tadqiq etilgan monografiyada ham gidronimik indikatorlar haqida so‘z yuritilib, arna, kanal, arıq, jap, salma, jarǵan, iy- rim, bulaq, kól, qudıq, háwiz, ataw, jar, asha, tarnaw, damba, qashı singari suv obyektlari nomlari yoritil- gan 7 . O‘zbek va qoraqalpoq xalqlari orasida milliy- madaniy xususiyatlari bo‘rtib turgan gidronimik in- dikatorlarni yoritish davomida biz tilshunoslikdagi “olam lisoniy manzarasi” tushunchasini “olam fonetik manzarasi” shaklida qo‘llashni afzal bildik. Chunki olam manzarasi nafaqat lisondagi leksikada, bal- ki dastlab, leksik sath takomilining tirgagi bo‘lgan fonetikada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Zero, to‘g‘ri qayd qilinganidek, “olamning lisoniy tasviri haqi- da gap ketganda, ko‘proq leksika va frazeologiya bo‘yicha fikrlar bildiriladi-yu, grammatika va fonetika nazardan chetda qoladi. Holbuki, til yaxlit sistema ekan, olamning lisoniy matritsasi, modeli sifatidagi til fonetik va grammatik vositalarsiz ushbu manzarani hosil qila olmaydi” 8 . Demak, o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi lingvokulturologik birliklar guruhiga man- sub atoqli otlar, ya’ni gidronimik indikatorlar tahlili natijasida fonetika va leksikaning bir-biri bilan cham- barchas bog‘liqligini, biri ikkinchisidan ajralmas hod- isalar ekanligini anglash mumkin. Shu o‘rinda qayd qilish joiz, aslida, o‘zbek va qoraqalpoq tillari kelib chiqishiga ko‘ra bir o‘q ildizni shakllantiradi. O‘zbek va qoraqalpoq xalqlari uzoq asrlar mobaynida bir hududda yonma-yon yashab kelishiga qaramay, qa- dimgi davrlardan boshlab shu bugungacha ularning o‘z milliy-madaniyati vujudga kelgan. Bunda har bir xalqning milliy nigohi, tasavvur va tafakkuri, dun- yoni anglashi muhim rol o‘ynagan. Xullas, o‘zbek va qoraqalpoq tillarida bir-biriga o‘xshash, biri ikkin- chisini aynan takrorlaydigan gidronimik indikatorlar behisob. Yuzaki qaraganda o‘sha gidronimik indika- torlarlarni ajratib turadigan hech qanday alomat mav- jud emasdek tasavvur hosil bo‘ladi. Biroq ular millat madaniyatini ifodalash xususiyatiga ko‘ra qaysi jihati bilandir, albatta, farqlanadi. Xususan, bunday tafovut dastavval olam fonetik manzarasining har ikki xalq lisonidagi tasviri orqali yaqqol namoyon boladi. Bu esa madaniyatlararo xususiylikni o‘zida jamlagan gi- dronimik indikatorlarning lisonda muayyan manzara yarata olish imkoniyatlari talqiniga ko‘proq e’tibor qa- ratish lozimligini asoslaydi. 6 Мамбетова Г.Ж. Кўрсатилган иш. – Б. 30-46. 7 Абишов Г. Шымбай районы топонимлери: монография. – Нөкис: Qaraqalpaqstan, 2020. – Б. 40-50. 8 Ботирова А. Оламнинг лисоний тасвири ва сўзларнинг функционал ихтисослашуви // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2020. –№4. – Б. 120-121. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling