Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.
YO‘QLOV: 1) Shunday yurishda (bor-
ish-kelishda) olib boriladigan narsa (tugun, tog‘ora va sh.k.); 2) marhumlarni eslab aytiladigan (yig‘lanadi- gan) aza to‘rtliklari, shunday yig‘i (O‘TIL-5, II; 286). OQLIK: 1) to‘yga rozilik belgisi sifatida sovchilarga sovg‘a qilinadigan oq yoki ochiq, och rangli gazlama, ro‘mol, kiyim-kechak; 2) ko‘mish marosimiga, azaga kelganlarga bo‘lib beriladigan ro‘molchabop gazla- ma; yirtish. 3) kafan, kafanlik. Ushbu leksikografik usul lug‘atdan foydalanuvchiga izohlanayotgan birlik (bosh so‘z) haqida to‘liqroq tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi. Bir so‘z bilan aytganda, besh jildli izohli lug‘at avvalgi lug‘atdan ilmiyligi, milliy-ma’naviy 35 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics hayotimizga oid ko‘plab leksemalarni qamrab olishi va ularning semantik taraqqiyotini o‘zida takomil- lashtirgani bilan ham ajralib turadi. Izohli lug‘atlarda keltirilgan illustrativ misollar so‘zlarning turli ma’no qirralarini ko‘rsatishga, o‘z navbatida, til egasi bo‘lgan millatning dunyoqarash- ini namoyon etishga xizmat qiladi 1 . Ikki jildli izohli lug‘atdagi lug‘at maqolasi tarkibida uchraydigan il- lustrativ misollar o‘sha davr siyosiy, ijtimoiy, adabiy, ilmiy muhitini ma’lum darajada aks ettirib turadi. Shu bois ham davr o‘tishi bilan izohli lug‘at tarkibida ro‘y beradigan turli xil o‘zgarishlar mavjud izohli lug‘atni- gina emas, balki unda berilgan illustrativ misollarni ham qayta ko‘rib chiqish zarurati borligini ko‘rsata- di. Mana shu sabablar tufayli ham yangi izohli lug‘at maqolalari tarkibidagi illustrativ misollarning ma’lum qismi yangi misollar bilan almashtirildi. O‘zbek tili izohli lug‘atlarida etnografik birliklarga tuzilgan lug‘at maqolalarida illustrativ misollar bilan bog‘liq quyidagi holatlarni kuzatish mumkin: 1) gap yoki matn shaklidagi misollar; 2) so‘z birikmasi (ba’zan qo‘shma fe’l) shaklidagi misollar; 3) illustrativ misollar berilmagan etnografizmlar. Etnografik birliklarga misol tariqasida keltirilgan illustrativ misollar, asosan, maqollar, turli badiiy asar- lar, xalq dostonlaridan parchalar olingan. Dastlabki izohli lug‘atda bosh so‘z semantikasini to‘liq ochib bera oladigan, shu etnosning etnomadaniy hayot tar- zi, muhitini aniq aks ettiruvchi milliy asarlarda uchra- ydigan parchalar, maqol va ibratli aforizmlar ko‘plab sabablar tufayli olinmagan. Yangi izohli lug‘atda mana shu jihatlarga ham e’tibor qaratilgan. Masalan, besh jildli izohli lug‘atda avvalgi izohli lug‘atda kelt- irilgan illustrativ misollar yangi misol-sitatalar bilan yana ham kengaytirilgan: Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling