Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.
ko‘zmunchoq leksema-
si [O‘TIL-2, I; 412] qo‘shib yozilgan shaklda bosh so‘z sifatida sarlavhaga chiqarilgan. Ushbu lekse- ma ma’nosi munchoq leksemasi ma’nosiga havo- la (ayn. qisqartmasi bilan) qilingan. Bosh so‘zlarga berilgan ta’riflarga e’tibor qilsak, ko‘zmunchoq lek- semasi etnografik semantika jihatdan munchoq lek- semasiga emas, balki ko‘z munchoq birikmasi an- glatgan ma’no bilan tenglik hosil qiladi. Munchoq va ko‘zmunchoq leksemalari qo‘llanilish va maqsadiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Shunday ekan, bosh so‘z sifatida sarlavhaga chiqarilgan har ikkala leksema izohlanishi, ko‘zmunchoq leksemasi esa etnografizm ekani ta’kidlanishi lozim. Shunda ko‘z munchoq birik- masiga izoh berish zarurati qolmaydi. Demak, izohli lug‘atlarda ta’riflar, izohlargina emas, balki bir xil lek- semalar takrori ham mavjud. Ikki jildli izohli lug‘atda bo‘yintumor va tumor leksemalari etnografik ma’no ifodalashi ta’kidlan- gan va quyidagicha izohlangan: bo‘yintumor – ich- iga xurofiy mazmundagi duo yozib solingan tumor [O‘TIL-2, I; 159]; tumor – xotin-qizlarning kiyim us- tidan bo‘yinga osiladigan yoki yelkaga osib, qo‘ltiqqa tushirib yuriladigan bezagi [O‘TIL-2, II; 222]. Ushbu leksemalarga berilgan etnografik izohlar ma’lum 34 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics noaniqliklarga ega. Tumor leksemasi “xurofiy maz- mundagi duo yozib solingan” tushunchasi bilan bog‘liq, qo‘llanish, joylashish o‘rni aniq belgilan- magan, umumiy ma’noga ega uchburchak shaklli predmet hisoblanadi. Bo‘yintumor leksemasi tumor leksemasiga nisbatan aniqroq ma’noga ega. Ya’ni turli balo-qazolardan (ko‘z, suq kabi) saqlanish ma- qsadida ko‘zga yaqin bo‘lgan (farzandlar, polvonlar va sh.k.) insonlar jiyda, tug‘dona (maxsus daraxt) dan tayyorlangan yoki maxsus duo yozib solingan, aynan bo‘yinga, bo‘yin va qo‘ltiq ostiga o‘tkazib taqil- adigan “taqinchoq” sanaladi. Bo‘yintumor va tumor leksemasiga berilgan izohlar besh jildli izohli lug‘at- da aynan takrorlangan. Ko‘rinadiki, izohli lug‘atlarda ayrim etnoleksemalarga berilgan izohlarni illustrativ misollardan emas, balki xalqning real etnomadaniy hayoti, ushbu entografizmlarning mazmun-mohiyati, maqsadi, qo‘llanish o‘rni va boshqa holatlaridan kelib chiqib izohlash talab qilinadi. Ikki jildli izohli lug‘atda semantik-struktur jihatdan bir xil yoki yaqin leksemalar va ularning izohida ham har xillik uchraydi. Xususan, ba’zi etnografik xarak- terdagi leksemalarning ikkinchi shakli etnografizm sifatida berilmagan. Masalan, Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling