kuf [I; 408] va suf
[II; 89] leksemalari etnografizm sifatida izohga ega
bo‘lgan. Biroq
kuf-suf leksemasi bosh so‘z qilib
berilgan va mazmunan kuf va suf leksemalari izohi
keltirilgan bo‘lsa-da etnografizm ekani ta’kidlanma-
gan [O‘TIL-2, I; 408]. Shuningdek,
oqkiyar va oq
kiymoq leksemalariga e’tibor qarataylik: oq kiymoq
etnografik birikmasi oq leksemasi so‘zlik maqolasi-
dan keyin berilgan, “ta’ziya muddati tugagach, qora
kiyimni oq kiyim bilan almashtirmoq, motam kiyimini
tashlamoq” [O‘TIL-2, I; 557] degan ma’no ifodalashi
aytib o‘tilgan.
Oqkiyar leksemasi sarlavhada chiqa-
rilib, dialekt (dial. qisqartmasi bilan) ekani ko‘rsatilgan
[O‘TIL-2, I; 558]. Biroq hech qanday izoh yoki havola
qiluvchi belgi orqali izohlanmaganini ko‘rish mumkin.
Faqat illustrativ misol berilgan, xolos. Yangi besh jildli
izohli lug‘atda
oqkiyar leksemasi etnografizm ekani
ta’kidlansa-da, izohlashda ikki jildli izohli lug‘atdagi
lug‘at maqolasi aynan takror holda berilgan [O‘TIL-5,
III; 179].
Yuqorida ta’kidlangan kamchiliklarga qara-
masdan, besh jildli izohli lug‘atda etnografik lekse-
malarni izohlashda sezilarli yutuqlarga erishilgan.
Izohlarida noaniqliklar mavjud bo‘lgan etnoleksema-
lar semantikasi qayta ko‘rib chiqilgan, polisemantik
xususiyatga ega etnografizmlar qo‘shimcha izohlar
bilan ta’minlangan. Shuningdek, ayrim marosim, urf-
odat yoki ular bilan bog‘liq jarayonlarni batafsilroq
ta’riflashga e’tibor qaratilgan. Ikki jildli izohli lug‘atda
kelin leksemasiga tuzilgan lug‘at maqolasidan so‘ng
kelin ko‘rmoq etnografik birikmasi berilgan. Ushbu
etnografizm “hayit – bayram kunlari yangi tushgan
kelinni ko‘rish uchun bormoq (yosh qizlar haqida)”
deya ta’riflangan [O‘TIL-2, I; 377]. Besh jildli izohli
lug‘atda kelin ko‘rmoq etnografik birikmasi saqlan-
gan holda bosh so‘z (vokabula) sifatida sarlavhada
chiqarilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |