kelinko‘rdi etnoleksemasi ham uchraydi:
kelinko‘rdi – turkiy xalqlarda, jumladan, o‘zbeklar-
da nikoh to‘yining ertasiga kuyovning qarindoshlari,
qo‘ni-qo‘shnilari ishtirokida o‘tkaziladigan yangi ke-
linchakni ko‘rish odati [O‘TIL-5, II; 346]. Yuqorida
izohlangan har ikkala leksemalar bir etnografik ja-
rayon nomini ifodalaydi. Biroq ularga berilgan izohlar
shu jarayon, urf-odat haqida aniq, to‘liqroq ma’lumot
berishi yoki bera olmasligi jihatidan farqlanadi. Tabii-
yki, besh jildli izohli lug‘atda so‘zlik qilib berilgan yan-
gi etnoleksema va unga berilgan izoh ushbu an’ana
haqida aniqroq ma’lumot berishi bilan ajralib turibdi.
Shuningdek, har ikki izohli lug‘atda so‘zlik sifatida
uchraydigan
kesmoq va kestirmoq leksemalari
lug‘at maqolalariga e’tibor qarataylik.
Kesmoq lek-
semasi polisemantik leksema, u anglatgan ma’no-
lardan biri etnografik an’ana nomini ifodalashi bayon
qilingan. Dastlabki izohli lug‘atda kesmoq leksemasi
anglatgan etnografik ma’no “xatna qilmoq” [O‘TIL-2,
I; 381] deya izohlangan.
Xatna qilmoq birikmasi
esa diniy atamaligi, “musulmonlar va ba’zi xalqlarda
o‘g‘il bolalar jinsiy a’zosining uch qismi terisini qis-
man kesish yoki kestirish”, “shunday tadbirni amal-
ga oshirmoq” [O‘TIL-2, II; 320] ma’nosiga ega ekani
ta’kidlab o‘tilgan.
Kestirmoq leksemasi izohi o‘rnida
kesmoq leksemasining bir nechta ma’nolariga ishora
qilingan [O‘TIL-2, I; 382]. Besh jildli izohli lug‘atda bu
ikki leksema so‘zlik qilib berilgan. Bunda kesmoq lek-
semasi etnografik leksema sifatida kam qo‘llanishi va
aynan kestirmoq shaklida nutqda ko‘proq uchrashi
bayon qilinib, kestirmoq leksemasi ma’nosiga havo-
la qilinadi. Ilk izohli lug‘atdan farqli o‘laroq kestirmoq
leksemasi etnografizm deya beriladi va “xatna qilm-
oq” izohi bilan ta’minlanadi.
Besh jildli izohli lug‘atda etnoleksemalarni
izohlashda erishilgan yutuqlardan yana biri bir guruh
etnografizmlar polisemantik xususiyatga ega ekani
ta’kidlanib, ular qo‘shimcha izohlar bilan ta’minlan-
gan. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |