q. (qarang),
ayn. (aynan) singari havola qiluvchi belgilar ham
faol qatnashishi mumkin. Ushbu belgilar bosh so‘z
ifodalagan ma’no (ma’nolari) boshqa bir leksema an-
glatgan ma’no (ma’nolar)ga aloqador yoki juda yaqin
ekaniga ishora qiladi. Izohli lug‘atlarning kirish qis-
mida bu usul leksemalarni izohlashda juda samarali
ekani, ortiqcha va bir xil ta’riflardan saqlanishga olib
kelishi, bu orqali tejamkorlikka ega bo‘lish mumkinligi
va izohli lug‘at tuzishda muhim ahamiyat kasb etishi
alohida ta’kidlansa-da, etnografik leksema va birik-
malarni izohlashda bu usuldan unumli foydalanilma-
gan.
Umuman olganda, lug‘at maqolasining eng aso-
siy komponenti izohlanuvchi birliklar ma’nosi (ma’no-
lari)ga beriladigan izoh
2
hisoblanadi. Lug‘atda so‘zlik
sifatida sarlavhaga chiqarilgan barcha leksemalar
singari etnoleksemalarga ham shu leksema ma’nosi
(ma’nolari)ni ta’riflash, izohlash yoki boshqa lekse-
maning ma’nosiga havola, ishora qilish orqali izoh
berilgan.
Ikki jildli izohli lug‘at o‘zbek tili umumiy leksikasini
jamlash, lug‘atlashtirish va izohlash yo‘lidagi dastlab-
ki ilmiy izlanish bo‘lgani sababli ma’lum kamchiliklar-
dan xoli emas. Ayniqsa, bu etnoleksemalarga beril-
gan izohlarda yanada aniqroq namoyon bo‘ladi.
Dastlabki izohli lug‘atda
amal, ilm-amal, isit-
ma, isitma-sovutma, issiq-sovuq kabi etnografik
leksemalar berilgan. Ushbu leksemalarning har
biri alohida-alohida izohlangan, mazmunan bir xil
diniy-irfoniy jarayonni anglatadi. Ularga berilgan
izohlarga e’tibor qarataylik:
amal – isitish, sovut-
ish, birovning ishini orqaga ketkizish, turgan uyidan
bezdirish va sh.k. maqsadlarda dam solingan, sehr
qilingan narsa [O‘TIL-2, I; 43];
ilm-amal – kishini
birovdan “sovutish” yoki birovga “isitish” qilinadigan
amal [O‘TIL-2, I; 323];
Do'stlaringiz bilan baham: |