Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.
unashtirmoq(uylantir-
moq) (qo‘llanilishi andisha, tarbiya bilan bog‘liq) lek- semasi o‘rinda qo‘llaniluvchi beshikkerti qilinmoq, atalmoq, patir ushatmoq/non sindirmoq, fotiha bo‘lmoq evfemik ma’nodosh qatoridagi leksemalar semantikasida amalga oshirilayotgan harakat(fe’l) ning kuchayib, harakatning oddiy bosqichidan bosh- lab, harakatning jiddiy tus olish jarayonida ma’no va mazmun kuchayishini kuzatish mumkin. Bu esa evfe- mik ma’nodosh qatorlarda ham darajalanish jarayoni mavjudligini ko‘rsatib turibdi. Bunday graduonimik qatorlardagi evfemik ma’nodoshlardan o‘rinli foyda- lanishda tilimizning o‘ziga xos xususiyatlarini yana- da yaqqol his etishimiz mumkin. Ularni nutqimizda qo‘llash nutqiy vaziyatga nisbatan evfemik dara- jalanuvchi har bir birlikni o‘z mazmuniga mos tarzda tog‘ri ishlatish lozimligiga olib keladi. Xuddi shunday, evfemik ma’nodoshlar qatorida ham oraliq holatning mavjud bo‘lishi farqlilikni yu- zaga keltiradi. Masalan, bo‘g‘oz (qo‘llanilishi o‘zaro hurmatsizlik, qo‘pollik bilan bog‘liq) so‘zi o‘rnida un- ing yumshoq ifodasi sifatida qo‘llaniladigan bosh- qorong‘i bo‘lmoq → ikkiqat → og‘iroyoq → yukli →homilador ma’nodoshik qatorida ikkiqat birligi oraliq mavqeni egallaydi (1-chizma). Yoki, misol uchun ersiz so’zi o’rnida qo’llaniladigan boshi ochiq → beva → tul ma’nodoshik qatorida beva leksemasi 3 Бозоров О. Ўзбек тилида даражаланиш. – Тошкент: Фан, 1999. – 29 б. 4 Миллер Э.Н. Содержательные функциональные основа- ния единства антонимии номинативных единиц // Филологи- ческие науки. – М., 1987. №6. – 44-49 с. 41 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics oraliq holatda turibdi deb aytish mumkin. Bunday vaziyatda leksik birliklar anglatgan ma’noda belgining darajalanishi yuzaga keladi. Bun- ing natijasida evfemik ma’nodosh qatorning bosh- lang‘ich a’zolari va keying ma’nodosh variantlari o‘rtasida belgi darajasiga ko‘ra mazmun kuchayishi yuzaga kelishini anglash mumkin. Bu esa evfemik graduonim leksemalarda farqlilik xususiyatidan da- rak beradi. Jumladan, boshqorong‘u bo‘lmoq va Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling