Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


og‘iroyoq leksemalarida aks etgan boshqorong‘u


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/118
Sana19.01.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1102433
TuriЛитература
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   118
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.

og‘iroyoq leksemalarida aks etgan boshqorong‘u 
bo‘lmoq belgisining kuchli darajadagi farqi bu lekse-
malarning daraja belgisiga ko‘ra ziddiyatga kirishu-
vini anglatadi. Xuddi shunday, 
boshi ochiq  beva 
 tul ma’nodoshik qatorida boshi ochiq va tul lek-
semasining ta’sirida yuzaga kelgan darajalanish oqi-
batida 
boshi ochiq va tul leksemalari munosabatida 
ziddiyat yuzaga kelganligini kuzatishimiz mumkin.
boshqoron
g’i
bo’lmoq
ikki
qat
og’ir
oyoq
yukli homila
dor
1-chizma. 
Evfemik ma’nodoshlar qatorida oraliq holat
Anglashiladiki, nafaqat antonimik munosabatda-
gi qatorlarda, balki evfemik ma’nodoshlik qatorlarda 
ham (ayniqsa, belgining miqdoriy farqlanishini an-
glatuvchi ma’nodoshlar qatorida) oraliq holatlarning 
yuzaga kelishi bu tipdagi leksemalar munosabatida 
evfemik graduonimiyaning shakllanishiga olib kela-
di.
Gradual ma’nodoshlik til sathida farqlilikni yorqin 
aks ettiruvchi lisoniy hodisadir. B.Bulgarov qayd et-
ganidek, gradual sinonimiyaning asosini baho va 
gradatsion belgining darajalanishidagi farqlilik tashkil 
etadi
1
.
Gradual ma’nodoshlikning xarakterli jihati shunda-
ki, unda aynanliklar sirasida miqdoriy farqlilik yuzaga 
keladi. Boshqacha aytganda, leksik sath birliklariga 
xos aynanliklar orasidan farqlanishlar ajralib chiqadi. 
Bu holat evfemik ma’nodosh sathda graduoniiyaning 
shakllanishiga yo‘l ochadi. O.Bozorovning fikricha, 
lug‘aviy graduonimiya semantikasi izchilligining tub 
asosini materiyaning bir turdan ikkinchi turiga, shun-
ingdek, bir tur ichidagi nisbiy holatdan ikkinchi xil 
ko‘rinishga uzluksiz o‘tish, aylanishlarning lug‘aviy 
nominatsiyada in’kos etishi yotadi
2
.
Anglashiladiki, leksik sathdagi gradual ma’no-
doshlik aynanliklarning farqlilikka o‘tish jarayoni-
ni aks ettiradi. Gradual ma’nodoshlik qatoriga xos 
muhim jihat shundaki, unda aynanlik belgisiga nis-

Булгарова Б.А. Градуальная организация текстового се-
мантического поля “смех” (на материале произведений М.А. 
Булгакова): Автореф. дисс. ... канд. филол. наук. – М., 2001. 
– 19 с.

Бозоров О. Ўзбек тилида даражаланиш. – Тошкент: Фан, 
1999. – 29 б.
batan farqlilik belgisi ustuvorlik qiladi. Xuddi shu xu-
susiyat evfemik graduonimik qatorlarda ham aynan-
likka nisbatan farqlilik xususiyatining yuqorilik belgisi 
sezilib turadi. 
O‘zbek tilshunosligida bu masalalar tahliliga ilk 
bor E.Begmatov, H.Ne’matov va R.Rasulovlar to-
monidan yozilgan “Leksik mikrosistema va uning 
tadqiq metodikasi (sistem leksikologiya tezislari)” 
nomli maqolasida munosabat bildirilgan
3
, O.Bozo-
rov
4
, Sh.Orifjonova
5
, N.Shirinova
6
, J.Jumaboyeva
7

G‘.Rahmonov
8
ning tadqiqotlari amalga oshirilgan. 
Yuqoridagi va shu kabi amalga oshirilgan tadqiqot-
lar natijasi o‘laroq o‘zbek tilshunosligida leksik sath 
birliklarining semantik munosabatida kuzatiluvchi 
belgining darajalanishi masalasiga doir nazariy 
konsepsiya ma’lum darajada shakllandi. Ammo bu 
boradagi muammolar to‘liq yechimini topgan deb 
bo‘lmaydi:
– Evfemik graduonimiya va uning leksikografik 
talqini;

Бегматов Э., Неъматов Ҳ., Расулов Р. Лексик микроси-
стема ва унинг тадқиқ методикаси. Систем лексикология 
тезислари // Ўзбек тили ва адабиёти. 1989. № 6. – 35-50 б.

Бозоров О. Ўзбек тилида даражаланиш. – Тошкент: Фан, 
1999. – 29 б.

Орифжонова Ш. Ўзбек тилида луғавий градуонимия. Фи-
лол.фан.ном. ...дис. – Тошкент, 1994. –104-109 б.

Ширинова. Н. Ўзбек тилида предметлик ва белги-хусуси-
ят маъноларини фарқлаш воситалари: Филол. фан. номз. ... 
дисс. автореф. – Тошкент, 2009, – 10-11 б.

Джумабаева Ж. Ўзбек ва инглиз тилларида лексик граду-
онимия. – Тошкент: Мумтоз сўз, 2014. –18 б.

Pаҳмонов Ғ. Ўзбек тилида луғавий синонимия ва граду-
онимиянинг ўзаро муносабати. ф.ф.ф.д. ... дисс. – Фарғона, 
2019, – 21-б.


42
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
– Badiiy matnlarda gradual birliklarning lingvistik 
xususiyati kabi qator o‘rganilishi lozim bo‘lgan 
maxsus tadqiqotlar o‘z yechimini kutmoqda.
Ma’lumki, sinonimik qatordagi so‘zlar tushun-
chaning belgisini turli daraja bilan ifodalashi mum-
kin. O.Bozorov “O‘zbek tilida darajalanish” mavzusi-
dagi tadqiqot ishida leksk sathdagi darajalanishni 
predmetlik, belgi-holat, sanaluvchi miqdor, harakat, 
harakatning belgisini anglatuvchi leksemalarda; 
taqlidiy va tasviriy leksemalar, undov hamda mod-
al ma’noli leksemalarda; shuningdek, ko‘makchi 
bog‘lovchi, yuklamalar misolida ochib bergan. Har 
bir lug‘aviy turning ichki darajalanish ko‘lamlarini 
belgilab bergan. Jumladan, predmetlik ma’nolarida 
darjalanishni narsa, hodisa, joy, vaqt, vazn ma’no-
li leksemalar darajalanishi hamda inson tafakkuri
shaxs munosabatlari, aqliy, ruhiy, jismoniy va uning 
natijalari aks etgan leksemalarda darajalanish kabi 
turlarga ajratgan. Yoki belgi-holat anglatuvchi lekse-
malar doirasida tabiiy narsa-hodisalarga xos belgi 
holatlar hamda shaxs bilan bog‘liq belgilarda darajal-
anish turlari farqlangan
1
.
G‘.Rahmonov “O‘zbek tilida lug‘aviy sinonimiya 
va graduonimiyaning o‘zaro munosabati” mavzusi-
dagi ishida gradual sinonimlardagi farqlovchi sema-
lar aniqlanib, ularning ma’noviy darajalanish hod-
isasi bilan bog‘liqligiga asoslanib, ayrim so‘zlarning 
ma’no munosabatida sinonimiya bilan bir vaqtda 
graduonimiya bilan amal qilishi predmet va belgi if-
odalovchi 436 ta sinonimik qatordan 149 tasida grad-
ual sinonimlarning darajalanish xususiyatlari tahlili 
asosida ochib berilgan
2
.
Sinonimik qatorga birlashgan leksemalar tizimi 
yirik tizimli qatorni tashkil etar ekan, ba’zi so’zlar bel-
gini me’yoriy daraja bilan ifodalasa, ba’zilari kuchli 
darajasini ko‘rsatishi, ayrimlari belgini kuchsiz daraja 
bilan ifodalashi ma’lum.
Graduonimik lug‘aviy qatorni ajratishning lisoniy 
omiliga ma’noviy omil hamda paradigmatik munos-
abat kiradi. Ma’noviy omilning mohiyati leksemalar 
sememasida biror belgining kam yoki ko‘pligiga va 
boshqa darajalariga ishora mavjud. Demak, so‘zlara-
ro lisoniy munosabat sanaluvchi darajalanish ho-
disasi bir necha so‘zning, ma’lum bir belgining oz, 
ko‘pligiga qarab, so‘zlarning ma’noviy qatorida nam-
oyon bo‘lib, kuzatganimizdek, bunda dominanta va 
qurshov so‘zlari farqlanadi. Shu o‘rinda shuni ham 
aytish mumkinki, darajalanuvchi so‘zlar ma’nodosh 
ham, ma’nodosh bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, 
bo‘yog‘iga ko‘ra darajalanuvchi so‘zlar, asosan, 
ma’nodosh bo‘ladi, natijada, darajalanish qatorida 
belgining darajalanib, oshib yoki kengayib borishida 
miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tish 
qonuniyati yuzaga chiqadi.
Anglashilganidek, kelgusida qayta nashr etila-
jak “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati”da ham, 
“O‘zbek tili evfemizmlarining izohli lug‘ati” da ham 
leksemalararo o‘zaro munosabatni e’tiborga olish, 
badiiy asarlardan keltirilgan misollarni yangilash, 
unda evfemik ma’nodosh leksemalar paradigmasi-
da so‘zlarning nutqiy qo‘llanilishidagi leksemalarning 
graduonimik munosabatini ham inobatga olish, ush-
bu lug‘atlarning mukammalligini ta’minlashga bevo-
sita katta xizmat qiladi.
RESUME: As the system of lexemes combined into a euphemistic synonym series forms a large systematic 
series, some words express a sign with a standard level, some show a strong level, and some show a sign 
with a weak level. Effective and appropriate use of such lexical tools in a speech situation is the main sign of 
speech culture.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling